Aim.Uz
O‘zbek kompozitorlarining simfonik asarlari (syuitalar, poemalar)
REJA:
- Simfonik asarlarning yozilishi
- D.Zokirov syuitasi
- B.Nadejdinning «Bolalarga» syuitasi
- Ikrom Akbarovning «Shoir xotirasiga» poemasi.
O‘zbekiston musiqa madaniyatining yuksalishiga simfonik asarlar asta-sekinlik bilan tinglovchilar e’tiborini o‘ziga jalb etaboshladi. Simfonik asarlar turkumiga kirgan syuitalar ijod qilishi o‘zbek kompozitorlarining ijodiyotlarida mustahkam o‘rinni egalladi.
Syuita bu fransuzcha so‘z bo‘lib suite ketma-ketlik ma’nosini bildiradi. Bu yo‘nalishda kompozitorlardan Ikrom Akbarov, M.Ashrafiy, S.Boboyev, X.Izomov, G‘.Qodirov, H.Raximovlarning syuita va poemalari xalq orasida tezda tarqaldi. Masalan D.Zokirovning «Ikkinchi syuitasi» lirik obrazlarga boy, xalq kuy va qo‘shiqlariga asoslanib yoqimli kuylar vositalari bilan asar mazmunini yoritishga muvoffaq bo‘lgan. Bu asar mustaqil yo‘nalishda «Lirik poema» ham deb atalgan. Asardagi sho‘x va quvnoq qism bu birinchi qism «Qizlar raqsi» deb nomlangan. Syuitaning oxirgi IV qismi «Bayram marshi» insonlarni ko‘tarinki ruhda olg‘a yurib borishga da’vat etuvchi simfonik musiqadir. 50-60 yillar davomida yozilgan syuitalar orasida B.Giyenkoning «Xorazm syuita»-si, V.Meyenning «O‘zbekcha raqs syuitasi», A.Kozlovskiyning «Hosil bayrami», «O‘zbekcha raqs syuitasi» va «Qoraqalpoq kuylari asosida syuita»-lari xalq orasida tarqalgan edi. B.Nadejdinning «Bolalarga» nomli syuitasi aniq mazmunga (programmaga) ega bo‘lgan asarlar tarkibida kirib simfonik musiqa janrida bolalarga atab ijod qilingan asarlar orasida ajralib turadigan namunadir. Syuita besh qismdan iborat bo‘lib har bir qismda kompozitor bolalarning sho‘x, ozod, erkin, quvnoq ravishda kechirayotgan hayotlari e’zozlab bergan.
Simfonik poemalar. Poema so‘zi bu yunoncha bo‘lib poema-ijod qilish ma’nosini bildiradi. Simfonik poemalar asosida o‘zbek kompozitorlarining ijodiyotida turli mavzular asosida yaratilgan asarlar majmuasini tushunamiz. Bular A.Kozlovskiyning «Hincha poemasi», D.Zokirovning «Hamza», I.Akbarovning «Shoir xotirasiga», E.Solixovning «General Raximov xotirasiga», S.Boboyevning «Bayram kuni», I.Hamroyevning «Dalada», G‘.Qodirovning «Kolxozda bayram», S.Yudakovning «Yoshlar poemasi», X.Raximovning «Yoshlik», B.Giyenkoning «Qo‘riq yerlar», G‘.Qodirovning «Poema-ballada», M.Ashrafiyning «Temur Malik»-lardir. Yuqorida nomlari keltirilgan poemalar orasida I.Akbarovning «Shoir xotirasiga» asari Hamza hayotiga bag‘ishlanib, unda shoir yashagan yillar davomida o‘lkamizda bo‘lib o‘tgan voqealar o‘z aksini topgan. Poema asosida shoirning «Yasha Sho‘ro», qo‘shig‘i markaziy o‘rinni egallab o‘zbek xalqining ozodligi, mehnatsevarligi, tinchlikparvarlik kabi g‘oyalari oldinga surilgan. Bu asar o‘zining haqiqiy hayot kechirayotgan xalqimizning turmush sharoitlarini e’zozlaydigan poema sifatida namunadir.
Adabiyotlar
T.Ye.Solomonova O‘zbek musiqasi tarixi. Toshkent 1981
Istoriya o'zbekskoy muziki Tom I,II. Toshkent 1972, 73.
Voprosi muzikalnoy kulturi O'zbekistana. Toshkent 1961.
Do'stlaringiz bilan baham: |