Ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida



Download 64 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi64 Kb.
#759663
  1   2
Bog'liq
Globallashuv sharoitida texnologiyalardan turli xil maqsadlarda foydalanish


Globallashuv sharoitida texnologiyalardan turli xil maqsadlarda foydalanish

Demokratik jamiyat barpo etishda ommaviy ahborot vositalari hal qiluvchi o`rin tutadi, nafaqat muayyan mamlakatlar, balki global miqyosda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Toshkentda bo`lib o`tgan halqaro uchrashuv - davra suhbatida shu haqda so`z bordi. U Siyosiy tadqiqotlar markazi (O`zbekiston) tomonidan tashkil etildi. Davra suhbatining mavzusi - "Zamonaviy axborot maydonining shakllanishi: media hududini tashkil etishda axborot tehnologiyalari, tuzilmaviy yondashuv va mintaqaviy xususiyatlarning roli", deb ataldi.


Uchrashuvga ko`plab taniqli jurnalistlar va ommaviy ahborot vositalarini rivojlantirish sohasi hamda unga dahldor ilmiy fanlar, jumladan, sotsiologiya, psihologiya, yuqori texnologiyalar, iqtisod, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi sohalar mutahassislari taklif etildi. Uchrashuvning horijiy ishtirokchilari orasida Bel`giya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg`iziston, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Yaponiyaning yetakchi ekspertlari bor.
Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, siyosiy fanlar doktori G.Karimova uchrashuvni ochar ekan, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va ijtimoiy munosabatlar tizimida ularning ahamiyati katta ekanligini ta`kidladi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ularning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, chunki texnologiya yordamida axborot olish imkoniyati tobora kengaymoqda. Ayni paytda, globallashuv sharoitida turli mamlakatlarning tarixiy-madaniy hususiyatlari va rivojlanishdagi o`ziga hosliklarini saqlab qolish maqsadida axborot xavfsizligini ta`minlashning ahamiyati ortib bormoqda.
Demokratik taraqqiyot yo`lini tanlagan bizning mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim vositasi hisoblanadi. Ular faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan va u takomillashtirilmoqda, bu baza axborotning ochiqligi, oshkoraligini kafolatlaydi. U nafaqat davlat, balki aholining turli qatlamlari uchun mo`ljallangan mustaqil ommaviy axborot vositalari sonining ortishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), shu jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jamiyatni yanada demokratlashtirish jarayonida ularning faolligini va ta`sirini oshirishga yordam beradi.
Uchrashuv qatnashchilari ommaviy axborot vositalari sohasi bilan bog`liq uchta asosiy jihat - ularning axborot ishlab chiqaruvchilar sifatidagi faoliyati, ommaga ta`siri va axborotni yetkazish vositasi sifatida AKTni rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqdilar.
Ta`kidlandiki, axborot maydonining globallashuvi jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan televidenie va Internetning paydo bo`lishi hisobiga sayyoramizning turli mintaqalari ommaviy axborot vositalari ish tajribasini o`rganish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborot texnologiyalaridan foydalanishda madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa turli yondashuvlar mavjud bo`lgan G`arb, Osiyo mamlakatlari tajribasini o`rganish lozim. Bunday tajribani o`rganish Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa muhim, chunki bugungi kunda ular o`z rivojlanish hususiyatlarini hisobga olgan holda milliy va mintaqaviy axborot maydonlarini kengaytirish siyosatini amalga oshirmoqda.
Uchrashuvda axborot jamiyatlari jadal shakllanayotgan, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo bo`layotgan hozirgi sharoitda yetakchi ommaviy axborot vositalarining strategiyasiga oid masalalar muhokama qilindi. Frantsiyaning elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni rag`batlantirish bo`yicha "Almatropi" assotsiatsiyasi prezidenti S.Sudoplatoff, Rossiyaning "Politika" jamg`armasi prezidenti V.Nikonov, Germaniyaning A.Shpringer nomidagi nashriyot uyi Jurnalistlar maktabi direktori o`rinbosari R.Porsh, Koreya Respublikasi Axborot va kommunikatsiya universiteti professori Chju Hun Sun, Rossiya teleradioeshittirish milliy uyushmasi prezidenti E.Sagalaev, Yaponiyaning "NHK" teleradiokompaniyasi ma`muriy resurslar departamenti boshqarmasi boshlig`i N.Nakamura, boshqa taniqli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari shu haqda gapirdilar. Ular uchrashuv qatnashchilarini ommaviy axborot vositalarining jamiyat va biznes bilan aloqasi, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ta`siri kabi yo`nalishlarda o`z mamlakatlarining nazariy va amaliy yutuqlari bilan tanishtirdilar.
Anjumanda iste`molchilarning turli guruhlari istak va ehtiyojlarini o`rganishning yangi uslublarini joriy etishga alohida e`tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari bunday texnologiyalar va uslublarga tayanib, axborotni yetkazib berishning qisqa muddatli va uzoq muddatli strategiyalarini yaratmoqda. Ayni paytda uning ayrim turlariga, shu jumladan, siyosat, iqtisod, savdo, fan, ta`lim, madaniyat kabi sohalarda aholi talabini shakllantirmoqda. Uchrashuvda, shuningdek, jahon tajribasining boshqa jihatlari ham tilga olindi. Ular orasida iste`molchiga axborotni yetkazib berish sohasida ustuvorliklarni tanlash, ommaviy axborot vositalari ishida axborotni uzatish tezligi ortishi bilan bog`liq o`zgarishlar, elektron resurslar rivojlanishi natijasida media bozorida raqobatning keskinlashuvi kabi dolzarb masalalar bor.
Tahlilchilar, tadqiqotchilar va jurnalistlar global axborot maydonining uzviy qismi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari axborot hududlarining rivojlanishi va shakllanishi istiqbollarini ham ko`rib chiqdilar. Bunda ularning o`z strategik manfaatlari hamda "raqamli" va media hududi sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorligi hisobga olindi.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A.Aripov ishtirok etdi.
Poytaxtimizda ijtimoiy hayotni yoritishda ommaviy axborot vositalarining faolligini yanada oshirishga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi mahalliy axborot agentliklari.
Unda Toshkentdagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar bilan birga, ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hamkasblari ham ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Anjuman O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti hamkorligida tashkil etildi.
Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mamlakatimizdagi gazeta va jurnallar, elektron nashrlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi A.Oripov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari A.Xo‘jayev, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari M.Hojimatov, O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ijrochi direktori J.Hakimov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratlashtirish, modernizatsiya qilish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni yagona ezgu maqsadga – inson manfaatlariga xizmat etayotganini ta’kidladilar.
Davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonini chuqur tahliliy yondashgan holda, xolis va ayni paytda xalqimizga tezkor yetkazishda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir.
Shu bois yurtimizda ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, kasbiy malaka va mahoratini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz taklifi bilan O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining tashkil etilishi yurtimizda matbuot, axborot agentliklari va internet-nashrlar rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
O‘tgan bir yil mobaynida fond yurtimizning chekka hududlaridagi bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini yanada takomillashtirish borasida qator media-loyihalar, ijtimoiy grant dasturlarini amalga oshirdi. Buning natijasida ko‘plab viloyat, tuman bosma nashrlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi barobarida, ularning aksariyati o‘z internet-sahifasiga ega bo‘ldi. Bu esa O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotiga oid xolis axborotlardan nafaqat mazkur nashrlarning obunachilari, balki dunyo miqyosida keng foydalanish imkonini bermoqda.
Ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobat, jurnalist kadrlarning zamon bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishi, o‘z kasbiy mahorati bilan birga siyosiy bilimi va tafakkur salohiyatini muttasil oshirib borishi davr talabidir.
Videoanjumanda inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining vazifalari, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish – ijtimoiy siyosatning muhim omili, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni, axborot jarayonlari globallashuvi sharoitida mamlakatimiz milliy manfaatlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi. Sohaga oid istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayotini yoritishga yo‘naltirilgan “Region Inform” axborot xizmatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan “Matbuot malikasi” respublika tanlovining natijasi e’lon qilindi. “Uchitel Uzbekistana” gazetasi mas’ul kotibi Nargis Qosimova tanlov g‘olibasi, deb topildi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish