O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
5340200 - “Bino va inshootlar qurilishi”
yo‘nalishi 2-18 “B.I.Q” guruh talabasi
Yusubjonov Muxammadjonning
“ Qurilishda Iqtisodiyot ” fanidan
Mustaqil ishi
Talaba (F.I.O): M.Yusubjonov
Qabul qildi: SH.Axunova
Mavzu: Mehnatka xaq to’lash tizimi
Reja:
Mehnat unumdorligi mohiyati.
Mehnatka haq to’lash tizimi.
Qurilishda mehnat bozorining rivojlanishi.
Mehnat unumdorligi mohiyati.
Mehnat unumdorligi - bu ishlab chiqarish jarayonida sarflangan mehnat samaradorligini belgilovchi ko’rsatkichdir.Mehnat unumdorligi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi,yani ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan istemol mollarining miqdori bilan o’lchanadi.
Mehnat unumdorligini o’stirish omillari.
Omillar – harakatlantiruvchi kuch va biron – bir jarayon va hodisaga tasir ko’rsatuvchi sababdir.
Mehnat unumdorligiga tasir ko’rsatish harakteri va darajasiga bog’liq ravishda omillarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
- Moddiy – texnik;
- Tashkiliy – iqtisodiy;
- Ijtimoiy – pisixologik;
- Tabiy – iqlimiy;
- Siyosiy;
- Xususiy.
Mehnat unumdorligini o’stirish omillari va rezervlari.
Moddiy – texnik omillar yangi texnika,ilg’or texnologiyalar,xom-ashyolar va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan
bog’langan.Ishlab chiqarishni takomillashtirishga quyidagilarni amalga oshirish bilan erishish mumkin:
Jixozlarni modernizatsiyalash;
Manaviy eskirgan jixozlarni ancha unumdor bo’lgan yangi jixozlarga almashtirish;
Ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali:qo’lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish,kichik mexanizatsiya vosotalarini keng tadbiq qilish,uchastkalar sexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli mexanizatsiyalashtirish;
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
Yangi ilg’or texnologiyalarni qo’llash;
Xom – ashyolar yangi turlaridan,progressiv materiallardan foydalanish.
Qurilishda mehnat unumdorligining darajasini ikkita asosiy ko’rsatkich bilan aniqlash mumkin:
Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori (unumdorlik);
Maxsulot birligini tayyorlashga sarflangan vaqt (mehnat sig’imi);
Vaqt bo’yicha foydalanishga ko’ra mehnat unumdorligi rezervlari koriy va perspektiv rezervlarga bo’linadi:
Joriy rezervlar yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin,qoidaga ko’ra ular axamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag’larni talab etmaydi.Ularga yaxshi jixozlardan foydalanish, yaroqsiz jixozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib tashlash,mehnatka xaq to’lashning eng ratsional va samarador tizimlarini qo’llash,korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni meyorlashtirish kiradi;
Perspektiv rezervlar odatda ishlab chiqarishni qayta qurishni,yangi texnologiyalarni tadbiq etishni va sh.o’.larni talab etadi,buning uchun qo’shimcha kapital mablag’lar va ishlarni amalga oshirish uchun axamiyatli tarzdagi muddatlar zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |