5-Mavzu. Zamonaviy avtotransport korxonalari texnik xizmatining tarkiblari, vazifalari va xodimlari. O’quv rejasi: Zamonaviy avtotransort korxonalari uyushmalari, xissadorlik jamiyatlari resurslari va xodimlari.
Mutaxassislarga bo’lgan asosiy talablar va ular bilan korxonalarni ta’minlanganligi.
5.1. Zamonaviy avtotransort korxonalari uyushmalari, xissadorlik jamiyatlari resurslari va xodimlari. O’zbekiston Respublikasida texnik bozor iqtisodiyotiga o’tish, yangi qonunlarni hayotga tatbiq etilishi, material-texnika ta`minotini boshqaruvni nomarkazlashuvi, mulkka egalikni har xil shakllarini qo’llash avtotransport korxonalari oldida murakkab vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalar quyidagilardan tashkil topgan:
-xodimlarni mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, korxonalarni va soxani ijtimoiy rivojlantirish yo’nalishlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish;
-korxonalarni ekologik, resurslarni tejash, intensiv rivojlanishi texnik sieosatini amalga oshirish, bashorat etish va ishlab chiqish;
-ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini asosiy yo’nalishlarini aniqlash va qo’llash;
- ilmiy, loyixa texnologik, me`yoriy xizmatlar ko’rsatish.
-o’quv yurtlari bilan birgalikda maqsadli kadrlar tayyorlashda va ularni malakasini oshirishda qatnashish.
Avtomobil transporti muxandis-texnika xizmatini baza va resurslari -quyidagicha tarkiblar majmuasidan iboratdir:
Ishlab chiqarish texnika bazasi.
MTX mehnat maxsuli bo’lgan ma`lum texnik ekspluatatsion xossalarga ega bo’lgan harakat vositalari.
Material-texnika resurslari (extiyot qismlar, shinalar moylar, materallar va x.o.)
4. Ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlanishi yangi avtomobillar
texnologik jixozlar sotib olish uchun bo’lgan moliyaviy resurslar.
Ilmiy muxandis-texnik xodimlar, ta`mirlash va yordamchi ishchilar.
Avtomobillarga TXK va ta`mirlashni tezkor boshqarish uchun MTXni axborot bilan ta`minlash.
Avtotransport tashkilotlarini boshqarishni zamonaviy tarkiblari bu masallalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud:
Vazirliklar;
Davlat qo’mitalari;
Kontsernlar;
Korporatsiyalar;
Kontsortsiumlar;
Assotsiatsiyalar;
Kompaniyalar;
Korxonalar;
Firma va boshqalar.
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli o’laroq, boshqaruv tizimida shunchaki ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. Boshqarishning tarmoq organlari odatda umumdavlat va mahalliy organlardan o’z faoliyatining hajmi (miqiyosi) bilan farq qiladi. Bu xol ularning xuquqiy nizomlarida aks etgan bo’ladi.
Vazirlik bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo’g’inidir.
Vazirlik:
-Tarmoqning axvoli, uni yanada rivojlantirish;
-Fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi;
-Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi;
-Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan ichki va tashqi talabni
qondirish uchun ma`suldir.
Davlat qo’mitalari - bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish,
nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanish
faoliyatiga rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq bohshqaruv
organlaridir.
Kontsern- bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o’zgarishi, xilma xilligining ko’payishi) asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqLar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.