3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana14.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#552352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mavzu variant



3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish. 
Reja: 
1.
Jaxon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda 
ustunlik.
2.
Jaxon biznesida import va eksportning ahamiyati.
3.
Jaxon bozorlariga chiqishda qo’llaniladigan strategiyalar va ko’p millatli 
korporatsiyalarning roli.
4.
Jaxon bozorda savdoga ta’sir qiluvchi kuchlar. 
1. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan 
ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80% tashqi savdoning 
ulushiga to‘g‘ri keladi. 
Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli 
kattadir, chunki jahon xo‘jalik tizimidan ajralgan holatda biron-bir mamlakat 
sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olmaydi. 
Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan turli 
davlatlarni tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli bo‘lib, 
ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni namoyon qiladi. 
Mamlakatlar iqtisodiyotida FTT ta’siri ostida ro‘y berayotgan tuzilmaviy 
o‘zgarishlar, (sanoat ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi) 
milliy xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoni 
faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq 
o‘smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab 
chiqarish 10%ga ko‘paygan xolda jahon savdosi 16%ga o‘smoqda. 
“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq 
to‘lanadigan olib kirishi, ya’ni import va haq to‘lanadigan olib chiqish, ya’ni 
eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak 


to‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo 
tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan 
davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar 
aylanmasining yig‘indisi va x.k. 
Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha milliy siyosat
muammosi turibdi, 2000 yillar mobaynida esa bu mavzuda qizg‘in tortishuvlar 
bo‘lib turibdi. 
Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo‘lsa shu 
holda saqlash oldingi asrlarga xos
 
edi

Bizning davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro 
bog‘liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo 
tamoyilining bosh vazifasi rolini bajarardi.
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam Smit o‘z 
ta’rifini bergan edi. Adam Smit “ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo‘lib, 
har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo‘lishini” ta’kidlagan edi
1.
Adam 
Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo‘lgan va erkin savdo siyosatining 
har qanday shakli uchun asos bo‘lib kelgan.
David Rikardo “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817yil)
nomli asarida boshi berk ko‘chadan klassik nazariyani olib chiqdi. U xalqaro 
ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda 
davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko‘rsatib berdi. Har bir davlat uchun 
ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo‘lgan sohaga ixtisoslashish 
manfaat keltiradi, degan fikrni berdi. Uning qarashlar konsepsiyasi taqqoslanish 
nazariyasi yoki prinsipida o‘z aksini topdi
2

D. Rikardo o‘z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun 
mumkin va manfaatliligi, ayirboshlash barcha uchun foydali bo‘lgan narx zonalarini 
aniqlab bergan bo‘lsa, Djon Styuart Mill o‘zining “Siyosiy iqtisod asoslari”(1848y) 
nomli asarida qanday narxda ayriboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini 

A.Smit «Xalqlar boiligining tabiati va sabablari» Oksford Universiteti - press, 1998 yil 648 b. 

D.Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» Cambridge Universiteti - press, 
1951 yil, 133-149 бб. 


ko‘rsatgan edi. Styuart Millning ta’limoti bo‘yicha ayirboshlash narhi talab va taklif 
qonuniga ko‘ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini 
qoplaydigan daraja bilan belgilanadi. Djon Styuart Millning muhim xizmatlaridan 
biri uning xalqaro narx qonuni yoki “xalqaro narx nazariyasi”dir. Xalqaro narh 
qonunida ta’kidlanishicha, shunday narx mavjudki u davlatlar orasidagi tovar 
ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narxi bo‘lib, u talab va taklifga 
bog‘liqdir
3
.
Klassik siyosiy iqtisodchilarning nazariyasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler 
o‘z qarashlar konsepsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha 
omillariga e’tiborni qaratgan edi. 
Xalqaro savdo oqimini nima bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher 
va Bertil Olinlar o‘zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar. Ular nisbiy 
ustunlik tushunchasini izohlab u yoki bu davlatning ma’lum bir tovarlarga 
ixtisoslashishi ularning ishlab chiqarish omillariga egalik darajasiga bog‘liqdir deb 
ta’kidlangandilar. E.Xeksher va B.Olin “narxlarning ishlab chiqarish omillariga 
tenglashtirish” nazariyasini ilgari surdilar
4.
1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolper o‘z 
nazariyalarini 
kiritib 
Xeksher-Olin 
ta’limotining 
isbotini 
yanada
mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal 
raqobat va tovarlarning to‘la harakatchanligi mavjud bo‘lganda xalqaro ayirboshlash 
ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi deb 
izohlagandi. 
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari o‘z tarixiga ega, albatta. 
Mamlakatlarning nima sababdan o‘zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVII asrning 
boshlaridanoq iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan 
iqtisodiy ta’limot maktablari tashqi savdoni rivojlantirishga o‘z e’tiborlarini 
qaratishgan. 

Dj.Stuart Mill « Siyosiy iqtisod аsoslari» 1848 yil

Hecksher Eli 1919. The Effect of foreign Trade on the distribution of income. Economisk 
Tidskrift, pp 497-512, Bertil Olin. Interregional and international trade. – Cambridge, 
Massachuset: Harvard university press, 1993 


Merkantilistlar nuqtai nazariga ko‘ra, dunyo cheklangan mikdordagi 
boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa 
mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning 
ko‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo‘lganligi bois, har bir mamlakatga 
kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini o‘z ichiga olgan kuchli 
davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan 
ustunligini ta’minlay olsin. 
Merkantilistlar iqtisodiy tizimni uch tarmoqdan - ishlab chiqarish, qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlari va xorijiy koloniyalardan tashkil topgan deb hisoblashadi. 
Savdogarlarga iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur 
bo‘lgan eng muhim guruh, mehnatga esa asosiy ishlab chiqarish omili sifatida 
qaralgan. 
Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, 
ular mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini qayd 
etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular zamonaviy 
iqtisodiyotda ishlatiladigan to‘lov balansi tushunchasini birinchilardan bo‘lib 
izohlab berishgan. 
Merkantilistlar dunyoqarashlarining chegaralanib qolganligi shundaki, ular bir 
mamlakatning boyishi faqatgina u savdo olib borayotgan boshqa mamlakatning 
kambagallashuvi xisobiga yuz berishi mumkin deb xisobladilar, xalqaro iqtisodiyot 
rivojlanib borishi, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida 
emas, balki bu boylikni ko‘paytirish xisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna 
olmadilar. Biroq bir muncha keyinroq vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan 
farqli ularok, merkantilistlarning qarashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda 
klassik maktab g‘oyalari tomon undadi. 
Shunday qilib, merkantilistlar birinchi bo‘lib xalqaro savdoning o‘ziga xos 
modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bo‘lgan oltin 
va kumush miqdori bilan bog‘liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni 
mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga qo‘proq olib chiqish, eksportni 
ko‘paytirish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga 


xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan 
bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari 
barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb 
ta’kidlaydilar. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish