2.4.-rasm. Mamlakatlarning ixtisoslashuvga kirishi
Teoremani isbotlash va tushuntirish uchun grafiklarga murojaat qilamiz.
O‘zbekiston mehnat resurslariga boy mamlakat, 1-tovar mehnat sig‘imli tovar,
Yaponiya
kapitalga boy mamlakat, 2-tovar esa kapital sig‘imli tovar ekanligini
eslatib o‘tamiz. Qabul qilingan shartlarga muvofiq ravishda teorema har ikki
mamlakatdagi iste’molchilar juda o‘xshash yoki deyarli bir xil didga ega ekanligini
nazarda tutadi. Nazariy jihatdan har bir mamlakatdagi icte’molchilarning did va
istaklari shunchalik farq qilishi mumkinki, befarqlik egri chizig‘i
umuman mos
kelmasligi va hattoki umuman kesishmasligi mumkin. Bu holatda Xeksher-Olin
teoremasi bajarilmaydi. Bu teorema iste’molchilar xohish va istaklari har ikki
mamlakatda batamom bir xil va Yagona befarqlik egri chizig‘iga qo‘shilib ketishini
talab etmaydi, balki bu xohish istaklar mamlakatlarni avtarkiya sharoitida
qoldiradigan va ularni o‘zaro savdo qilishdan voz kechishga olib keladigan darajada
farq qilmaydi deb taxmin qiladi. Shunday bo‘lsa-da, har bir mamlakatdagi
icte’molchilarning did va istaklari shunchalik o‘xshashki, befarqlik egri chizig‘i har
ikki mamlakat uchun bir xil bo‘lsin deb faraz qilamiz.
Yagona befarqlik egri chizig‘i O‘zbekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari
egri chizig‘i bilan A nuqtada o‘zaro Yagona nuqtaga ega. Yaponiyada esa bu A*
nuqtada joylashgan. Shunday qilib, I befarqlik egri chizig‘i va A hamda A* nuqtalar
o‘zaro savdo bo‘lmagan sharoitda har ikki mamlakatdagi mumkin bo‘lgan maksimal
ishlab chiqarish va iste’mol
hajmini ifoda etadi, urinma chiziqlar esa, 1- va 2-
tovarning O‘zbekiston va Yaponiyadagi nisbiy narxlarini (P va P*) ko‘rsatadi.
Grafikdan R < R* ekanligi ko‘rinib turibdi, binobarin O‘zbekiston 1-tovarni,
Yaponiya 2-tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega.
Savdoni rivojlantirgan holda mehnat serob sanalgan O‘zbekiston mehnat
sig‘imli 1-tovarni, kapital serob bo‘lgan Yaponiya esa kapital sig‘imli 2-tovarni
ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlaydi
Bunda ishlab chiqarish va iste’mol hajmini ko‘rsatuvchi nuqtalar
O‘zbekistonda A dan B ga, Yaponiyada A* dan B* ga ko‘chadi.
Ixtisoslashuv
mamlakatlar umumiy ekvivalent nisbiy jahon narxi - P
w
darajasiga chiqquncha
davom etadi. Bu narx esa, yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, har ikki mamlakatdagi
savdo boshlanmasdan oldingi ichki narxlar o‘rtasida joylashdi, ya’ni P
w
Chizmada P
w
har ikki mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i va
yangi II befarqlik egri chizig‘iga o‘tkazilgan urinmani aks ettiradi.
E nuqta A nuqta bilan solishtirganda O‘zbekistonda “o‘z” tovari “begona”
tovardan kam iste’mol qilinganligini nazarda tutsa-da, O‘zbekiston o‘zaro savdodan
yutadi, chunki uning yangi befarqlik egri chizig‘i yuqoriroqda joylashgan va
iste’molning ortganligini ko‘rsatib turibdi. Xuddi shunday holat Yaponiyada ham
kuzatiladi: E* nuqta A* nuqta bilan solishtirganda Yaponiyada “o‘z”
tovari
“begona” tovardan kam iste’mol qilinganligini nazarda tutsa-da, Yaponiya ham
o‘zaro savdodan yutadi, chunki uning yangi befarqlik egri chizig‘i ilgarigisidan
yuqoriroqda joylashgan va iste’molning ortganligini ko‘rsatib turibdi. Demak, har
ikki mamlakat o‘zaro savdo natijasida yutuqqa erishdi, zero ularning befarqlik egri
chiziqlari grafikda yuqoriga ko‘tarildi.
Savdo natijasida ayirboshlanayotgan tovarlarning
nisbiy narxlari bir-biriga
yaqinlashish tamoyiliga ega. Agar tovarlarning nisbiy narxi mamlakatlarning ishlab
chiqarish omillari bilan ta’minlanganligi darajasi hamda bu omillarning nisbiy
narxlariga bog‘liq deb faraz qilinsa, tabiiy savol tug‘iladi: tovarlar narxining
muvozanatlashishi ishlab chiqarish omillari narxiga qanday aks ta’sir ko‘rsatadi?
Amerikalik iqtisodchi Pol Samuelson bu savolga javob bera oldi. Samuelson
tomonidan isbotlangan Xeksher-Olin teoremasi to‘g‘riligi shartidan kelib chiquvchi
bu teorema ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi
yoki Xeksher-
Olin-Samuelson teoremasi nomini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: