Mavzu : Shaxs ijtimoiylashuvi



Download 72,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi72,5 Kb.
#192566
Bog'liq
ip mustaqil iw




Mavzu : Shaxs ijtimoiylashuvi.

Reja:


1. O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan hikoya tahlili.

2.Toxir Malik " Shaytanat " asaridan parcha hamda uning tahlili

3.Chingiz Aytmatov " Oq kema " asaridan parcha va uning tahlili.

4. O'tkir Hoshimovning " Ikki eshik orasi " asaridan parcha va uning tahlili.

1. O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan hikoya

"Tadbiykoy"

Yangi chiqqan ramanimga qalam haqi olgandim. Naqd yetmish ming so'm! " Nalug " dan taqshqari. Yetmish ming-a! Hazilakam pulmi ? Arzimagan 3 yil ichida yozgan kitobimga shuncha pul olaman-u, men sevinmay kim sevinsin! Mana, men hisoblab beray, siz sanab turing. Uch yil degani o'rtacha ming yil bo'ladimi? Bundan chiqdi mening bir kunlik "yozuvchiligim" yetti so'mga to'g'ri keladi. Shundaymi? Bir oyda qancha bo'ladi ikki ming bir yuz so'm! Hazilakam pulmi? Shuncha boylikni qayerga sig'dirasiz deysizmi? Hozir qo'l yozmani kompyuterda ko'chirish udum bo'lgan. Menda kompyuter yo'q. Qo'shnining bankda kotiba bo'libishlaydigan qiziga yalinib ko'chirtirganman. Insofli qiz ekan. Avval to'rt yuz sahifali romanni ikki yuz mingga ko'chiraman, dedi-yu, haytovur bir yuz sakson ming so'mga ko'ndi. Atigi bir yuz sakson ming. Hozir shuni yetmish mingini berib tursam, bor-yo'g'i yuz o'n ming qarzim qoladi. Yaqinda xotinim mehnat ta'tiliga chiqmoqchi. Shuning "otpuska" pulini olib, qo'shni qizga beraman. Yemasa qarz havola qilarmiz.

Shuni o'ylab pul sanab o'tirsam, eshik jiringladi. Chiqsam, yetti - sakiz yoshlardagi bolakay turibdi. Qo'lida kattakon sumka.

- Suv keyakmi, amaki? - dedi " r "ni yaxshi aytolmay.

- Qanaqa suv ?

- Miniyay suv.

Voy shumtaka-ye ! Chanqaganimni qayoqdan bildi bu ?

- Kerak, - deyishim bilan sumkasidan bir "baklashka" "Nestle" olib, chaqqonlik bilan burama po'kakni ochdi.

- Mang, amaki !

- Suvni g'olqillatib idish og'zidan icha boshladim. Chanqog'im qongach so'radim:

- Qancha?

- Besh yuz so'm!

- Chayqovchilik qilish yaxshimas, - dedim nasihat qilib. - Magazinda uch yuz ellik so'm turadi.

-Men chayqovchi emasman, amaki, tadbiykoyman! Besh yuz!

O'rgildim sendaqa " tadbirkorlar"dan! Shu qilganingga bir adabingni bermasam! Hali sanab o'tirgan ming so'mliklardan bittasini uzatdim.

- Qaytimini ber! - dedim to'ng'illab.

- Yana bitta olaqoling, yasho't bo'lamiz.

- Gapni aylantirma! - dedim achchiqlanib.

Bolakay ming so'mlikni u yog'ini aylantirib ko'rdi, bu yog'ini aylantirib ko'rdi. O'ng cho'ntagiga qo'l suqqan edi bir dasta ming so'mliklar ilashib chiqdi. Chap cho'ntagidan besh yuz so'mlik, yuz so'mliklar oldi. Barmog'iga tuflab chaqqonlik bilan beshta yuz so'mlikni sanab, qo'limga tutqazdi.

- Baklashkani bo'shatib beying, - dedi dona - dona qilib, - magazinga topshiyaman. " Spyayt " keyakmasmi ? Sakkiz yuz so'm.

- Keyakmas! - dedim men ham beixtiyor " r "ni aytishga tilim kelishmay.

- Baklashkani beying!

Uyga kirib, ichilmay qolgan suvni kosaga bo'shatib chiqishga majbur bo'ldim. Endi eshikni yopayotgan edim, bolakay so'rab qoldi:

- Siz shoyiymisiz, amaki?

Voy huvori - ey! Kitob ham o'qirkan-da bu!

- Men bolalarga yozmayman-da, - dedim yumshab.

- Yozsam senga kitobimdan berardim.

- Kitobmas, - dedi bolakay ko'zlarini pirpiratib - "Zelyoniy"dan boymi?

Hayron bo'ldim.

- Qanaqa " zelyoniy " ?

- " Ko'ki "dan boymi? Dollay? - bolakay barmoqlarini ishqab tushuntirdi. - Dollay boymi?

- Dollar? Menda dollar nima qilsin! Umuman, senga dollarning nima keragi bor ?

- Ikki yuz yigiyma mingim boy edi, - dedi u tushuntirib, - shuni dollayga almashtiymoqchiman. Dollay boymi, amaki?

Eshikni qarsillatib yopdim. Zum o'tmay qo'shnining qo'ng'irog'i jiringladi.

- Suv keyakmi, xola ?

Tahlil


Bolakay obrazi.Shu "tadbiykoy" bolaning ijtimoiylashuvini ko'rib chiqamiz. Ijtimoiylashuv bu - individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo'ladigan malaka, ro'llar, normalar va qadriyatlarni o'zlashtirishdir. Ijtimoiylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi bo'lishi uchun kerak bo'ladigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, ko'nikmalar shakllanib boradi. Shaxs ijtimoiylashishi bu individning jamiyatga kirib borishi, uning shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar o'zlashtirishidir.Ijtimoiy malakalarni va ko'nikmalarni bola ijtimoiylashuv maskanlari orqali oladi. Bolaning ijtimoiylashuvida bu kabi maskanlari o'rni juda kattadir. Bu maskanlarga avvalo, oila, mahalla,maktabgacha ta'lim muassasasi, OAV,din, o'quv muassasalari kiradi. Bolakay tug'ulib to shu yoshga to'lguniga qadar bir qancha ijtimoiylashuv maskanlaridagi ijtimoiy omillar unga ta'sir etadi. Shu jumladan asosiy maskan bu oila bola uyidagi muhit va shart- sharoitlar qoidalar asosida ulg'ayib tajriba oladi. Jamiyatda esa oilalar va oilalarninig shug'ullanuvchi faoilyatlari ham turlichadir. Bolakayni esa bunday faoliyat bilan shug'ullanishidan ko'rsak bo'ladiki unga oilasidagi muhit unga ko'proq ta'sir etgan. Sababi maktab yoki bog'chada bolaga bunday omillarning ta'siri kamroqdir.Bundan tashqari shaxsning ijtimoiylashuvi 3 bosqichga bo'linadi.Birinchi bosqich individning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta'minlovchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqich mehnat faoliyatigacha bo'lgan davr hisoblanadi. Bu bolakay 7-8 yosh bo'lib, uning bu yoshini hisobga olib ijtimoiylashuv bosqichini birinchi bosqichiga qiyoslab tahlil qilamiz. Ijtimoiylashuvning birinchi bosqichida tashqi ijtimoiy muhit hamda ijtimoiy ta'sirlar faol ravishda ongga singdiriladi. Mustaqil hayotga tayyorgarlik bosqichi desak ham bo'ladi. Ammo bu bolakayda bunday mustaqillikning erta boshlanishi uning atrof - muhitdagi ijtimoiy ta'sirlarning ta'siri kuchliroqdir. Bolakay hayotiy tajribalarni o'zlashtirilishi bir muncha erta boshlangan va ijtimoiy malakalarni o'zlashtirishi faol bo'lgan. Buning asosiy sababi mening fikrimcha 2 xil ya'ni birinchisi, shaxs ehtiyojini qondirilmasligi bo'lishi mumkin. Oiladagi yetishmovchiliklar bolani bu faoliyat bilan shug'ullanishiga majbur etgan ham bo'lishi mumkin.

Ikkinchi sabablaridan biri uning oila a'zolaridan biri tijorat bilan shug'ullanishi mumkin bu hislat unga ham irsiy jihatdan berilagan hamda ijtimoiy muhit ta'sirida bu xususiyatlar shakllangan bo'lishi mumkin. Bu faoliyat bilan mohirona shug'ullanishi esa undagi mana shu tadbirkorlikka xos bo'lgan maxsus fazilatlar, malaka, ko'nikma va bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo'lidagi faolligi unda o'ziga xos ijtimoiy - psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi. Hamda tadbirkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etgan munosabat sohasining ham rivojlanganligidir. Bu sohaning rivojlanishi bir qancha ijtimoiy - psixologik xislatlarni paydo qiladi. Shuning uchun ham bu bolakay hamma bilan oson til topishadigan, juratli, tirishqoqlik kabi sifatlarni ko'rish mumkin.Bundan tashqari shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida jaomat tashkilotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan jamiyat miqyosida amalga oshirilayotga islohatlar, davlatning yoshlar siyosati, ta'lim muassasalari va u yerdagi ta'lim - tarbiya standartlari, diniy muassasalar, bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar shaxsning ijtimoiylashuviga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.

2. Tohir Malikning " Shaytanat " asaridan parcha.

Sezib turibman. Siz bu gaplarimga unchalik ishonmadingiz. Odamni o'limga hukm etganida yuragi jiz etib qo'ymaydigan. Asadbekning uyda musulmonsheva bo'lishi siz uchun g'alati tuylishi mumkin. Lekin men sizga Asadbekning onasi haqida hali so'zlaganim yo'q. Tong'ich farzandi emaklay boshlaganida erini urushga kuzatgan, ikki oydan so'ng qora xat olganiga qaramay, besh yil yo'lga ko'z tikkan, og'zim oshga yetdi deganda esa boshi toshga tekkan, ikkinchi o'g'lini tug'ib chiqqanida erining qamalganini eshitgan,so'ng " dada " deb tili chiqqan Samandarning o'pkasini sovuq oldirib, Egamga topshirgan, har sahar turib, samovar qo'yib erini kutgan mushfiq ayol haqida keyinroq so'z ochmagan. Qani, ayting-chi, onasining dardli hayotini ko'rib ulg'aygan odam ayolga qo'l ko'tarishi yoki haqorat qilishi mumkinmi? Shuning uchun ham Sadirqimorbozning xotinini yolg'iz tashlab qo'ymadi, shuning uchun ham Noilaga pichoq sanchgan yigitni surgun qilib yubordi, desam ishonarsiz ? Hozir bu gaplarning o'rni emas. Hozir Asadbekning eski hovlisidamiz. Asadbekning o'zi nimqorong'i uyda, xotini esa ostonada turibdi.

Tahlili

Ushbu parchada Asadbekning shaxslararo munosabatini va shunday munosabatga kirishishiga sabab bo'lgan omillarni ko'rishimiz mumkin. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning faqatgina jamiyatdan o'zlashtirgan ko'nikmalari, o'rgangan narsalargina emas mana shu o'zlashtirgan bilim, malaka, ko'nikmalar hamda tajribalarini atrof - muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo'llashi va mana shu tajribalarni boshqa shaxslarga uzatishi ham shaxsning ijtimoiylashuvida o'rin tutadi. Asadbekning yosh jihatidan hisobga olsak ijtimoiylashuv bosqichining ikkinch bosqichidaligini bilamiz. Bu bosqich shakllanib bo'lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Hamda bu davrda shaxsning avvalgi davrlarda singdirilgan ijtimoiy ta'sirlar bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlarida nomoyon bo'ladi. Asadbekning esa ayollarga bunday munosabatda bo'lishi uning onasi misolida ko'rgan. Onasining ko'rgan qiyinchiliklaridan ta'sirlangan va bu ijtimoiy muhit ta'sirlari uning ongiga ta'sirini ko'rsatgan. Shu sababli ham u ayollarga bo'lgan munosabatida o'z onasining qiyinchiliklari uning ko'z oldida muhrlangan va shu qiyinchiliklar barcha ayollarda bordek tuyulishi va ayollarga munosabati huddi o'z onasiga qilayotgandek bo'lishi mumkin. Shaxsning shaxs sifatida kamol topishida ijtimoiy agentlarning ham o'rni beqiyosdir. Bu agentlar uning oila a'zolari va u bilan birga faoliyat yuritayotgan shaxslardir. Asadbekning hayotida esa mana shunday agentlardan biri bu uning onasidir. Sababi bola aynan oila bag'rida boshlang'ich ijtimoiylashuvni oladi. Oila a'zolarining munosabatlari misolida u boshqalar bilan muloqot qilishga o'rganadi, xulq -atvori va munosabatlar shakllarini tushunib boradi va bu tushunchalar uning keyingi davrlarda ham saqlanib qoladi.Asadbekning yana bunday munosabati uning ijtimoiy maskanlardan biri bo'gan din ham muhim ahamiyatga egadir. Butun asar davomida Asadbekning salbiy jihatga yo'nalgan faoliyati ko'rilsada aslida uning shaxs sifatida juda ham adolatparvar va o'ylab ish tutadigan insonligini anglash mumkin. Uning din va diniy masalalarga bergan e'tibori esa buning yaqqol dalilidir. Biz bu asarni o'qib u yerdagi qahramonlarning salbiy va ijobiy hislatlarini uyg'un holatda mohirlik bilan ochib bera olgan yozuvchi Tohir Malikning bunday ijodiga qoyil qolmay ilojimiz yo'q.

3. Chingiz Aytmatovning " Oq kema " asaridan parcha.

Mo'min bug'u avlodidan bo'lib, bu bilan g'oyatda faxrlanar va o'z qabiladoshlaridan birontasining ma'rakasidan qolmasdi, unga mol so'ydirishar, martabali mehmonni qarshi olib, otdan tushurish, choy uzatish - u o'tin yorib, suv keltirishgacha hamma ishni topshiraverishadi. Turli tarafdan son -sanoqsiz mehmonlarni kutib olish lozim bo'lgan bunday katta ma'rakalarda ozmuncha tashvish bo'ladimi? Mo'minga nima xizmat buyurilmasin, u ana - mana deguncha barini saranjom - sarishta qilar, eng muhimi boshqalardek bo'yin tovlayvermasdi. Bu tumonat mehmonlarni kutib va ovqatlantirib jo'natishi lozim bo'lgan ovul yoshlari Mo'minning bu ishlarini qanday qilib joyiga qo'yayotganini ko'rib qoyil qolishardi :

- Mo'min chaqqon bo'lmasa, biz nima qilardik- a ?

Ba'zida esa o'z nabirasi bilan uzoqdan kelgan chol choyxonachiyigitga qarashib ketardi. Mo'minning o'rnida boshqa odam bo'lganda bu ishni haqorat deb bilardi, lekin Mo'min parvo ham qilmaydi.

Keksa Mo'min chaqqonning mehmonlarga yelib - yugurib xizmat qilishi hech kimni ajablantirmas, shuning uchun ham o'z nomi bilan Mo'min chaqqon - da. Mo'min chaqqon bo'lishiga o'zi sababchi. Agar chet odamlardan birontasi ajablanib, " Hey qariya, nega xotinlarga dastyorlik qilib yuribsan, bu ovulda yosh yigitlar qurib ketganmi " , deb qolguday bo'lsa, Mo'min shunday javob qilardi : " Marhum mening og'am edi (u bug'u avlodining hammasini o'z og'asi sanardi. Lekin boshqa mehmonlar uchun ham ular yot emas, " og'a" edi ). Ularning ma'rakasida men xizmat qilmasam kim xizmat qiladi ? Biz, bug'u avlodi, bosh onamiz - Shxdor ona bug'udan tarqalganimizdan buyon ana shundaymiz. Karomatli Shoxdor ona bug'u esa bizga tirikda ham, o'likda ham do'stlikni vasiyat qilib qoldirgan ".

Mo'min chaqqon mana shunaqa odam edi !

Tahlil

Ushbu parchada tahlil qilinayotgan Mo'min chol obrazidir. Bizga ma'lumki shaxsning ijtimoiylashuvida individ jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo'ladigan malaka, rollar, normalar va qadriyatlarni o'zlashtirishidir. Mana shu shaxsning ijtimoiylashuvida o'zlashtiriluvchi qadiriyatlarning qay darajada muhim ekanligi va ajdodlardan - avlodlarga o'tib kayotgan qadriyatlar, afsonalar, urf - odatlar shaxsning shakllanishida va ijtimoiylashuvida o'z ta'sirini korsatayotganini biz mana shu parchada ko'rishimiz mumkin. Shaxsning ijtimoiylashuvida bundaya qadriyatlarning o'zlashtirilishi va mana shu qadriyatlar ruhida kamolga yetib, keyingi hayot faoliyatida mana shu qadriyatlarga sodiq qolib ish ko'rish, kelajak avlodga ham bu qadriyatlarni qay darajada muhim ekanligini uqtirish bularning bari shaxsning ijtimoiylashuvida nomoyon bo'ladi. Mo'min cholning esa bunday harakatlari va yosh xususiyatlarini hisobga olib bu obrazni biz ijtimoiylashuv bosqichining uchinchi bosqichida tahlil qilishimiz mumkin. Shaxs ijtimoiylashuvining uchinchi bosqichi - mehnat faoliyatidan keyingi davr hisoblanib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so'nggi qarilik davrini boshidan kechirayotganlarni kiritamiz. Bu davrda ham shaxsning ijtimoiylashuvi davom etaveradi , chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko'ra shaxs tuzulishida ham xususiy o'zgarishlar ro'y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o'ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta'sirlarni o'zlashtiradi, balki o'zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi, amalda yoshlarga shaxsiy o'rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Mana shu ta'rifalar asosida Mo'min chol obrazida yuqorida keltirib o'tilgan o'zida mavjud malaka, qobiliyat, iqtidorni yoshlarga o'rgatishiga parchada guvoh bo'lamiz. Nafaqat malaka, iqtidor yoki qobiliyatini balki o'zi o'zlashtirgan qadriyatlarini yoshlarga o'rgatishi bundan ham ajralib turadigan tomoni bu qadriyatlarni yosh avlodga qadrli ekanligini ahamiyatini amalda ham qo'llab ko'rsatishiga guvoh bo'lamiz. Bundan tashqari Mo'min cholning bunday an'analarni qadrlashiga u tug'ulib o'sgan muhitining ham ta'siri mavjuddir. Zero, har qanday shaxs ijtimoiy muhitda yashar ekan o'sha ijtimoiy muhit uning ijtimoiylashuviga ta'sir ko'rsatadi va maskan vazifasini bajaruvchi bir qancha muassasalarga ega bo'ladi.



4. O'tkir Hoshimovning " Ikki eshik orasi "asaridan parcha.

Pakana kishi bir do'q qilgan edi, kallaxum bola darrov qaytib keldi. Do'ppimni qo'limga tutqazdi. Avvaliga qora xotin " Kimsan " deganida kallaxum bolaning kimligini bilmagani uchun shunaqa deyapdi, degan hayolga borgan edim. Yo'q, oti Kimsan ekan. Qorong'i tushganida atala ichdik. Hech qachon bunaqa shirin ovqat ichmagandim. Atalani ichishdan ko'ra yog'och qoshiqni yalash mazza bo'larkan. Buni ham kallaxum bola o'rgatdi.

- Menga qara, ey! - dedi. - Avval qoshiqning orqasini yalaysan. Keyin ichini, bildingmi?

Ertalab uyg'onsam, qora xotinning quchog'ida yotibman.

- Dada! - deb g'inshingan edim, qora xotin yuzimdan o'pib yupatdi.

- Otang hozir keladi, qizim. Idoraga ketdi. Gap bundoq, Robiyaxon. Endi sen mening qizim bo'lding. Men - oyingman. Xusan buvang - buvang. Yoshing to'qqizdami? Akangni yoshi o'n birda. Bundan chiqdi, Kimsan - akang. Akangni " siz " deb gapirgin, xopmi, qizim!

Qora xotin choyga zog'ora tog'rab ichirdi. Nima qilishimni bilmay hovliga tushsam, pushtalarda qip - qizl qalampirlar pishib yotibdi. Kallaxum - Kimsan qalampirlarni uzib olib bemalol yeb yuribdi.

- Jinni! - dedi kulib. - Qalampir yeyapti.

- O'zing qalampir! - Kimsan qizil qalampirlardan yana ikkitasini uzib og'ziga soldi. - Qulupnay-ku bu! Yeb ko'r! ...

Kimsan uzatgan " qalampir "dan bittasini qo'rqa - pisa tishlab ko'rdim. Shunaqa shirinki!

- Yana! - dedim yalinib.

- O'zing uzib yeyaver! - Kimsan iljaydi. - Qulupnagni bilmaydi-ku!

Ayvon tomonda qora xotin ovoz berdi :

- Kimsan, singlingga qulupnay terib ber, o'g'lim.....

- Nima, o'zining qo'li yo'qmi? - Kimsan menga iljayib qaradi-yu, pushtadan chiqib nari ketdi.

Tahlil


Ushbu parchada shaxsning ijtimoiylashuvni quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin. Bundan avval ushbu ta'rifni keltiramiz. Ijtimoiylashuv - bu bizning jamiyatga qo'shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirishimizdan iborat bo'lgan jarayondir. Robiyaxon ismli qizchq esa dadasi bilan Toshkentga keladi va u yerda taqdir taqazosi bilan yangi oilaga keladi. Robiyaxonning ijtimoiylashuv jarayonini biz uning Toshkentga kelib yangi sharoit yangi muhit va mana shu sharoit va muhitdagi yangi tajribarni o'zlashtirishida ko'rish mumkin. Bundan tashqari yangi oila va oilaning a'zolari ham u uchun yangi muhitni yaratdi va qizcha bunga moslashishi ko'nikishi kerak edi. Qizcha esa asta - sekinlik bilan bu sharoitlarga va yangi oilaga moslashib borayotgani parchada keltirilgan. Demak, shaxs ma'lum bir joyda, ma'lum muhitda yashar ekan u yerdagi ijtimoiy muhitga moslashadi u yerdagi qonun - qoidalarni o'zlashtiradi. O'zi yashab turgan joydan boshqa u uchun yangilik bo'lgan muhitga o'tish va o'sha muhitning shart - sharoitlari bilan tanishish hamda ularni qabul qilish ham shaxs ijtimoiylashuvining bir ko'rinishi desak bo'ladi. Robiyaxonga esa bu davrdagi ijtimoiy ta'sirlar unga faolroq ta'sir ko'rsatadi.

Umumiy xulosa.

Shaxsning ijtimoiylashuvi uning jamiyatga kirib borishi, yashab turgan ijtimoiy muhitdagi normalarni qabul qilishi, hayoti uchun zarur bo'lgan malaka, ko'nikma, tajribalarni o'zlashtirishi va o'zlashtirgan barcha tajribalari asosida hayot kechirishi, faoliyat yuritishi, shaxslararo munosabatlarga kirishishi va ushbu tajribalarni boshqalarga uzatishida, o'rgatishida shaxsning ijtimoiylashuvi nomoyon bo'ladi. Bundan tashqari shaxsning ijtimoiylashuviga ijtimoiylashtiruvchi maskanlarni ham o'rni beqiyosdir. Ushbu maskanlar: oilasi, mahallasi,o'quv muassasalari, jamoat tashkilotlari, dini va hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan Ommaviy Axborot Vositalari shaxsning ijtimoiy hayotga kirib borishida, jamiyatga moslashishida va jamiyatdagi normalarni qabul qilishida asosiy o'rinni egallaydi. Shaxsning shaxs bo'lib shakllanishida ijtimoiylashuv sohalari ham ahamiyatga egadir. Bundan tashqari shaxsning ijtimoiylashiv jarayoni bosqichlarga bo'linadi. Ijtimoiylashuv jarayoni uch bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqich, mehnatgacha bo'lgan davr bo'lib bu paytda shaxs ijtimoiy ta'sirlarni ongiga singdiradi. Ikkinchi bosqichda esa mehnat faoliyati davri bo'lib bu davrda avvalgi o'zlashtirgan tajribalarini faoliyatda qo'llaydi. Uchinchi bosqich mehnat faoliyatidan keyingi davr hisoblanib bunda shaxs o'zida mavjud bilim, konikma, malaka va qobiliyatlarini yosh avlodga o'rgata boradi. Shaxsning ijtimoiylashuvida u yashab turgan muhit ham ahamiyatli hosoblanadi mana shu yashab turgan va shakllangan muhitning o'zgarishi uning boshqa sharoitga moslashib ko'nikib yashashida shaxsning ijtimoiylashuvini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Ismoilova.N" Ijtimoiy psixologiya " fanidan o'quv qo'llanma. Toshkent - 2018.

2. O'tkir Hoshimov " Daftar hoshiyasidagi bitiklar ". " Yangi asr avlodi " nashryoti. Toshkent - 2018.



3. Tohir Malik " Shaytanat " “sharq” nashriyoti-1996.

4. O'tkir Hoshimov " Ikki eshik orasi ". " Yangi asr avlodi " nashryoti. Toshkent - 2017.
Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish