3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish


Omillar serobligi (factor abundance) - mamlakatning ishlab chiqarish



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana14.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#552352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
3-mavzu variant

Omillar serobligi (factor abundance) - mamlakatning ishlab chiqarish 
omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi ko‘rsatkich.
Omillar serobligi ikki usul bilan aniqlanishi mumkin: har bir ishlab chiqarish 
omilining nisbiy narxlari orqali va ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori 
orqali. II mamlakat kapital bilan yaxshiroq ta’minlangan sanaladi, agar bu 


mamlakatda kapital va mehnat narxlari nisbati birinchi mamlakatdagi xuddi shu 
nisbatdan kichikroq bo‘lsa, ya’ni kapital II mamlakatda I mamlakatga nisbatan 
arzonroq bo‘lsa:
(P
k
*/P
L
*) < (P
k
/P
L

Odatda kapital bahosi deganda foiz stavkasi, mehnat bahosi deganda esa ish 
haqi tushuniladi. Bu erda ham gap omillar intensivligi holatidagi kabi nisbiy 
ko‘rsatkichlar haqida ketyapti.
Agar omillar serobliligini ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori bilan 
aniqlaydigan bo‘lsak, u holda II mamlakatda mavjud kapital umumiy hajmining 
ishchi kuchi umumiy hajmiga nisbati I mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan yuqoriroq 
bo‘lsa, II mamlakat I mamlakatga nisbatan kapitalga boy sanaladi:
(T
k
/T
L
) > (T
k
*/T
L
*) 
Omillar serobliligining birinchi ta’rifi bozor muvozanatining har ikki tomoni – 
talab va taklifni hisobga oladi, chunki ta’rif omillar narxi orqali berilyapti, narx esa 
talab va taklifning muvozanati natijasidir. Ishlab chiqarish omillari narxi u yoki bu 
mamlakatda ularga ega bo‘lish imkoniyati darajasini hamda uning texnologik rivoji 
saviyasini aks ettiradi. Ikkinchi ta’rif esa talabni inkor etgan holda faqatgina taklifni 
inobatga oladi. Taklif ham ushbu holatda juda muhim, chunki u yaratilishida ishlab 
chiqarish omillari foydalaniladigan pirovard tovarlarga bo‘lgan talabdan kelib 
chiquvchi hosilaviy talab hisoblanadi.
Turli ta’riflardan foydalanish ham bir xil, ham turli natijalarga olib kelishi 
mumkin. Agar birinchi va ikkinchi tovarlarga har ikki mamlakatda talab bir xil 
bo‘lsa, har bir ta’rifdan foydalanish natijasi bir xil bo‘ladi: Yaponiyada kapitalning 
umumiy miqdorin mehnatning umumiy miqdoriga nisbati O‘zbekistondagiga 
nisbatan kamroq bo‘lgani bois Yaponiya har ikki ta’rif bo‘yicha kapital serob 
mamlakat hisoblanishi mumkin. Agar O‘zbekistonga nisbatan Yaponiyada kapitalga 
talab ortib bordi deb faraz qilsak, bu mamlakatda kapital taklifi nisbatan ko‘p 
bo‘lishidan qat’iy nazar, Yaponiyada kapitalning nisbiy narxi O‘zbekistonga 
nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu vaziyatda Yaponiya ikkinchi ta’rifga ko‘ra, mutlaq 
miqdor bo‘yicha kapital serob, ammo nisbiy narxlarga asoslangan birinchi ta’rifga 


ko‘ra esa mehnat serob mamlakat hisoblanadi, chunki bu mamlakatda mehnat narxi 
nisbatan arzon bo‘ladi. Shunga o‘xshash ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun u yoki 
bu mamlakatda omillar serobligini aniqlashda birinchi ta’rifdan foydalangan 
ma’qulroq.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish