Psixologiya fakulteti



Download 59,09 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi59,09 Kb.
#929976
  1   2   3   4
Bog'liq
Jahon xujaligi tizimi mohiyati tarkibi va globallashuv xususiyatlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI



PSIXOLOGIYA FAKULTETI


SIRTQI BO’LIMI


INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT
FANIDAN
NAZORAT ISHI


Mavzu: Jahon xujaligi tizimi: mohiyati, tarkibi va globallashuv xususiyatlari


924-guruh talabasi: Salohiddinov Saidazimxon


Qabul qildi: Muxtorov Botir
Jizzax-2023
Reja:
Kirish
1. Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib borishi.
2. Transmilliy korporatsiyalar.
3. Global mehnat bozori.
4. Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri.
5. Globallashuv va lokallashuvning o‘zaro ta’siri.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.


Jahon xoʻjaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xoʻjalik aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xoʻjaligda xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xoʻjaligaloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xoʻjaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-yillar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xoʻjaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hozirgi davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-yillarda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 yillarda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xoʻjaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xoʻjaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.



Download 59,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish