3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish.
Reja:
1.
Jaxon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda
ustunlik.
2.
Jaxon biznesida import va eksportning ahamiyati.
3.
Jaxon bozorlariga chiqishda qo’llaniladigan strategiyalar va ko’p millatli
korporatsiyalarning roli.
4.
Jaxon bozorda savdoga ta’sir qiluvchi kuchlar.
1.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan
ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan
xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80% tashqi savdoning
ulushiga to‘g‘ri keladi.
Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli
kattadir, chunki jahon xo‘jalik tizimidan ajralgan holatda biron-bir mamlakat
sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olmaydi.
Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan turli
davlatlarni tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli bo‘lib,
ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni namoyon qiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotida FTT ta’siri ostida ro‘y berayotgan tuzilmaviy
o‘zgarishlar, (sanoat ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi)
milliy xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoni
faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq
o‘smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab
chiqarish 10%ga ko‘paygan xolda jahon savdosi 16%ga o‘smoqda.
“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq
to‘lanadigan olib kirishi, ya’ni import va haq to‘lanadigan olib chiqish, ya’ni
eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak
to‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo
tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan
davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar
aylanmasining yig‘indisi va x.k.
Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha milliy siyosat
muammosi turibdi, 2000 yillar mobaynida esa bu mavzuda qizg‘in tortishuvlar
bo‘lib turibdi.
Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo‘lsa shu
holda saqlash oldingi asrlarga xos
edi
.
Bizning davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro
bog‘liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo
tamoyilining bosh vazifasi rolini bajarardi.
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam Smit o‘z
ta’rifini bergan edi. Adam Smit “ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo‘lib,
har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo‘lishini” ta’kidlagan edi
1.
Adam
Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo‘lgan va erkin savdo siyosatining
har qanday shakli uchun asos bo‘lib kelgan.
David Rikardo “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817yil)
nomli asarida boshi berk ko‘chadan klassik nazariyani olib chiqdi. U xalqaro
ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda
davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko‘rsatib berdi. Har bir davlat uchun
ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo‘lgan sohaga ixtisoslashish
manfaat keltiradi, degan fikrni berdi. Uning qarashlar konsepsiyasi taqqoslanish
nazariyasi yoki prinsipida o‘z aksini topdi
2
.
D. Rikardo o‘z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun
mumkin va manfaatliligi, ayirboshlash barcha uchun foydali bo‘lgan narx zonalarini
aniqlab bergan bo‘lsa, Djon Styuart Mill o‘zining “Siyosiy iqtisod asoslari”(1848y)
nomli asarida qanday narxda ayriboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini
1
A.Smit «Xalqlar boiligining tabiati va sabablari» Oksford Universiteti - press, 1998 yil 648 b.
2
D.Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» Cambridge Universiteti - press,
1951 yil, 133-149 бб.
ko‘rsatgan edi. Styuart Millning ta’limoti bo‘yicha ayirboshlash narhi talab va taklif
qonuniga ko‘ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini
qoplaydigan daraja bilan belgilanadi. Djon Styuart Millning muhim xizmatlaridan
biri uning xalqaro narx qonuni yoki “xalqaro narx nazariyasi”dir. Xalqaro narh
qonunida ta’kidlanishicha, shunday narx mavjudki u davlatlar orasidagi tovar
ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narxi bo‘lib, u talab va taklifga
bog‘liqdir
3
.
Klassik siyosiy iqtisodchilarning nazariyasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler
o‘z qarashlar konsepsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha
omillariga e’tiborni qaratgan edi.
Xalqaro savdo oqimini nima bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher
va Bertil Olinlar o‘zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar. Ular nisbiy
ustunlik tushunchasini izohlab u yoki bu davlatning ma’lum bir tovarlarga
ixtisoslashishi ularning ishlab chiqarish omillariga egalik darajasiga bog‘liqdir deb
ta’kidlangandilar. E.Xeksher va B.Olin “narxlarning ishlab chiqarish omillariga
tenglashtirish” nazariyasini ilgari surdilar
4.
1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolper o‘z
nazariyalarini
kiritib
Xeksher-Olin
ta’limotining
isbotini
yanada
mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal
raqobat va tovarlarning to‘la harakatchanligi mavjud bo‘lganda xalqaro ayirboshlash
ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi deb
izohlagandi.
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari o‘z tarixiga ega, albatta.
Mamlakatlarning nima sababdan o‘zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVII asrning
boshlaridanoq iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan
iqtisodiy ta’limot maktablari tashqi savdoni rivojlantirishga o‘z e’tiborlarini
qaratishgan.
3
Dj.Stuart Mill « Siyosiy iqtisod аsoslari» 1848 yil
4
Hecksher Eli 1919. The Effect of foreign Trade on the distribution of income. Economisk
Tidskrift, pp 497-512, Bertil Olin. Interregional and international trade. – Cambridge,
Massachuset: Harvard university press, 1993
Merkantilistlar nuqtai nazariga ko‘ra, dunyo cheklangan mikdordagi
boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa
mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning
ko‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo‘lganligi bois, har bir mamlakatga
kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini o‘z ichiga olgan kuchli
davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan
ustunligini ta’minlay olsin.
Merkantilistlar iqtisodiy tizimni uch tarmoqdan - ishlab chiqarish, qishloq
xo‘jaligi tarmoqlari va xorijiy koloniyalardan tashkil topgan deb hisoblashadi.
Savdogarlarga iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur
bo‘lgan eng muhim guruh, mehnatga esa asosiy ishlab chiqarish omili sifatida
qaralgan.
Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki,
ular mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini qayd
etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular zamonaviy
iqtisodiyotda ishlatiladigan to‘lov balansi tushunchasini birinchilardan bo‘lib
izohlab berishgan.
Merkantilistlar dunyoqarashlarining chegaralanib qolganligi shundaki, ular bir
mamlakatning boyishi faqatgina u savdo olib borayotgan boshqa mamlakatning
kambagallashuvi xisobiga yuz berishi mumkin deb xisobladilar, xalqaro iqtisodiyot
rivojlanib borishi, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida
emas, balki bu boylikni ko‘paytirish xisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna
olmadilar. Biroq bir muncha keyinroq vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan
farqli ularok, merkantilistlarning qarashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda
klassik maktab g‘oyalari tomon undadi.
Shunday qilib, merkantilistlar birinchi bo‘lib xalqaro savdoning o‘ziga xos
modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bo‘lgan oltin
va kumush miqdori bilan bog‘liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni
mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga qo‘proq olib chiqish, eksportni
ko‘paytirish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga
xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan
bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari
barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb
ta’kidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |