Eksport tovar siyosatining mohiyati va turlari



Download 0,63 Mb.
Sana01.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#725575
Bog'liq
DRAFT


DRAFT
Eksport tovar siyosatining mohiyati va turlari. Eksport tovarining bozor salohiyatini belgilash
Xalqaro savdo eksport-import operasiyalarini qamrab olib, bu operasiyalar o’z ichiga quyidagilar bilan bog’liq faoliyatni kiritadi: chet ellik kontragentga topshirish maqsadida tovarni sotish va chet elga olib chiqish; ichki bozorda sotish maqsadida chet eldan tovar sotib olish va mamlakatga olib kirish. Shunday qilib, tovar eksporti chet ellik kontragentga tovarni sotish va chet elga olib chiqish bo’lsa, tovar importi chet ellik kontragentdan tovar sotib olish va uni mamlakatga olib kirish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi» Qonunida quyidagi tavsifnomalar berilgan: “Eksport bu – tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O’zbekiston hududidan qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishdir.”Xalqaro savdo eksport-import operasiyalarining tijorat asosida, ya’ni oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bajarish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bepul tovarlar yetkazib berish, xizmat ko’rsatish, ish bajarish va yordam berish alohida hisobga olinadi va eksport yoki import qiymatiga kiritilmaydi.
Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operasiyalarini Litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda tutiladi. Asosiy Litsenziya bu bozor sub’yektiga ma’lum muddatga muayyan tovarlarni cheklanmagan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir. Individual Litsenziya esa bozor sub’yektiga cheklangan muddatga muayyan tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma hisoblanadi. Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy vositasi bo’lib, ichki iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulot eksportini cheklash, mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to’lov balansini tartibga solish, fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng qo’llanadi.
Xalqaro savdo sub’yektlari unumli eksport tovar siyosatini olib borishga harakat qiladilar. Bunda ma’lum bir harakatlar kursi, ularga rioya qilish natijasida eksport tovar assortimenti samarali shakllantirish va amalga oshirishga imkon beruvchi tamoyillar taklif qilinadi. O’z mohiyatiga ko’ra tovar eksportning taqdirini belgilab beradi, shu sababli barcha chora-tadbirlar – tovarni yaratish, tayyorlash, xalqaro bozorda sotish, reklama va hokazolar eksport siyosatida markaziy o’rinni egallaydi. Tovarni yetkazib berish mo’ljallangan mamlakat bozori talablari tahlil qilingandan so’ng yaratilgan tovarlargina tijorat muvaffaqiyatiga erishish mumkin. Avvalo eksport qilinishi mo’ljallangan tovarga eng yuqori texnik-iqtisodiy tavsifnomalarni kiritish lozim. Ichki iste’molchiga mo’ljallangan va mamlakatda muvaffaqiyatga erishgan mahsulotlar chet elda qabul qilinmasligi mumkin. Mahalliy talablarga javob berish tashqi bozorning savdo, texnologik, estetik va ekologik normalariga javob berishidan kafolat bera olmaydi. Eksport tovar siyosatida tovarning iste’mol qiymati o’z ko’rsatkichlari bo’yicha chet ellik iste’molchining talablariga javob bergan taqdirda yuqori bo’ladi. Tovarni import qiluvchi mamlakatdagi avvaldan belgilangan, kutilayotgan maqsadli xaridorlar guruhiga aniq yo’naltirgan holda loyihalashtirish, ya’ni «o’rtacha statistik xaridor»ga emas, balki muayyan xaridorlarga yo’naltirish lozim.
Xalqaro savdoda eksport tovar siyosatining uch varianti qo’llanadi.
1. Markazlashgan variant tashqi bozorda mazkur ishlab chiqaruvchining mavjud tovariga texnik va texnologik jihatdan o’xshash va unga mos keluvchi, chet ellik yangi xaridorlarni jalb qilishi mo’ljallangan yangi tovarni yaratish va ishlab chiqarishga yo’naltiriladi.
2. Gorizontal variant. Bunda mazkur ishlab chiqaruvchining tashqi bozorga chiqariluvchi yangi tovari ilgari mavjud bo’lgan tovarga o’xshash bo’lib, yangi shakllangan iste’molchilar guruhiga mo’ljallanadi, uni ishlab chiqarish esa kichik texnologik o’zgarishlar bilan amalga oshiriladi.
3. Konglomerat variant. Bunda tashqi bozorga mazkur ishlab chiqaruvchining ilgari mavjud bo’lgan tovarga umuman o’xshamagan, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va yangi bozorni egallashni talab qiluvchi yangi tovar kiritiladi.
Eksport tovar siyosatida importchi mamlakatlarda amal qiluvchi turli xil me’yoriy hujjatlar (xalqaro va milliy standartlar, bojxona talablari va hokazo) qo’llanib, bu tovar qadoqlashsi, markirovkasi, dizayni, ayrim tavsifnomalari va hujjatlariga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot eksport qiluvchi o’zining huquq va majburiyatlari haqida aniq tasavvurga, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotuv resurslariga ega bo’lishi lozim. Xalqaro savdo usullari va tamoyillarini qat’iy hisobga olish muhim ahamiyat kasb etib, ular ko’p hollarda ichki usul va tamoyillardan sezilarli farq qiladi. Bundan tashqari, savdo operasiyalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish xususiyatlari, bojxona tomonidan tartibga solinish, valyuta nazorati, savdo amaliyoti va mamlakatda amal qiluvchi urf-odatlarni ham inobatga olish joiz.
Jahon tajribalarining ko’rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport tovarlarining etarli bo’lishi tijorat olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori sifatli tovarlar importi va chet el investisiyalari oqimining o’sishiga sabab bo’ladi.
Eksport tovar siyosati natijalarini ko’p jihatdan xalqaro savdo marketingi belgilab beradi. Xalqaro savdoda eksportchi bozorni tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi turli omillar: bozorning o’ziga xosligi va salohiyati, barqarorligi, tovar mahsulotlari kiritishning murkkablik darajasi kabi omillarga duch keladi. Bozorni tartibga soluvchi bir qator qoida va munosabatlarga, shuningdek, importchi mamlakat jamoatchiligining ichki muammolari, jumladan, an’analar va ramziy belgilar dunyosi, turli xil udumlar xarakteri bilan ham hisoblashish zarur. Bu muammolar muayyan tashqi bozorga mo’ljallangan eksport tovarida loyihalashtiriladi. Xalqaro savdoda muvaffaqiyatga erishishga intiluvchi eksportchi amalga oshiruvchi marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
- bozorda talab va taklif o’rtasidagi eng optimal mutanosiblikka erishishga imkon beruvchi shartlarni aniqlash;
- muayyan bozorda tijorat munosabatlarining xarakteri va strukturasi hamda ularning rivojlanish tedensiyalariga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni aniqlash;
- ma’lum bir bozor kon’yunkturasi holatining mamlakat va mintaqaning mos keluvchi umumxo’jalik kon’yunkturasi bilan o’zaro aloqalari bo’yicha majburiyatlarini aniqlash;
- tovarning iste’mol xususiyatlari xalqaro bozor talablariga mos kelishini aniqlash;
- eksport tovari ustunliklarini, uning raqobatbardoshligini boshqa xorijiy tovarlar bilan solishtirish asosida baholash.
Xalqaro bozor eksportchi oldiga tovarni unumli tayyorlashdan tashqari uni bozorga yo’naltirish muammosini ham qo’yadi. Shu munosabat bilan eksport tovar siyosatini asoslash eksportga mo’ljallangan tovarning raqobatbardoshligini, uni sotish sharoitlarini o’rganish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish mo’ljallanayotgan tovar mahsulotlarining eksport salohiyatini aniqlashni nazarda tutuvchi xalqaro marketingga asosan amalga oshirilishi lozim. Eksport tovar siyosatini amalga oshirishda xalqaro xarakterga ega bo’lgan quyidagi marketing tadqiqotlarini o’tkazish lozim:
1. Mazkur tovar yoki xizmatlar xalqaro bozori kon’yunkturasini o’rganish,
mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor yoki raqobatchi firmalarni aniqlash hamda ularning ish usullarini tahlil qilish.
2. Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash. Xalqaro bozorning maqsadli
uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash.
3. Mazkur tovar mahsulotining potensial iste’molchilarini segmentlash.
4. Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo’llash imkoniyatlarini
izlab topish.
5. Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini
aniqlash.
6. Eksport tovar assortimenti, uni kengaytirish yoki toraytirish usullarini
belgilash.
7. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasining ijtimoiy-madaniy muhitini
(milliy o’zlikni anglash darajasi, diniy xususiyatlar, jamiyat a’zolari o’rtasida ijtimoiy rollarni taqsimlash, til, imo-ishoralar va urf-odatlar) o’rganish.
8. Ratsional va maqsadga muvofiq eksport shakllarini aniqlash (iste’molchilar
bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatish, qo’shma faoliyatga yo’nalganlik, chet ellik vositachilar tarmog’idan foydalanish).
Tadqiqot natijalari va xulosalari muayyan tovarni raqobatchilik sharoitlarida xalqaro bozorda sotishning maksimal hajmi va real imkoniyatlarini aniqlashga hamda eksport tovar siyosatini asoslash va korrektirovka qilish, jumladan, eksport tovar assortimentini rejalashtirish va shakllantirishga imkon beradi. Marketingda turli xil ijtimoiy-madaniy, iste’molchilik va xaridorlik odatlarini hisobga olish zarur, chunki ko’p hollarda tovarning asosiy sifatlaridan biri bir mamlakatda ijobiy qabul qilinsa, ikkinchi mamlakatda unga befarq qaralishi, uchinchi mamlakatda esa eksportni sekinlashtirib qo’yishi ham mumkin.
Biron bir mamlakatdagi potensial xaridorlar haqida ma’lumotlarning (faoliyat turi, moliyaviy-iqtisodiy ahvol, raqobatchilar bilan aloqalar, bozordagi xulq-atvor va hokazo) yuzaki bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi eksport siyosatida ma’lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa marketing tadqiqotlarining zamonaviy usullarini, jumladan, so’rov va sinovlarni qo’llash imkoniyatini kamaytiradi hamda reprezentativ tanlovlar yaratishga imkon bermaydi. Eksport tovar siyosatida tovar mahsulotlari yetkazib beriluvchi mamlakatlar bilan bog’liq real siyosiy tavakkalchiliklarni ham hisobga olish zarur.
Tashqi bozorda eksportchi optimal muddat ichida qonuniy asosda va osongina bartaraf etish mumkin bo’lgan quyidagi to’siqlarga uchraydi:
1. Mamlakat bojxona kodeksining o’ziga xos xususiyatlari, bojxona xizmatining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi, bojxona tariflarining hajmi va barqarorligi, antidemping qoidalarining qo’llanishidan kelib chiquvchi bojxona to’siqlari.

2. Importchi mamlakatdagi qonunchilikning barqaror emasligi, uning talablari, xalqaro huquqiy munosabatlar shartlari va tamoyillari, tovar belgilariga mutlaq egalik huquqining mukammal emasligini ifodalovchi huquqiy to’siqlar.


3. Importchi mamlakatning tovar mahsuloti sifati, dizayni, xavfsizligi, gigiena normasi, qadoqlashsi bo’yicha milliy texnik normalar, manfaatlar, an’ana va odatlar bilan bog’liq qaror va farmonlar ko’rinishidagi tartibga soluvchi to’siqlar.
4. Eksport tovarining import qiluvchi mamlakatning ijtimoiy qadriyatlariga zarar yetkazishi, tovarni mamlakatda jiddiy siyosiy kelishmovchiliklarga sabab bo’lishi va unga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy to’siqlar.
Eksport tovarning xalqaro bozorda barqaror raqobatbardoshligiga erishish hamda chet ellik potensial xaridorlarning mos keluvchi ehtiyojlarini qondirish uchun har bir import qiluvchi mamlakat uchun turli xil tovar va marketing dasturlarini ishlab chiqish va shu tariqa differensiyalangan marketing tadqiqotlarini o’tkazish zarur. Eng istiqbolli sotuv bozorlarini tanlash, ishlab chiqaruvchi xalqaro bozorning belgilangan qismini egallash uchun zarur hajmda tovar ishlab chiqarishi hamda yuqori rentabellikni ta’minlashi mumkin ekanligini aniqlash zarur. Yuk tashish usuli, mos keluvchi yo’nalishlarni tanlash, omborlarning mavjudligi, ularda mahsulotlarni saqlashni tashkil etish va konsignatsiya savdosi uchun foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratish lozim.
6.8. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi tovarlarning xarakteri hamda ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni aniqlashdan iborat. Eski va yangi ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmining nisbati, oddiy va ilm talab qiluvchi, an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik yangiliklarga oid masalalar hal etiladi. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayoniga bozor iqtisodiyotining kafolatlar hajmi va strukturasi, narx darajasi, xizmat ko’rsatishning sifati, raqobatbardoshlik darajasi, liderlik uchun ko’rash, tamomila yangi tovar yaratish kabi muammolarini kiritish mumkin. Rejalashtirish chet ellik xaridorlarning ijtimoiy va iqtisodiy pozisiyalarini hisobga olgan holda eksport tovar assortimentini baholashdan boshlanadi. Chet elda muayyan mamlakatda yoki mintaqada iste’molchilar xulq-atvori tendensiya va qonuniyatlarini, iste’molchilarning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash lozim. Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksportchining quyidagilarni bajara olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi:
- hozirgi paytda raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari past bo’lgan va istiqbolda rentabelligi past bo’lishi kutilayotgan mahsulotlar ro’yxatini aniqlash;
- mahsulotlarni eksport tovarlar tarkibidan chiqarish muddati va ro’yxatini aniqlash;
- qaysi tovarlarni modernizatsiyalash kerakligini, shuningdek, muayyan mahsulotlarni qo’llashning yangi usullarini aniqlash;
- xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish va ko’rib chiqishga chuqur o’ylab ko’rgan holda yondashish.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida muayyan tovarning chet ellik potensial xaridorlar uchun mos kelishini aniqlash maqsadida sinov va anketa so’rovlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. So’rov natijalariga ko’ra tovarning iste’mol ko’rsatkichlari, dizayni, narxi va servis xizmatiga oid tavsiyalar ishlab chiqalishi lozim. Mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishdan avval eksport tovar assortimentini shakllantirishda mahsulotni tashqi bozorning tanlab olingan bir qismida sotib ko’rish yo’li bilan «bozor sinovi»dan o’tkazish mumkin. Bunday tadbirlar mahsulotning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini to’g’irlash uchun zarur bo’lgan operativ tijorat ma’lumotlariga ega bo’lishga imkon beradi. Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda xuddi shunday tovar ishlab chiqaruvchi eksportchi-raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish zarur. Xususan, ular ishlab chiqaruvchi mahsulotning xarakteri, tovarning jozibador xislatlari va qadoqlashsi, ko’rsatiluvchi xizmatlar turi va hajmi, sotuv faoliyatini tashkil etish, moliyaviy ahvoli, raqobatchi mahsulot ishlab chiqarish kuchlarining to’la quvvat bilan ishlashi, buyurtmalar portfeli va hokazolarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda xalqaro bozor kuchli va jiddiy raqobatchilik sharoitlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Eksportchi amalda butun bozorni egallab olishi amrimahol. SHu sababli eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksport ishlab chiqarish dasturi va tovar mahsulotlarini sotish yo’naltiriluvchi maqsadli (xalqaro savdo maydoni, marketing qo’llanuvchi muayyan nuqta) bozorni bexato tanlash lozim. Shuni ham hisobga olish kerakki, bozorlarning bir turi an’anaviy tovarlarni, ikkinchi bozor turi texnologik jihatdan yangi tovarlarni talab qilsa, uchinchi turdagi bozorlar esa xuddi shu yo’nalishdagi yangi tovarlar paydo bo’lganligi sababli ba’zi tovar turlarini tezlik bilan bozordan chiqarib tashlashni talab qiladi.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda tovarning joylashtirilishi, ya’ni muayyan tashqi bozorda ustivor holatini ta’minlash lozim. Tovarni joylashtirish potensial iste’molchilar doirasini kengaytirish imkoniyati, tovarni qabul qilish, ishbilarmonlik tavsiyalari va takliflardan kelib chiqadi. U tovarning iste’mol xislatlarini real baholash, uning obro’lilik omillarini aniqlash, raqobatchi tovarlarga nisabatan ustunliklarini ajratib ko’rsatishga asoslanadi.
Eksport tovar assortimentini shakllantirishda xalqaro bozorga bozor uchun yangi bo’lgan, ya’ni oddiy ehtiyojlarni qondirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarishga imkon beruvchi, ba’zi iste’molchilar oldida yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochuvchi, boshqa iste’molchilar uchun esa ma’lum ehtiyojlarni yanada yuqori darajaga ko’taruvchi tovarni kiritish zarur. Tashqi bozorga yangi tovar bilan chiqar ekan, eksportchi yangi bozorni egallab olish, monopoliya shartlarida narx bilan o’ynash, ko’proq daromad olish, o’z nufuzini oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ladi
6.9. Eksport siyosatida tovarlarni o’rash, markalash va servis
Eksport qadoqlashsini ishlab chiqish firmaning tashqi bozordagi tovar siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Qadoqlash bu tovar joylashtiriluvchi o’rov materiali bo’lib, uning saqlanishi, tanib olinishiga mo’ljallanadi hamda tovar va kommunikatsiya siyosatidan kelib chiqqan holda reklama va axborot bilan ta’minlash funksiyalarini bajaradi. Qadoqlash idish, etiketka, yorliq va markirovkadan iborat bo’ladi hamda quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
tovarni joylash va uni tashishda himoya qilish;
tashish va foydalanishda qulaylikni ta’minlash;
kommunikatsiya – qadoqlash tovar markasi, tarkibi, foydalanish yo’nalishi va hokazolarni namoyish etadi;
bozor segmentasiyasi – qadoqlash bozorning turli segmentlari uchun maxsus ishlab chiqilishi mumkin;
sotuv kanallari bilan hamkorlik – qadoqlash tovar o’tkazish tizimi talablariga moslashtirilishi, uni saqlash, muomala qilishni engillashtirishi hamda mustahkam va uzoq muddat xizmat qilishi lozim;
yangi mahsulotni rejalashtirish – ba’zi firmalar qadoqlashni o’zgartirish bilan tovarni yangi tovar sifatida namoyish etadilar.
Deyarli barcha mamlakatlarda xaridorlar manfaatini himoya qilish maqsadida tovar qadoqlashsi sohasiga oid qonunchilik mavjud. G’arbiy Germaniyada qadoqlashni ratsionallashtirish jamiyati keng iste’mol tovarlari qadoqlash bo’yicha normalarni ishlab chiqqan bo’lib, unga ko’ra:
qadoqlashdagi rasm va matnlar aniq bo’lishi hamda tovarning mohiyatini ifodalashi lozim;
qadoqlangan tovarning vazni va miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rinarli joyda bo’lishi kerak;
qadoqlangan tovarlar soni imkoni boricha butun bo’lishi lozim;
qadoqlashdagi narx aniq va yaxshi ko’rinadigan bo’lishi kerak.
Shuningdek, tovar qadoqlashda tovar ishlab chiqarilgan payt va uni iste’mol qilish muddati ko’rsatilishi zarur. Bundan tashqari, sotuvchilar uchun tavsiyalar mavjud – qadoqlash xarajatlarini kamaytirish, qayta ishlanishi oson bo’lgan qadoqlash yaratish maslahat beriladi. Bu chora-tadbirlar ekologik muhitning ifloslanishi sababli hamda moddiy va tabiiy resurslarni tejash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro savdoda keng qamrovli tovar massasiga kiruvchi har bir mahsulot haqidagi ma’lumotlar chet ellik mavjud va potensial xaridorlarga yetkazilishi lozim. Amalda tovar haqidagi ma’lumotlar vositasi – markirovka shakllantirilgan. Markirovka bu mahsulot va uning qadoqlashga ramziy belgilar, rasm, raqamli va harfli belgilarni aks ettirishdir.
Eksport tovari markirovkasi har doim quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim: ishlab chiqaruvchining nomi, buyurtma nomeri, qadoqlash birligi nomeri, ishlab chiqarilgan mamlakat nomi, o’lchami, yuklash va tushirish yo’riqnomasi, xavfsizlik bo’yicha qo’shimcha ko’rsatmalar.
Markirovka quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Yukning tashuvchilar, oluvchilar va xalqaro bozorning ishtirok etuvchi boshqa sub’yektlari tomonidan oson tanib olinishini ta’minlaydi.
2. Yukni to’g’ri saqlash va yetkazishni ta’minlash uchun mos keluvchi tartibni ko’rsatadi.
3. U bilan noto’g’ri muomala qilinganda tashilayotgan yoki saqlanayotgan yuk tug’dirishi mumkin bo’lgan xavf-xatardan ogohlantiradi.
Xalqaro savdoda markirovkadagi barcha yozuvlar import qiluvchi mamlakat tilida bajariladi. g’arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida to’rt tilda, ayrimlarida esa olti xil tilda yozish yo’lga qo’yilgan. Markirovkaning quyidagicha turlari mavjud:
tovar markirovkasi – tovarning nomi, GOST raqami, tayyorlangan vaqti, zavod markasi, buyurtma va naryad nomeri;
jo’natish markirovkasi – tovarni jo’natish va qabul qilish manzili, jo’natuvchi va qabul qiluvchining nomi, brutto va netto vazni;
transport markirovkasi – transport hujjatiga asosan tashilayotgan partiyadagi o’rinlar soni, tovarning yuk partiyasidagi o’rnining tartib raqami;

maxsus markirovka – yukni yuklash, tashish va saqlashda u bilan muomala qilish usullarini belgilovchi ogohlantiruvchi yozuv va belgilar.


Tovar, jo’natish va maxsus markirovkalar yuk jo’natuvchi tomonidan, transport markirovkasi esa yuk tashuvchi yoki uning agenti tomonidan bajariladi.


Markirovka tovar markasini ifodalaydi hamda quyidagilarni mujassamlantiradi:


firma belgisi (ramz, rasm, ajratib turuvchi rang, shartli belgilanish);


firma nomi (so’z yoki so’z birikmasi, harf yoki harflar guruhi);


tovar obrazi (jonlantirilgan tovar markasi).


Hozirga paytda tovarlar markirovkasi uchun maxsus xalqaro simvollar tizimi ishlab chiqilgan. Tovar qadoqlashsi va markirovkasi bo’yicha quyidagi xalqaro kelishuvlar mavjud:


ATR – xavfli tovarlarni tashish bo’yicha xalqaro kelishuv;


IMDG – xavfli yuklar uchun xalqaro dengiz kodi;


IATA – havo transporti yordamida tashiluvchi xavfli yuklarni markirovka qilish bo’yicha xalqaro kelishuv.


Sifatli servis xizmati ko’rsatishni ta’minlash tashqi bozorda sotuvni rag’batlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Tashqi bozorda servis xizmati ko’rsatishning qiyinligi servisning qaysi elementlari tovarning uzviy va ajralmas bir qismi, qaysilari esa sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish kompleksiga mansubligini aniqlashdan iborat. Bunda zarur va qo’shimcha servis xizmatlarini tanlash iste’molchilarning madaniyati, an’analar, talabning to’lov layoqati va hokazolarga bog’liq bo’ladi.


Xalqaro marketingda kompaniya qaror qabul qilishi lozim bo’lgan oltita servis tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish mumkin: transportirovka qilish va o’rnatish, importchining xodimlarini o’rgatish va ularga maslahatlar berish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, kafolat xizmati ko’rsatish, qayta ishlash va boshqa xizmatlar.


Transportirovka qilish va o’rnatish firmaning xalqaro yuk tashuvida etarlicha tajribaga ega bo’lmagan eksportchining vazifalarini engillashtirish maqsadida tovarni yetkazib berishni o’z zimmasiga olishga tayyorligini anglatadi. Ba’zi hollarda murakkab asbob-uskunalarni faqat malakali mutaxassislar o’rnatishi mumkin, ularni izlab topish zarurati esa importchining xarid qilishdan manfaatdorligining keskin pasayishiga olib keladi.


Katta xalqaro loyihalar doirasida ko’pincha turli mamlakatlardan ta’minotchilar, pudratchilar va montaj firmalardan iborat maxsus konsorsium tuziladi.


Importchining xodimlarini o’rgatish va ularga maslahatlar berish. Bu investisiya tovarlarini sotishda alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Eksportchining maslahat xizmatlari hajmi xodimlar malakasidan kelib chiqqan holda turli mamlakatlarda turlicha – asbob-uskunalar bilan ishlashga to’liq o’rgatishdan to o’ziga xos masalalar bo’yicha ayrim maslahatlar berishgacha bo’lishi mumkin. Ba’zida import qiluvchining xodimlarini o’rgatish uchun chet elga mutaxassis yuborish yoki bu xodimlarni korxonaning o’zida qabul qilishdan foydalanilsa, boshqa hollarda eksport qiluvchi kompaniya o’qitish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqadi, bu esa, albatta, qo’shimcha xarajatlar sarflanishini talab qiladi.


Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash. Tovarlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning ikki xil varianti mavjud:


texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni ta’minlovchi xizmat ko’rsatish tizimiga ega agent yoki distribyuterni izlab topish;


o’zining servis xizmati ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yish, zarur hollarda esa chet elga o’z mutaxassislarini yuborish yoki mahalliy kadrlarni o’rgatish yo’li bilan bevosita xizmat ko’rsatish.


Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilishning muhim sharti bu xaridorlarni zarur materiallar va ehtiyot qismlar bilan o’z vaqtida ta’minlashdir. Bunda import qiluvchi mamlakat hududida ehtiyot qismlar omborini yaratish ko’zda tutilib, bunday omborlarda asosan eng zarur detal va qurilmalar saqlanadi. Boshqa barcha ehtiyot qismlar esa eksport qiluvchi mamlakat hududidagi zarur detallar zahirasi doimo mavjud bo’lgan markaziy ombordan olib kelinadi.


Texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari va ta’mirlash ustaxonalari qurish muhim shartlardan yana biridir. Ularning vazifasi mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash ishlarining barchasini hamda profilaktika xizmatini amalga oshirishdan iborat.


Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatishni muvaffaqiyatli yo’lga qo’yish uchun asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanishni jiddiy nazorat qilish zarur. Eksportchi importchiga ekspluatatsiya va ta’mirlash bo’yicha texnik hujjatlar hamda chizmalarning barchasini taqdim etishi lozim. Bu hujjatlar eksportchi tomonidan import qiluvchining tilida tayyorlanadi va tovar bilan birga yetkazib beriladi.


Kafolat xizmati ko’rsatish. Kafolat xizmati kafolat muddati davomida ishdan chiqqan yoki sifatsiz tovar qismlarini almashtirish va ta’mirlashni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchi kafolat muddati davomida tovar yetkazib berilgan mamlakat va kafolat xizmati hajmiga bog’liq holda o’z faoliyati bo’yicha qaror qabul qilishi lozim. Bu esa o’z navbatida importchining xodimlari malakasi, mamlakatning iqlim sharoiti va hokazolarga bog’liq bo’ladi.


Qayta ishlash. Ba’zi hollarda eksportchi kompaniya ishdan chiqqan tovarlarni (asbob-uskunalarni) qayta ishlash bo’yicha xizmat ko’rsatishni o’z zimmasiga oladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida eskirgan asbob-uskunalarni qayta ishlash qonunchilikda ko’zda tutilgan bo’lib, shu sababli qayta ishlash xizmatlari kompaniyaning rivojlangan mamlakatlar bozoridagi muhim raqobatbardoshlik omili hisoblanadi.


Qayta ishlash asbob-uskunlarni demontaj qilish va olib chiqishni ko’zda tutadi. Bu asbob-uskunalar eksportchi mamlakatga qayta sotish yoki yo’q qilib tashlash maqsadida qayta eksport qilinishi yoki bo’lmasa importchi mamlakatning o’zida yo’q qilib tashlanishi mumkin.


Boshqa xizmatlar. Xalqaro marketingda boshqa xizmatlar qatoriga asbob-uskunalardan tashqari ularning tarkibiy qismlari kafolati va ta’mirlashni kiritish mumkin. Kompaniya tomonidan turli mamlakatlarda ko’rsatiluvchi qo’shimcha xizmatlar hajmi xaridorlarning xususiyatlari va eksportchining muayyan tashqi bozordan manfaatdorlik darajasiga bog’liq bo’ladi.


Xalqaro tovar eksporti - mamlakatlar bo’yicha.
Globallashuvning kuchayishi jahon savdosining o'sishiga olib keldi. Mamlakatlar mahalliy ishlab chiqarish sektoridan ortiqcha tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda ko'p bo'lgan tovarlarni import qiladi. Global savdo sanoati milliardlab dollarlik tovarlarni eksport qiladigan eng yaxshi mamlakatlarning paydo bo'lishini rag'batlantirdi. Eksport qilinadigan tovarlarga neft, minerallar, oltin, temir rudasi, oziq-ovqat, to'qimachilik, farmatsevtika, mashinasozlik, qurol-yarog', elektronika va boshqa ko'plab tovarlar kiradi. 2020-yilda eng ko'p tovar eksport qiluvchi mamlakatlar quyida batafsil tavsiflangan.
T/r Million AQSH dollari 2020
1 Xitoy 2,589,952
2 AQSH 1,424,935
3 Germaniya 1,382,533
4 Niderlandia 674,602
5 Yaponiya 641,319
6 Gong Kong 548,773
7 Janubiy Koreya 512,498
8 Italiya 499,792
9 Fransiya 488,637
10 Buyuk Britaniya 399,529
Jahon 17,645,180
-jadval. Top 10 tovar eksport qiluvchi mamlakatlar (2020)
2021-yilda Xitoy eksporti qiymati qariyb 3,36 trillion AQSH dollarini tashkil etdi va bu mamlakatni jahon miqyosida eksporti eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingida birinchi o‘ringa qo‘ydi. Xitoy eksport bozori 2009-yildan 2014-yilgacha Xitoydan eksport qilinadigan tovarlar qiymati deyarli ikki baravar oshdi.
-rasm. Xitoy jami eksport hajmi (2000-2020)
2020-yilga kelib Xitoy global mahsulot eksportining taxminan 14,7 foizini va global xizmatlar eksportining qariyb 5,7 foizini tashkil qildi. Xitoyning yetakchi eksport mahsulotlari mashina va transport uskunalari bo'lib, eksport qiymati qariyb 1,2 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. "Xitoyda ishlab chiqarilgan" yorlig'i butun dunyo bo'ylab kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarda keng tarqalgan ko'rinishdir. Xitoy butun dunyo bo'ylab 2,21 trillion dollarlik mahsulot eksport qildi va eng yirik eksport qiluvchi davlatga aylandi. So'nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti juda katta o'sishni boshdan kechirmoqda.
-rasm. Xitoy tovar eksporti hajmi (2000-2020)
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda taxminan 17,46 trillion dollarni tashkil etdi. Eksportining 50,3 foizi Osiyodagi qo’shnilariga, asosan Gonkong, Yaponiya va Janubiy Koreyaga to'g'ri keladi. Xitoy Gonkong bilan erkin savdo shartnomasiga ega va mintaqaga katta miqdorda eksport qiladi. 2019-yilda Xitoydan boshqa mintaqalar mamlakatlariga eksport hajmi bo'yicha AQSh (18%), Germaniya (3%), Buyuk Britaniya (2,6%), Niderlandiya (2,6%) va Hindistonga (2,6%) to'g'ri keldi. Avstraliya, Tayvan, Singapur va Tailand ham Xitoy eksportining katta qismini import qilgan. Xitoydan eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar elektron jihozlar va radioeshittirish uskunalari, kompyuterlar, ofis mashinalari qismlari, elektron uskunalar, kompyuterlar, mashinalar va dvigatellar, mebellar, to'qimachilik va tibbiy asbob-uskunalardir. Boshqa eksport mahsulotlari temir, po'lat, integral mikrosxemalar va mobil telefonlardir.
AQSh dunyodagi ikkinchi yirik eksportchi davlatdir. AQSh eksport bozori 2020-yilda Qo'shma Shtatlar eksport qiymati 1,43 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. AQSh yillar davomida Kanada bilan kuchli siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni saqlab kelmoqda Bu munosabatlar Kanada iqtisodiyotini shakllantirib, bu iqtisodiyot AQSh bilan savdoga bog'liq bo'lib qolmoqda. Kanada AQSh eksport qiladigan eng yirik importyor hisoblanadi. 2019-yilda AQSh tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlar orasida neft va gaz eksport qiymatining eng katta o'sishiga erishdi - 27,16 foiz. 2020-yilda eksport qiymati boʻyicha AQShning ikki yetakchi shtatlari Texas va Kaliforniya boʻldi. Texas 27,36 milliard dollarlik eksport bilan birinchi oʻrinni egalladi. 2020-yilda mamlakat butun dunyo bo'ylab 1,420 trillion dollarlik mahsulot eksport qildi. Qo'shma Shtatlar Osiyo va
-rasm. AQSH tovar eksporti hajmi (2000-2020)
Tinch okeani mintaqalari bilan savdo aloqalarini kuchaytirmoqda, bu esa u yerdagi iqtisodlarning so'nggi yillardagi iqtisodiy yuksalishi bilan bog’liqdir. AQSH tovarlari asosan Xitoy,undan keyin Osiyodagi ba'zi rivojlangan mamlakatlari, ya'ni Yaponiya va Janubiy Koreyaga eksport qilanadi. AQSh eksporti uchun boshqa yo'nalishlar - Meksika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va Tayvandir. AQShning eng yirik eksporti xom ashyo va qayta ishlangan neft; integral mikrosxemalar; farmatsevtika va tibbiy asboblar; va samolyotlar, shu jumladan samolyotlar, kosmik kemalar va vertolyotlar, shuningdek ularning almashtiriladigan qismlari. Shuningdek, eksport tovarlariga elektron komponentlar, elektron ma'lumotlarni qayta ishlash va ofis uskunalari, transport vositalari, mashinalar, kimyoviy mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqalar kiradi. AQSHning eksport boʻyicha Xitoydan ortda qolishi sabablaridan biri ishchi kuchi narxidir. Ko'pgina tovarlarni AQShda Xitoy bilan taqqoslanadigan narxda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish yoki yig'ish mumkin emas.
-rasm. Mahsulot guruhi bo’yicha AQSH tovar eksporti (2020)
Germaniya 2000-yilda 551 mlrd dollarlik tovar eksport qilgan bo’lsa, 2020- yilga kelib, tovar eksport hajmi 1,38 trillion dollarga yetdi. Germaniya Yevropa Ittifoqidagi yetakchi iqtisodiyot bo‘lib, u o‘zining innovatsiyalari va ilg‘or texnologiyalari bilan dunyoga mashhur. 2020-yilda taxminan 1,67 trillion dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilgan Germaniya dunyodagi uchinchi yirik eksportchi hisoblanadi. Dunyoning texnologik jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri sifatida Germaniyaning asosiy eksporti avtomobillar (BMW, Mercedes-Benz, Porsche, Audi, Volkswagen), farmatsevtika mahsulotlari (Bayer), samolyotlar, mashinasozlik, elektronika va kimyoviy mahsulotlardir. Germaniya eksporti 1 trillion dollardan oshgan uch davlat orasida Xitoy va AQShdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Germaniya eng yirik import qiluvchi AQSh bilan yaxshi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni saqlab kelmoqda. Germaniya va AQSh Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO)dagi ittifoqchilardir. Germaniya va AQSh, shuningdek, iqtisodiy o'sishni oshirish uchun bir-birlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni yo'naltiradilar. Germaniya mahsulotlarining boshqa yirik import hamkorlari Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Gollandiyadir.
-rasm. Mahsulot guruhi bo’yicha Germaniya tovar eksporti (2020)
Bundan tashqari, Germaniyadan eksport qilinadigan mahsulotlar qaatoriga transport vositalari, samolyotlar va vertolyotlar, ishlab chiqarish uskunaslari, to'qimachilik, avtomobil qismlari, kimyoviy moddalar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan. 2020-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, Germaniya tovar eksportining asosiy qismini sanoat va mashinasozlikka oid mahsulotlar tashkil etib, umumiy tovar hajmining 50%idan ortig’ini egallaydi.
2020-yilda Niderlandiya yalpi ichki mahsulot (hozirgi AQSH dollari) boʻyicha dunyoda 17-oʻrinda, eksport hajmi boʻyicha 6-oʻrinda, import boʻyicha 8-oʻrinda, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot boʻyicha (hozirgi AQSH dollari) 12-oʻrinni egalladi. Niderlandiya eksporti - jami barcha mahsulotlar - dunyo so'nggi yillarda sezilarli darajada o'zgargan bo'lsa-da, u 2001-2020 yillar oralig'ida o'sish tendentsiyasiga ega bo'lib, 2020-yilda 674 miliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Niderlandiyaning asosiy eksporti qayta ishlangan neft (29,7 milliard dollar), radioeshittirish uskunalari (19,3 milliard dollar), qadoqlangan dori-darmonlar (18,8
milliard dollar), kompyuterlar (13,7 milliard dollar) va fotolaboratoriya uskunalari (11,7 milliard dollar) bo’lib, asosan Germaniya (105 milliard dollar), Belgiya (56,1 milliard dollar), Fransiya (43,7 milliard dollar), Buyuk Britaniya (40,3 milliard dollar) va AQShga (23,9 milliard dollar) eksport qiladi.
-rasm. Niderlandiya jami tovar eksporti.
Yaponiya 641,3 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi. Yaponiya iqtisodiyotining o'sishi asosan eksportning o'sishi bilan bog'liq. Yaponiya Xitoy bilan ikki tomonlama foydali savdodan foydalanadi, bu esa Yaponiya eksportining 21,5 foizini import qiladi. Yaponiya Janubiy Koreya bilan ham savdo aloqalariga ega.
-rasm. Yaponiya tovar eksporti dinamikasi (2000-2020)
Yaponiya eksportining ikkinchi yirik importchisi AQShdir. AQSh va Yaponiya so'nggi yillarda o'z aloqalarini mustahkamladi, bu esa AQShning Osiyo va Tinch okeani mintaqalarida barqarorlikni ta'minlash uchun Yaponiyada bazalarini o'rnatishini ko'rsatdi. Yaponiya shuningdek, Avstraliya va Birlashgan Arab Amirliklariga tovar eksport qiladi.
Yaponiyaning asosiy eksport mahsulotlariga avtomobillar (Toyota, Honda, Nissan, Mazda, Suzuki va boshqalar) va avtomobil qismlari, integral mikrosxemalar va elektron qurilmalar (Nintendo, Panasonic, Sony va boshqalar), sanoat mahsulotlari, transport vositalari, temir va po'lat va mashinasozlikdir.
-rasm. Tovar eksporti 2020x
Eksport mamlakatning iqtisodiy o'sishini rag'batlantiradi va jahon bozori rivojlanayotgan iqtisodlarni jalb qilishda davom etmoqda. 2020-yilda tovar qiymati bo‘yicha boshqa yetakchi tovarlar eksport qiluvchi davlatlar qatoriga 548,7milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan Gongkong, undan keyin Janubiy Koreya (512,49 milliard dollar), Italiya (499 mlrd. dollar) Fransiya (488 milliard dollar) va Buyuk Britaniya (399 milliard dollar) kiradi. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika eng ko'p eksport qiluvchi mamlakatlardir.
-rasm. O’zbekiston tovar eksporti(1992-2020).mlrd dollar

2020-yilda tovarlar eksporti umumiy hajmining 77 foizi (nomonetar oltinni hisobga olmagan holda) oltita mamlakatga, jumladan 19 foizi Xitoyga, 17 foizi Rossiyaga, 14 foizi Turkiyaga, 10 foizi Qozog‘istonga, 10 foizi Qirg‘izistonga hamda 6 foizi Afg‘onistonga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, tovarlar eksportining asosiy qismi:


• «qimmatbaho metallar va toshlar» – 5,9 milliard dollar (2019 yilda 5,1 milliard dollar);
• «tekstil va tekstil mahsulotlari» – 2,1 milliard dollar (2019 yilda 2 milliard dollar);
• «kelib chiqishi o‘simlik bo‘lgan mahsulotlar» – 1,2 milliard dollar (2019 yilda 1,4 milliard dollar);
• «qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan buyumlar» – 1,1 milliard dollarni (2019 yilda 1,1 milliard dollar) tashkil qilgan.
Markaziy bankka ko‘ra, ushbu tovarlar guruhining ulushi jami tovarlar eksporti hajmining 91 foiziga teng. (2019 yilda ham 91 foiz)

2019-yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.). Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.). Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 17,3 mlrd. doll.). Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi


-5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.) Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019-yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda. Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi.
Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda. 2019 yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 44,1 foizni, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizni tashkil etdi.
Ushbu import tovarlarning qariyib 50 foizi iqtisodiyotda investitsion importni, 25 foizi qayta ishlash uchun xom-ashyo importini, 25 foizi tayyor mahsulot sifatida iste’mol importini tashkil etdi. Tovarlar importi o‘sishiga ta’sir etgan omillar va manfiy saldosining yuqoriligi sabablari. Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni, aholi farovonligini va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovar resurslarini import hisobiga ta’minlanishi. Aholi daromadlarining o‘sishi natijasida mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi va uni chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga qondirilishi. Ma’lumot uchun: Oziq ovqat mahsulotlari importi 2017 yilda 1,27 mlrd. doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 1,58 mlrd. doll.ni o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etgan. 2019 yilning 11 oyi davomida esa ushbu mahsulotlar importi 1,67 mlrd. doll.ni tashkil etib, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda so‘mning xorij valyutalariga erkin ayirboshlash sharoiti yaratilishi natijasida milliy valyutadagi ichki investitsiyalarning chetdan mahsulot sotib olish qobiliyati chet el valyutasi bilan tenglashganligi natijasida import tovarlariga talabning oshishi. Tijorat banklari kreditlarining (156,2 foiz) yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va kredit mablag‘larining katta qismi iqtisodiyotning noreal ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilishi (57%), o‘z navbatida ma’lum bir tovar va xizmatlari importini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Chet el investitsiyalarining o‘sishi (2019 yilning birinchi yarmida 2 marta ko‘paygan). Tovar ishlab chiqarish hajmi o‘sish darajasi(7-8%)ning jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur’ati (1,5 marta)dan pastligi. Chet eldan pul o‘tkazmalarining ko‘payganligi (2018 - 5,2 va 2019 - 5,8 mlrd.doll.) Tovarlar eksportining (maxsus eksportdan tashqari) 22,7 foizga va aholi real daromadlarining o‘sish darajasi tovar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘payishi natijasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar.
Mamlakatimizda iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish (inflyatsiya darajasini pasaytirish, ayirboshlash kursining mo‘tadilligini ta’minlash), tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida:
Mamlakatda aksiya (kapital) bozorini kengaytirish orqali portfel investitsiyalar hajmini ko‘paytirish. Xususiy korxonalar va aholi bo‘sh mablag‘larini birinchi navbatda davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish choralarini ko‘rish;
Davlat qarzini chegaralash. Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanish mexanizmlariin ishlab chiqish;
Investitsion loyihalarni shakllantirishda:
-davlat investitsiyalarini baholash tizimini joriy qilish, ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini oshirish, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish;
- asosiy e’tiborni mamlakatimizning mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojiga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligiga hamda iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishiga hamda loyiha doirasida keyinchalik ishlab chiqarishda ishlatiladigan oraliq tovarlar (hom ashyo va butlovchi materiallar) tarkibida mahalliy tovarlar ulushini yuqori bo‘lishiga qaratish.
Tijorat banklarining investitsion dasturlarni moliyalashtirish faoliyatlariga davlat aralashuvini cheklash va davlat tasarrufidagi tijorat banklarining ma’suliyatlarini oshirish mexanizmini takomillashtirish.
Tashqi va ichki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish mexanizmini takomillashtirish. Bunda iqtisodiy jihatdan istiqbolli va samarali bo‘lgan investitsion loyihalar bazasini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar hajmida import ulushini mahalliy mahsulotlar hisobiga kamaytirishni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
Mamlakatimizda tayyor iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish (tasdiqlangan ro‘yxat asosida iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqaruvchi birliklarga tovarlar turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda tarmoqdagi o‘rtacha foyda normasidan past bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan foyda normasi kamomadini korxona to‘la quvvatga chiqqunga qadar qoplab berish tartibini joriy etish).
Import o‘rini bosuvchi ishlab chiqarish, mahalliylashtirish masalalari.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi hamda respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarga qo‘llaniladigan bojxona hamda soliq imtiyozlari 2018 yilning aprel oyidan bekor qilindi. Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilandi;
2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi;
3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi;
4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish
hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
5) 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2020 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6 trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etadi

O‘zbekiston 2021-yilda 182 davlat bilan jami 42,1 milliard dollarlik savdo qilgan. Bu 2020 yil – 36,2 milliard dollarga nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkich hisoblansa-da, lekin pandemiyadan avval – 2019-yilda tashqi savdo aylanmasi 41,7 milliard dollar bilan solishtirganda o‘sish unchalik yuqori bo‘lmaganini ko‘rishimiz mumkin. Tashqi savdo balansining 25,5 milliard dollari import va 16,6 milliard dollari eksportni tashkil qilmoqda. Tushunarliroq tilda aytsak, 25 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar sotib olgan bo‘lsak, 16 milliard dollar mahsulot va tovarlar sotganmiz. Ya’ni chetdan sotib olganlarimiz sotganlarimizdan deyarli 9 milliard dollarga ko‘proq.


Rossiya yil yakunlari bo‘yicha so‘nggi 3 yildan buyon tashqi savdodagi eng yirik hamkorimiz Xitoyni quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Demak, 7,5 milliard dollarlik savdo aylanmasi bilan Rossiya 2021-yilda O‘zbekistonning eng katta sherigi bo‘lib turibdi
Keyingi o‘rinda Xitoy: ikki tomonlama tovar ayriboshlash hajmi 7,4 milliard dollar (O‘zbekiston tomonining raqamlari). O‘tgan oyda ikkinchi ittifoqchimizga aylangan Qozog‘iston savdodagi 3 raqamli hamkorimiz bo‘lib turibdi. Tovar ayirboshlash hajmi 3,9 milliard dollar. Keyingi o‘rinda Turkiya – so‘nggi yillarda faol tashqi siyosat olib borayotgan Kichik Osiyo mintaqasining yetakchisi bilan tashqi savdo aylanmasi 3,4 milliard dollarga yaqin. Tashqi savdoda milliard dollik tashqi savdodan oshgan so‘nggi hamkorimiz Janubiy Koreya hisoblanadi.
Tashqi aylanma 1,9 milliard dollarga yaqin. Ushbu 5 ta mamlakat O‘zbekiston tashqi savdosida 55 foizdan ortiq ulushga ega. Undan keyingi o‘rinlardagi Qirg‘iziston, Turkmaniston, Germaniya, Ukraina va Afg‘oniston top o‘nlikni yakunlaydi. E’tibor qilishimiz kerak bo‘lgan nuqta, tashqi savdodagi asosiy 20 ta hamkorlarimizning faqat 3 tasi: Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan savdo ijobiy balans kuzatilgan, qolgan 17 asosiy sheriklarimizdan esa biz ko‘proq import qilamiz.
Umuman, 2021-yilda tashqi savdo manfiy saldosi 8,9 mlrd dollarga yetgan. Bu – antirekord ko‘rsatkich sanaladi. 2021-yil davomida tashqi savdodagi eng faollik noyabr oyida kuzatilgan, 5 milliard dollardan ortiq savdo bo‘lgan. Hududlar miqyosida tashqi savdoda eng faol Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘lgan bo‘lsa, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlari eng passiv bo‘lgan.
O‘zbekiston 2021 yilda 16,6 milliard dollari eksport qilgan bo‘lsa, uning asosiy qismini sanoat tovarlari, oltin, xizmatlar va oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yili 4,3 milliard dollarlik sanoat tovarlari,
4,1 milliard dollarlik oltin, 2 milliard dollarlik xizmatlar va 1,3 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar sotilgan. Garchi oltin borasidagi statistik ma’lumotlar batafsil keltirilmagan bo‘lsa ham, avvalgi yillarga qaraganda oltin sotishdan kamroq daromad olinganini ko‘rish mumkin. Masalan, 2020-yilda O‘zbekiston eksportida oltin eng yuqori ulushga ega bo‘lgan, 5,8 milliard dollarlik oltin sotilgan. 2019-yilda esa 4,9 milliard dollarlik oltin sotilgan.
-rasm. O’zbekiston tovar eksporti tarkibi(2021).
Shuningdek, kimyoviy va mineral mahsulotlar, mashinalar va transport uskunalari, nooziq-ovqat mahsulotlari hamda turli xil tayyor buyumlar ham sotilgan.
2021-yildagi meva-sabzavotlar eksportida esa uzum, mosh, gilos, pomidor, shaftoli va xurmo yetakchilik qilmoqda.
Statistik ma’lumotlar, 2021-yil O‘zbekiston importida eng ko‘p ulush mashinalar va transport asbob uskunalariga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatmoqda – 32,4 foiz. Bu 8 milliard dollardan ortiq degani. O‘zbekiston eng ko‘p sotib oladigan mashinalar va asbob-uskunalar Xitoy, Koreya, Rossiya, Turkiya va Germaniya hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, sanoat tovarlari, kimyoviy vositalar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar hamda xizmatlar hissasi ham importimizda yuqori o‘rinlarga ega.

https://uzte.uz/uz


Eksport qilingan mahsulotlar
To'qimachilik sanoati mahsulotlari eksporti hajmining o'sishini to'g'ridan-to'g'ri tayyor mahsulot ishlab chiqarishni isloh qilish va paxta xom ashyosi o'rniga qo'shimcha qiymatni shakllantirish natijasida ko'rib chiqish mumkin. Masalan, 2020-yil yanvar-dekabr oylarida 1922,2 million AQSh dollari miqdorida to'qimachilik mahsulotlari eksport qilindi, bu esa umumiy eksport hajmining 12,7 foizini tashkil etdi va 2019-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 18,1% o'sdi. To'qimachilik mahsulotlari eksporti tarkibida asosiy ulushni paxta iplari (48,9%), hamda, tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari (26,4%) egallaydi. 2020-yil yanvar-dekabr oylarida dunyoning 70 mamlakatiga 498 dan ortiq turdagi to'qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Bug'doy bozori oziq-ovqat xavfsizligi tizimini shakllantirish va ishlashida muhim ro’l o'ynaydi. Bug'doy mahsuloti O'zbekistonning asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi va hozirgi vaqtda respublika nafaqat o'zining don va unga bo'lgan ichki ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki bir qator mamlakatlarning ehtiyojlarini eksport orqali qondirmoqda.
2021-yil bug‘doy hosilida 6 million 656 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Shundan 2 million 533 ming tonnasi respublika don zaxiralari uchun “O‘zdonmahsulot” AJ hududiy korxonalarida jamg‘arilgan. 4 million 123 ming tonnasi fermer va aholi ixtiyorida qolgan.
O‘tgan yil yakuniga qadar 2 million 771 ming tonna bug‘doy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozog‘istondan import qilingan. 26,8 ming tonna bug‘doy doni (Tojikistonga 94 foiz va Qirg‘izistonga 6 foiz) va 949,1 ming tonna un (1 mln 265 ming tonna bug‘doy hisobida) Afg‘onistonga eksport uchun yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston 2021 yilning 9 oyida meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlat Qozog‘iston bo‘lib turibdi – 483 ming tonna.
Meva va sabzavotlar eng ko‘p sotilgan davlat ro‘yxatida keyingi o‘rinlardan Rossiya (289 ming tonna), Qirg‘iziston (100 ming tonna) va Xitoy (40 ming tonna) joy oldi. Shuningdek, eksport ro‘yxatida Ukraina (26 ming tonna), Afg‘oniston (23 ming tonna), Turkmaniston (21 ming tonna), Pokiston (19 ming tonna), Belarus (11 ming tonna), Turkiya (9 ming tonna), Ozarboyjon (6 ming tonna), Eron (6 ming tonna) hamda Germaniya (3,4 ming tonna) bor.
Eksport mahsulotlarining nomenklaturasi:
• Sabzavotlar, mevalar va poliz mahsulotlari;
• dukkakli mahsulotlar;
• quritilgan meva va sabzavotlar;
• yong'oq va don mahsulotlari;
• Sharbatlar, nektarlar va meva va sabzavotlar konservalari.
O'zbekiston Respublikasi eng boy tabiiy resurslarga asoslangan, rivojlangan metallurgiya sanoatiga ega. O'zbekiston yettinchi uran zaxiralari joy va mis jahon zaxiralari o'n birinchi-o'n ikkinchi joyda, oltin tasdiqlangan zahiralari bo'yicha dunyoda to'rtinchi joyda va uning ishlab chiqarish uchun ettinchi joyda, deb aytish uchun kifoya. Respublikamizda boshqa metallar, jumladan, kumush, molibden, vismut, volfram, lityum va boshqalar kabi qimmatbaho metallar va noyob erlarning katta zaxiralari mavjud. O'zbekiston Respublikasi hududida keng miqyosda foydali qazilmalar, jumladan 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlari aniqlandi, ulardan 60 tasi milliy iqtisodiyotda ishlatilgan.
2019-yili O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmi 12,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bunda tovarlar eksportining hajmi (nomonetar oltin eksportini va tuzatishlarni hisobga olmagan holda) 1,1 milliard dollarga yoki 20 foizga kamaydi (2019 yilda o‘sish 560 million dollar yoki 7 foizni tashkil qilgan). Energiya mahsulotlari jahon narxlarining keskin tushishi va asosiy iste'molchilar tomonidan ularga bo‘lgan talabning pasayishi oqibatida gaz eksporti hajmida 2019-yilga nisbatan 79 foizga kamayish kuzatildi.
Eksport mahsulotlarining nomlanishi:

qimmatbaho metallar (zargarlik buyumlari)


noyob metallar (molibden, volfram, kadmiy)
mis va mis mahsulotlari;
qora metallar prokati;
kamar va chiziqlar;
temir silliqlash to'plari;
po'lat simlar;
lektrodlar; uy po'latdan ishlangan oshxona buyumlari
Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish