REJA: - XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI RAG`BATLANTIRISHNING ZAMONAVIY SHAKL VA USULLARI
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILGAN IMTIYOZLARNING AHAMIYATI
- QO`SHMA KORXONALARNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI O`RNI
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag`batlantirishning zamonaviy shakl va usullari - IQTISODIY ISLOHOTLAR IZCHILLIK BILAN O`TKAZIB KELINAYOTGANLIGI, YARATILGAN QULAY IMTIYOZ VA PREFERENTSIYALAR TIZIMI TUFAYLI MAMLAKATIMIZDA 2006 YIL HOLATIGA KO`RA 20 MILLIARD AQSH DOLLARIDAN ZIYOD MIQDORDA XORIJIY INVESTITSIYA JALB ETILGAN, TO`G`RIDAN-TO`G`RI JALB QILINGAN XORIJIY INVESTITSIYALAR ESA 2000–2006 YILLAR MOBAYNIDAGINA 9,3 BARAVAR KO`PAYGAN VA ENDILIKDA 2,5 MILLIARD DOLLARNI TASHKIL ETMOQDA.
- XORIJIY INVESTITSIYALAR O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTIDA TARKIBIY O`ZGARTISHLAR O`TKAZISH, TAYYOR MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH KO`LAMINI KENGAYTIRISH, EKSPORT HAJMINI OSHIRISHGA IMKON YARATAYOTGANLIGIGA AMIN BO`LISH MUMKIN. TO`G`RIDAN-TO`G`RI INVESTITSIYALAR OQIMI KENGAYIB VA ORTIB BORAYOTGANLIGI MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN KO`LAMDOR DEMOKRATIK VA BOZOR ISLOHOTLARINING TO`G`RILIGI HAMDA SAMARADORLIGI CHET ELLIK SHERIKLAR TOMONIDAN YANA BIR E`TIROF ETILGANLIGINING O`ZIGA XOS DALOLATDIR.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalarning bir maromda faoliyat yuritishi - O`ZBEKISTONDA XORIJIY INVESTITSIYALI KORXONALARNING BIR MAROMDA FAOLIYAT YURITISHI VA INVESTORLARNING HUQUQLARI HIMOYA QILINISHI UCHUN ME`YORIY HUJJATLAR QABUL QILINGAN. JUMLADAN, 1998 YIL 30 APRELDA QABUL QILINGAN «CHET EL INVESTITSIYALARI TO’G`RISIDA»GI, «CHET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI HIMOYA QILISH CHORALARI TO’G`RISIDA»GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI HAMDA SOLIQ KODEKSI CHET EL SARMOYALARINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA TARTIBINI BELGILAB BERADI.
Chet el investitsiyalari to’g`risida - «CHET EL INVESTITSIYALARI TO’G`RISIDA»GI QONUNGA MUVOFIQ CHET ELLIK INVESTORLAR O’Z ISHLAB CHIQARISH EHTIYOJLARI UCHUN, SHUNINGDEK CHET ELLIK INVESTORLARNING VA CHET ELLIK INVESTORLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMALARIGA MUVOFIQ O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURGAN CHET DAVLATLAR FUQAROLARINING SHAXSIY EHTIYOJLARI UCHUN OLIB KIRILADIGAN MOL-MULKDAN BOJ TO’LOVI OLINMASLIGINI AYTISH MUMKIN.
Prezidentimizning mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun - Prezidentimizning mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun o’ta muhim bo’lgan «To’g`ridan-to’g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida»gi PF-3594-son Farmoni ishlab chiqarish sohalariga to’g`ridan-to’g`ri xorijiy investitsiyani jalb etish, yurtimizning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida qỹyilgan yana bir muhim qadamdir.
Rivojlangan mamlakatlar orasida - Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa, ya`ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi echim hisoblanadi, ya`ni qaerda samara (foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar ỹsha erdagi bozorga ko’proq intiladi.
- Hozirga kelib, O`zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga etkazildi va amalda qo`llanilmokda. Bu faoliyatni rag`batlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
- texnikaviy qayta qurollanish;
- xalq iste`moli va eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |