TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT TARMOQLAR VA SOHALAR
TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS 220–GURUH
TALABASI SAIDOV ZOIRNING
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Tayyorladi: Saidov Zoir
Qabul qildi: __________________
MAVZU:IRLANDIYA IQTISODIY SIYOSATI
REJA:
1.Irlandiya davlati haqida
2.Davlatning iqtisodiyoti haqida
3.Irlandiyaning inovatsialarining iqtisodiyotda tutgan o'rni
4.Irlandiyaning siyosiy partiyalari
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Irlandiya (irlandcha: Eire, inglizcha: lreland) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya orolda joylashgan davlat. Maydon 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin shahri. Irlandiya — respublika. 1937 yil 29 dekabrda qabul qilingan hamda 1972 va 1999 yillarda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 yildan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi.
Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, janubiy qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Janubi-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiyadagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.
Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700–2000 mm. Irlandiyada daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.Irlandiyaning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari. Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-asrda kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-asrda xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795—1014), ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvarda "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
Birinchi jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya biti-miga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shimoliy Irlandiyadagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 yil Irlandiya Resggublikasi va Shimoliy Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shimoliy Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 yilda imzolangan bitimga binoan, Shimoliy Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenite-tini tan olgan. Chorvachilik — mamlakat qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi.
Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Qishloq xoʻjaligi ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Irlandiyada oz miqdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.Temir yoʻl uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. Irlandiya chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va shahri k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.Irlandiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 yillik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 yillik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin universiteti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik shahridagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), Irlandiya qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).Asosiy gazeta va jurnal lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1905 yildan ), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1931 yildan ), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1859 yildan ), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1891 yildan ), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gazeta, 1943 yildan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1922 yildan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jurnal, 1969 yildan ), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). Irlandiya radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. Irlandiyada 1926 yildan radioeshittirish, 1961 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-asrda yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-asr), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-asrlarda) paydo boʻlgan. 12-asrda bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.16—18-asrlar Irlandiya dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. Irlandiya jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-asr oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-asr 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-yillarda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-asr oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-asr boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 yilda ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-yillarda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80yillarda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi Irlandiya adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-asrlarda Irlandiyada tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-asr oxiridan 14-asrgacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-asrlar)da Irlandiya meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va boshqalar). 17—18-asrlarda va 19-asr boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 yildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-asr va 20-asr boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-asr 2-yarmidan Irlandiya shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12-asrlarda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-asr ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-asrda koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va boshqalar) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-asr rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-asr boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va boshqalar). Hoz. Irlandiyada realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-asr oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-asrlar). Irlandiyada professional musiqaning shakllanishida 18-asrda D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-asrda M. Balf, 20-asrda Ch. Stan-ford, A. Baks va boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 yil Dublinda konservatoriya, 1964 yilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. Irlandiyada simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati Irlandiyada majusiylik davridan mavjud. 16-asrda Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-asr dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda Irlandiya adabiy teatrini tuzdilar. 1901 yilda Irlandiya milliy drama jamiyati, 1904 yilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr")da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 yillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 yilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 yildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
Kinosiga 1936 yil asos solingan. 30— 40-yillarda Irlandiya kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 yildan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 yil "Quvilganlar" badiiy filmi (rejissyor Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rejissyor lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 yilda kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan. Davlat tuzumi. Irlandiya — respublika. 1937-y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999-y. larda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997-y. dan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, jan. qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40—100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Jan.-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiya dagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.
Iqlimi — moʻtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700—2000 mm. Irlandiyada daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.
Irlandiyaning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari.
Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
Tarixi. Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-a. da kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795—1014) , ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801-y. 1 yanv. da «Uniya haqida akt» eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
1-jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916-y. gi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 y. lardagi partizanlar urushi natijasida 1921-y. dek. da tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, Irlandiyaning jan. qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937-y. gi yangi konstitutsiyada Irlandiya «Eyre mustaqil davlati» deb eʼlon qilindi.
2-jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949-y. I. mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. larda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. Irlandiya dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959-y. I. Resggublikasi va Shim. Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shim. Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985-y. da imzolangan bitimga binoan, Shim. Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993-y. da imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar b-n bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998-y. dan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955-y. dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991-y. dek. da OʻzR suverenite-tini tan olgan.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fianna Fayl («Taqdir askarlari»), 1926-y. tashkil etilgan; Fine gal («Birlashgan Irlandiya»), 1933-y. asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912-y. tuzilgan. Irlandiya kommu-nistik partiyasi, 1921hy,~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992-y. tashkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985-y. tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970-y. asos solingan. Irlandiya tred-yunionlar kongressi (1894) Irlandiya va Shim. Irlandiyaning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
Xoʻjaligi. Irlandiya — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, q. x. ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-y. largacha Irlandiya iqtisodiyotida q. x. va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli Irlandiya oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.
Sanoati. Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda q. x. xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida Irlandiya dunyoda oldingi oʻrinda turadi. Irlandiya energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. Irlandiyada yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan ta-shqari AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.
Qishloq xoʻjaligi. Chorvachilik — mamlakat q. x. ning asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi q. x. mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Q. x. ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Irlandiyada oz mikdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.
Transporti. T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik maxsulotlari va sh. k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AK. Sh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Irlandiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 y. lik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 y. lik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 un-t, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy un-t (1908), Limerik sh. dagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim in-ti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), I. qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Ayrish independent» («Irlandiya mustaqilligi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905-y. dan), «Ayrish press» («Irlandiya matbuoti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931-y. dan), «Ayrish tayme» («Irlandiya vakti», ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859-y. dan), «Ivning gerald» («Kech-ki xabarchi», ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891-y. dan), «Innyu» («Bugun», irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943-y. dan»), «Iris efi-gyul» («Rasmiy gazeta», irland tilida haftasiga 2-marta chikadigan gaz., 1922-y. dan), «Ayrish pipl» («Irland xalqi», ingliz tilidagi haftanoma), «Ayrish soushelist revyu» («Irland sotsialistik sharhi», ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969-y. dan), «Ayrish uorkers voys» («Irland ishchilari ovozi», ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. Irlandiyada 1926-y. dan radioeshittirish, 1961-y. dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo boʻlgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.
16—18-a. lar Irlandiya dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. OʻNayv, J. Najent, E. OʻXassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub «Irlandiya tarixi» (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. Irlandiya jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. Oʻ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. OʻSallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-y. larda eng isteʼdodli shoirlar «Yosh Irlandiya» inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida «Irland uygʻonishi» deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916-y. da ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-y. larda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. OʻDonnell, Sh. OʻFa-oleyn, L. OʻFlaerti, J. Felan). Irlandiya OʻKeysi oʻz tarjimayi holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80y. larda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hoz. Irlandiya adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan xarsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda Irlandiyada tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da Irlandiya meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829-y. dan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a. 2-yarmidan Irlandiya shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).
Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12a. larda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub «Kels Injili») yara-tilgan. 18-a. da koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-a. rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a. boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va b.). Hoz. Irlandiyada realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a. oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll OʻKatayn, J. va X. Skott, Keroll OʻDeyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16 — 17-a. lar). Irlandiyada professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a. da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-ford, A. Baks va b. muhim rol oʻynagan. 1856-y. Dublinda konservatoriya, 1964-y. da milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. Irlandiyada simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
Teatri. Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati Irlandiyada majusiylik davridan mavjud. 16-a. da Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-a. dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899-y. U. B. Yits va A. Gregori Dublinda Irlandiya adabiy teatrini tuzdilar. 1901-y. da Irlandiya milliy drama jamiyati, 1904-y. da uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik («Ebbi teatr») da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922-y. drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 y. larda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929-y. da E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939-y. dan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
Kinosiga 1936-y. asos solingan. 30 — 40-y. larda Irlandiya kino in-ti tashkil boʻlgan. 1958-y. dan «Ardmor» kinostudiyasi ishlay boshladi. «Obrazlar», «Och binafsha rang taksi» kabi filmlar ishlandi. «Yits mamlakati», «Irlandiya xalqi», «Ozodlik», «Bu toshlar qoladi» kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982-y. «Quvilganlar» badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. OʻKelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970-y. da kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.
Oʻzbekiston — I. aloqalari. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Irlandiyaga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda maʼdanli oʻgʻit eksport qiladi. Irlandiyadan don, mol yogʻi, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va sh. k. larni sotib oladi. Shu tariqa 2000-y. da oʻzaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. «Oʻzbeksavdo» uyushma-sining «Tijorat» firmasi Irlandiyaning «Verloni ltd» firmasi b-n I. dan Oʻzbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yogʻi yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan. «Oʻzbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995-y. dan Irlandiyaning «Esb International» firmasi b-n hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy koʻmak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning «OʻzRda elektrlashtirish tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam» deb atalgan «EUZ 92/020» loyihasini bajardi. 1997-y. da firma YEHK oʻtkazgan tenderda gʻolib chiqib, «Oʻzbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi «EUZ 9603» loyihasini bajarishga kirishdi.
Irlandiyaning «Cheldon Ltd» firmasi Oʻzbekistonda ishlab chikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni Q«urilishplastmassa» aksiyadorlik jamiyatiga, koksni «Santexlit» aksiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini «Ohangaronshifer» aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib bermoqda. OʻzRda irlandiyalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 9 korxona faoliyat koʻrsatadi. Shundan 7 tasi qoʻshma korxona va 2 tasi irland sarmoyasi 100% boʻlgan korxonadir. Irlandiyaning 2 firmasi: «Xerkos Limited» (rangli metallurgiya korxonalari uchun xom ashyo savdosi, yuksak texnologiyali tovarlar i. ch.), «Ay-Si-Ti Interneyshnl Kotton end Tekstayl Treyding K0 Ltd» (paxta savdosi) vakolatxonalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |