MMC-60 guruh talabasi Shomansurova Shahrizodaning
yakuniy nazorati
1. “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonun 1996 yilda qabul qilingan edi. Biroq erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) ning ko’pchilik qismi keyingi 5 yil mobaynida tashkil etildi.
EIZ nima va ularning ustuvorliklaridan qanday foydalanish mumkinligi borasida fikr yuritamiz.
Tushunchalar
Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo’jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yiladi, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
EIZ turlari
Erkin iqtisodiy zonalar quyidagi xillarda tashkil etilishi mumkin:
erkin savdo zonalari;
erkin ishlab chiqarish zonalari;
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar.
Qanday holatda EIZ ishtirokchisi bo’lish mumkin
Erkin iqtisodiy zona hududida xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direktsiyada ro’yxatdan o’tadi.
Direktsiya ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Har bir EIZ tashkil etish uchun alohida shartlar ham ko’zda tutilishi mumkin.
EIZning o’ziga xos jihatlari
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu erda bo’lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o’rnatilishi mumkin.
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda bo’lishining qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
“Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni qo’llash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq EIZ ishtirokchilariga qator imtiyoz va prefernetsiyalar yaratilgan.
EIZ ishtirokchilari quyidagi to’lovlardan ozod etiladi:
er solig’i, foyda solig’i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy to’lovlar;
o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari);
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod etiladi.
Imtiyozlar berish muddati kiritilgan investitsiya hajmiga bog’liq:
300 ming AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda – 3 yil muddatga;
3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda – 5 yil muddatga;
5 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda – 7 yil muddatga;
10 mln AQSh dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda – 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qo’llanilgan holda beriladi.
Ba’zi EIZ larga alohida boshqa soliq va bojxona imtiyozlari va ustuvorliklar berilishi ham mumkin.
Bojxona va soliq imtiyozlarini qo’llash muddati EIZ ishtirokchisiga beriladigan EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
“Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga er uchastkalari berish tartibi to’g’risida”gi Nizomda er uchastkalarini, davlat mulki bo’lgan ishlamayotgan korxonalar va bo’sh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda «nol» xarid qiymati bo’yicha sotish;
EIZ ishtirokchilari, birinchi navbatda ishlamay turgan, bo’sh binolarga, jumladan davlat mulki bo’lgan ob’ektlarga va yaratilgan injenerlik infratizimi mavjud bazalarga mo’ljaldagi miqyosda qurilish ishlarini amalga oshirishni ko’zlagan holda joylashtiriladi.
Er uchastkasi olish uchun EIZ ishtirokchisi er uchastkasi taqdim etish uchun shaxsan o’zi tashrif buyurgan holatda yoki pochta aloqasi orqali Davlat xizmati markazlariga murojaat etadilar.
Arizada er uchastkasi qanday maqsadlar uchun va qanday muddatga zarurligi, u joylashgan joy va (talab etiladigan joy asoslangan holda) er uchastkasi o’lchamlari, yuridik shaxsning pochta manzili, rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |