RS
nuqtadan
RS'
nuqtaga ko‘chadi. Natijada 1-tovarning nisbiy narxi
(P
1
/P
2
)
dan
(P
1
/P
2
)'
gacha ko‘tariladi (2.3.4.-b rasm), bu O‘zbekiston uchun savdo
sharti yaxshilanib, Yaponiya uchun yomonlashishini anglatadi.
@ Import o‘rnini qoplashga qaratilgan o‘sish (import-biased growth) -
mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bo‘lib, bu
savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga
yaxshilanishiga olib keladi.
Import o‘rnini qoplashga qaratilgan o‘sish har bir mamlakatda import bilan
raqobat qiluvchi tovar – bizning misolimizda, O‘zbekistonda 2-tovar, Yaponiyada
esa 1-tovar ishlab chiqarishining o‘sishi bilan belgilanadi. Bu tovarlar ichki ishlab
chiqarishining o‘sishi eksport nisbiy narxlarining ortishiga, import nisbiy
narxlarining pasayishiga olib keladi, chunki har bir mamlakat mustaqil ravishda
ishlab chiqarayotgani bois an’anaviy import tovarlarini kamroq xarid qila boshlaydi.
Importga talabning qisqarishi natijasida import tovarlar nisbiy narxi tushadi,
binobarin savdo sharti savdo hamkorlari uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga
yaxshilanishiga olib keladi.
Savdoning neytral o‘sishi (neutral trade growth) - bu mamlakatlar o‘rtasida
savdo shartining o‘zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining
ortishidir.
Xalqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat
modeli xisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bulgan talab va tovar taklifini shu
tovarga bo‘lgan xorijiy talab va taklifni o‘zaro boglaydi. Bu model turli mikdordagi
tovarlarni eksport kilishga xoxish uygonishi uchun mamlakat kancha mikdorda
boshka bir tovarlarni import kilishi kerakligini ifodalovchi o‘zaro talab
tushunchasiga asoslangan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy
parametrlarini va u bilan boglik bulgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini
o‘rganish imkonini beradi.
Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xar kanday mamlakat uchun eksport va
import narxlarining xar kanday uzgarishi real daromadning uzgarishini anglatadi.
Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport kilinayotgan bo‘lsa, mamlakatning real
daromadi oshadi, agar bu tovar import qilinayotgan bo‘lsa, aksincha, real daromad
kamayadi.
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport va
import narxlari indekslari nisbati orkali aniklanuvchi mamlakat eksport va import
narxlarining nisbati savdo sharti deb ataladi. Uning o‘sishi natijasida mamlakat
farovonligi ortadi, pasayishi natijasida esa farovonlik tushadi. Taklifning ortishi
(iqtisodiy o‘sish) va talabning ortishi (daromadning kayta taqsimlanishi) savdo
shartiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |