3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish


ishtirok etuvchi har ikki mamlakat bu savdodan oladigan iqtisodiy naf



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana14.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#552352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mavzu variant

ishtirok etuvchi har ikki mamlakat bu savdodan oladigan iqtisodiy naf.
Savdodan keladigan yutuq mamlakatning o‘z tovarlari hisobiga ichki 
bozordagiga nisbatan chetdan xorijiy tovarlarga ko‘proq ega bo‘lishi natijasida 
vujudga keladi. Savdodan keladigan yutuqqa ikki taraflama qarash mumkin: mehnat 
xarajatlarini tejash va iste’molning ko‘payishi.
Nisbiy ustunliklar nazariyasida jahon ikki mamlakatdan iborat va ular ikki 
tovar bilan savdo qiladi deb faraz qilingan edi. Amalda esa bunday holatning bo‘lishi 
mumkin emas, albatta. Jahondagi mamlakatlar ichidan ikkitasining faqat ikki tovar 
bilan o‘zaro savdosini o‘rganmoqchi bo‘lsak ham, bu savdoni ushbu mamlakatlar va 
boshqa mamlakatlar umumiy savdosidan hamda juda ko‘p miqdordagi tovarlar 
orasidan ajratib olishning imkoni yo‘q.


Nisbiy ustunlik nazariyasining ahamiyatini baholash juda mushkul, albatta. U 
bir necha o‘n yillar davomida xalqaro savdoni tushuntirib beruvchi va barcha 
iqtisodiy bilimlarga kuchli ta’sir o‘tkaza olgan asosiy nazariyalarning biri bo‘lib 
qoldi. Iqtisodiyotdagi klassik maktab vakillari tomonidan qilingan ko‘p sonli 
o‘zgartirishlar va kengaytirishlar bilan nisbiy ustunlik nazariyasi amalda birinchi 
bo‘lib jami talab va jami taklif muvozanatini izohlab berdi. Tovar qiymati uni ishlab 
chiqarishga sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, 
nisbiy ustunlik nazariyasi tovarning qiymati ushbu tovarga ham mamlakat ichidagi, 
ham xorijdagi jami talab va taklifning nisbati bilan aniqlanishini ko‘rsatib berdi.
Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtirilgan tabiatga 
ega va xalqaro savdoga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qator hodisalarni e’tiborga 
olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uni yaratilishida qilingan farazlar bilan 
bog‘liq. Shuning uchun u yoki bu tovar oqimlarini nisbiy ustunlik nazariyasini 
qo‘llagan holda tahlil qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak, ya’ni bu nazariya:
• transport xarajatlarini e’tiborga olmaydi, bu xarajatlar shunday miqdorga 
etishi mumkinki, mamlakat bir tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat 
xarajatlari bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega bo‘lsa-da, ushbu tovarni xorijga eksport 
qilish naf keltirmasligi mumkin; 
• mamlakat ichida daromadlarning qayta taqsimlanishiga, narx va ish haqining 
o‘zgarishiga, inflyatsiya, xalqaro kapital harakatiga tashqi savdoning ta’sirini 
inobatga olmaydi; 
• faqat bitta ishlab chiqarish omili (mehnat) mavjudligidan kelib chiqadi, 
mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi kabi 
xalqaro savdoning dastlabki shartlariga e’tibor bermaydi; 
• to‘liq bandlik shartidan kelib chiqadi, ya’ni ishchilar bir tarmoqdan ketar ekan 
boshqa yanada samaraliroq tarmoqda ish topadi, ishsiz qolmaydi deb faraz qilinadi; 
• biri ikkinchisi oldida nisbiy ustunlikka ega bo‘lmagan taxminan bir xil 
mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni tushuntirib bera olmaydi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish