"Short squeeze" nima va "Gamestop" voqeasi



Download 7,95 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi7,95 Kb.
#370864
Bog'liq
short squeeze


“Short squeeze” nima va “Gamestop” voqeasi.

Kelinglar tushunish oson bo’lishi uchun hammasini boshidan boshlaymiz. Demak biron bir kompaniya aksiyasi bilan savdo qilayotganimizda bizda ikki xil: sotib olish va sotish varianti bo’ladi. Sotib olishni hammamiz tushunamiz, ya’ni hozirgi vaqtdagi narxda sotib olasiz ammo qanday qilib bizda yo'q narsani sotishimiz mukin deb o’ylayotgandirsiz. Siz sotish buyrug’ini berganingizda, siz o’zingiz ulangan brokerlik kompaniyasidan qaytarib berish majburiyati bilan qarzga aksiya olasiz va xuddi shu paytda uni sotasiz. Masalan qaysidir kompaniya aksiyasi 20$ deb tasavvur qilamiz. Siz narx pastga tushishini taxmin qilib sotish buyrug’ini berasiz va aksiya narxi 15$ bo’lganida sotib olasiz va brokeringizga qarzingizni, ya’ni aksiyani qaytarib berasiz va o’rtadagi farq ya’ni 5$ foyda ko’rasiz. Shuni yodda tutish kerakki siz sotish buyrug’ini berganingizda siz o’sha kompaniyaga qarshi pozitsiyada bo’lasiz, ya’ni kompaniya pul yo’qotishidan foyda ko’rasiz. Misol uchun siz 20$ lik aksiyani sotib olsangiz siz yo’qotishingiz mumkin bo’lgan eng katta summa bu 20$, ya’ni kompaniya butunlay bankrotlikga uchraganda, aksiya narxi nol qiymadga ega bo’lsa. Ammo siz kompaniya aksiyasini sotsangiz sizning maksimum qilishingiz mumkin bo’lgan zararingiz chegaralanmagan. 20$ lik aksiya 100$ gacha, 1000$, yoki undan ham yuqori narxga chiqishi mumkin. Narx 35-40$ ga yetganda brokeringiz sizni hisobingizni to’ldirishingizni aksida sizning pozitsiyangizni avtomatik ravishta yopishini aytadi. Siz narx tushishiga ishonib hisobingizni to’ldirasiz va narx ko’tarilishdan to’xtamasa sizning qilayotgan zararingiz ham oshib boraveradi. Narx qaysidir nuqtaga kelganda siz taslim bo’lasiz va brokerga qarzga olgan aksiyangizni qaytarish uchun uni ancha qimmat narxda sotib olasiz. Demak shu nuqtada siz pozitsiyangizni yopish uchun sotib olish buyrug’ini berasiz va narxning ko’tarilishiga hissa qo’shasiz. Xuddi shu narsa bozorda “short squeeze ” deyiladi, ya’ni narx pastga ketishini taxmin qilib short pozitsiyada turganlarni bosimga qoldirish va pozitsiyasini yopishga majbur qildirish. Xuddi shu narsa narxning yanada ko’tarilishiga yordam beradi.

“Gamestop” voqeasi. Oxirgi kunlarda hammani e’tiborini o’ziga qaratgan voqea ham xuddi shunday boshlandi. Boshida bozorning katta ishtirokchilari: hedge fund, bank, wall street, va katta investorlar narxning tushishini taxmin qilib short pozitsiya egallaydilar va bu narxga ta’sir korsatib narx tushishda davom etadi. “Finviz” saytida biz gamestop aksiyasiga qaraydigan bo’lsak 27- yanvar holatiga ko’ra short float (bozordagi aksiyalarning qancha qismi short pozitsiyada ochilgani) 140.57% ko’rsatgan.Shundan bilsa bo’ladiki bozorning katta ishtirokchilari ozlarida mavjud bo’lmagan aksiyalarni ham sotishgan va reja bo’yicha kompaniya bankrotlikga uchrashi va ular katta foyda korishlari kerak edi. Lekin buni “Reddit” ijtimoiy tarmoqdagi “Wallstreetbets” guruhi payqab qoladi va kompaniyani saqlab qolish maqsadida birlashgan holda sotib olishni boshlashadi. Ularning shu tarzda faol sotib olishni boshlashadiki, 20$ atrofidagi aksiyaning narxini bir necha kunda 480$ gacha ko’tarishadi. Sizu bizga o’xshagan oddiy odamlardan bunday kuch kutmagan bozorning katta ishtirokchilari o’z vaqtida chiqib ketmaydilar va hozirgi paytga kelib 20mlrd $ zarar ko’rmoqdalar.

Agar ular taslim bo’lsalar , yuqorida aytganimizdek sotib olish buyrug’ini bajaradilar va gamestop aksiyasi narxining yanada kotarilishiga sabab bo’ladilar va ularga qarshi chiqgan oddiy ishtirokchilar millionlab dollor foyda ko’radilar. Ammo ular osonlikcha taslim bo’lishmaydi, va boshqa katta ishtirokchilarni ham o’zlarining foydalariga ishlatishlari, katta miqdorda short pozitsiyaga kirishishga ko’ndirishlari mumkin. Bu o’z navbatida narxning pasayishiga yordam beradi. Masalan chorshanba kuni induvidial ishtirokchilarni bozor bilan bog’laydigan eng katta Robinhood va TD Ameritrade brokerlik kompaniyasi gamestop aksiyasini sotib olishga bir kunlik ta’qiq qoydi va o’z navbatida bu narxning tushishiga sabab bo’ldi. Keyingi kuni short pozitsiyada turgan katta hedge fund lardan biri “Melvin Capital” 3mlrd $ lik zarar bilan taslim bo’lganini ma’lum qildi va pozitsiyasini yopish uchun qarzga olingan aksiyalarni sotib olib berdi va narxning ko’tarilishiga sabab bo’ldi.



Bu voqealar oddiy ishtirokchilar birlashsa katta narsalarga qodir ekanligini isbotlab berdi. Hamma birlashib kompaniyani bankrotlikdan asrab qoldi va o’z navbatida bir kechada millionerga aylanishdi.

Demak “Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun” va “Kuch birlikda”.
Download 7,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish