Mavzu: PANDEMIYA NIMA?
Reja:
1. Pandemiya haqida tushuncha
2. Rivojlangan mamlakatlarda Kovid-19 ga qarshi emlash
Pandemiya (yun. pandemos — yoppasiga, xalqaro) — epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat, qitʼa yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʻli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi bunga misol boʻla oladi.
Rivojlangan mamlakatlarda Kovid-19 ga qarshi emlash tobora tezlashib borar ekan, bundan keyin nima bo‘ladi, degan savol tobora dolzarblashmoqda. Nihoyat ular barcha chegaralarni ochadimi va koronavirusning yangi variantlarining paydo bo‘lishi bunga qanchalik xalaqit berishi mumkin? Jamoaviy immunitetdan hali uzoqmizmi va koronavirusga qarshi samarali davo topilmaguncha dunyo normal hayotga qayta oladimi? Bi-bi-si Rus xizmati pandemiyadan chiqishning mumkin bo‘lgan asosiy ssenariylari va ularning qay biri bugungi kunda olimlarga ehtimoli ko‘proq ko‘rinayotgani haqida hikoya qiladi.
Iyul oyi oxirida “Lancet” jurnalida maqola chop etildi, uning mualliflari - Yevropaning o‘ttiz nafar yetakchi tibbiyot olimi - Kovid-19 pandemiyasi yaqin oylar va yillarda qanday yo‘nalishda rivojlanishi mumkinligi haqida fikr bildirgan. Maqola mualliflarining asosiy savoli shu - pandemiya uch-besh yil ichida tugaydimi?
Sayyoramizning har to‘rtinchi katta yoshli fuqarosi vaksinaning ikkala dozasini ham olgan - bu nafaqat emdorining yetishmasligi, balki ularga ishonchning yo‘qligidan hamdir.
Ayniqsa, koronavirusning yuqumli "Delta" shtammi deyarli barcha mamlakatlarga kirib borgan va asta-sekin u yerlardan virusning xavfsizroq shtammlarini chiqarib tashlamoqda va, eng yoqimsizi shuki, bu shtamm kasallikni boshdan kechirgan yoki Kovid-19ga qarshi to‘liq emlanganlarga ham yuqadi. Shu bilan birga, maqola mualliflarining xulosalariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab cheklov choralariga yanada yomon amal qilishmoqda.
Shubhasiz, bunday sharoitda yangi yuqtirganlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Statistika shuni ko‘rsatadiki, dunyo pandemiyaning uchinchi to‘lqini cho‘qqisida: iyul o‘rtalaridan beri tasdiqlangan tashxislar soni bir yarim baravar ko‘paydi (har kuni 350 dan 655 minggacha).
To‘rt ssenariy
Pandemiya rivojlanishining mumkin bo‘lgan ssenariylari haqida batafsil ma’lumot iyul oyi oxirida Amerika tibbiyot jamiyati JAMA jurnalida chop etilgan maqolada keltirildi.
Mualliflar yozishicha, keng ko‘lamli emlash kampaniyasi (AQShda u tez sur’atlar bilan bormoqda) oddiy hayotga nisbatan ertaroq qaytishga umid beradi. "Biroq bu yo‘lda ko‘plab to‘siqlar bor: vaksinalarning aholiga notekis yetib borishi, emlanishdan qat’iy bosh tortish, virusning yangi variantlari va qattol infeksiyaning global to‘lqinlari paydo bo‘lishi", deya qo‘shimcha qiladi ular
SARS-CoV2 virusini yengib, COVID-19 pandemiyasini tamomlash – butun dunyo sogʻliqni saqlash tizimi bir yildan koʻproq davr mobaynida duch kelgan eng muhim global chaqiruv hisoblanadi. Sogʻayganlar kurashayotgan navbatdagi mutatsiyalar yoki asoratlar – bugungi tibbiyot muammolaridir. Bir vaqtning oʻzida shifokorlar har safar boshqa bemorlarga yordam koʻrsatish va ularn davolashda zarur boʻlgan usullaridan foydalanishga urinmoqdalar. Virusni yaxshiroq tushunish va bemorlarga yordam koʻrsatish uchun keng doirada fikrlash va professional bilimga ega boʻlish lozim. Qisqa vaqt ichida navbatdagi Adamed Xalqaro Anjumanida dunyo boʻyicha bir necha ming mutaxassis ishtirok etadi. “Pandemiya bilan yana bir yil va sogʻliqni saqlash tizimiga yangi chaqiruvlar” deya nomlangan tadbir 2021-yilning 22-23-aprel kunlari onlayn tarzda oʻtkaziladi.
Eng soʻnggi ilmiy izlanishlarga asoslangan bilimlar, mutaxassislar bilan hamkorlik va innovatsiyalar bugungi kungacha koronavirusga qarshi kurashishda yagona samarali tajriba boʻlib qolmoqda. Zamonaviy tibbiyotning muhim chaqiruvlariga javoban Adamed ikkinchi marta Yevropa va Osiyoning toʻqqizta mamlakatidan shifokorlarni Xalqaro konferentsiyaga taklif qilmoqda. Mazkur tadbir COVID-19 ga qarshi kurash boʻyicha soʻnggi yangiliklar, pandemiyaning kundalik klinik amaliyotni qanday oʻzgartirishini kuzatish hamda shifokorlar qarshisida turgan muammolarga bagʻishlangan. Maʼruzalar onlayn tarzda polyak, ingliz, rus va ispan tillariga tarjima qilingan holda efirga uzatiladi.
Adamed II Xalqaro konferentsiyasining bosh moderatori prof. Andrzej M. Fal – Varshavadagi Ichki ishlar va maʼmuriyat vazirligining markaziy klinik kasalxonasi, allergiya, oʻpka kasalliklari va ichki kasalliklar klinik boʻlimi boshligʻi va Polsha jamoat salomatligi jamiyati boshqaruv kengashi prezidentidir. Uning fikricha, bu kabi loyiha shifokorlarni yuksak tarzda qoʻllab-quvvatlash demakdir: Birinchi anjumanda 10,000 dan ortiq shifikor ishtirok etdi. Tadbir boshidagi ikki kun davomida bemorlarimizni davolashda va COVID-19 ni toʻxtatishda biz uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan har bir muammoni amaliy tarzda muhokama qildik. Bir necha oy oʻtgach, pandemiya jiddiy tus oldi, biroq biz emlashni boshladik va koronavirusga qarshi kurashish borasida baʼzi bilimlarga ega boʻldik. Kelinglar, bundan-da koʻproq bilimlarga ega boʻlish uchun II Adamed Xalqaro Anjumanida uchrashaylik.
Anjuman kun tartibiga 9 ta mamlakatdan 18 ta mutaxassis tomonidan tayyorlangan maʼruzalar kiritilgan. Maʼruzalar, shu jumladan pandemiya davrida psixiatrlar roli, COVID-19 dan keyin sogʻlikning tiklanishi va bemor reabilitatsiyasi vaqtida asoratlar, shuningdek bu kasallikning reproduktiv salomatlikka taʼsiri kabi mavzularni oʻz ichiga olgan. Shuningdek emlash borasida soʻnggi yangiliklar ham oʻrin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |