O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINSOZLIK INSTITUTI
«Т Е Х Н I К А» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQRISH VA LOGISTIKA» KAFEDRASI
“
Firma: mohiyati, turlari va
xarajatlari
’’
Mavzusidagi
Kurs ishi
Bajardi: S. Qodirov
ANDIJON 2011 Y
Rеja:
Kirish
1. Firma (korxona) moxiyati. Firma turlari
2. Firma (korxona) faoliyatini
erkinlashtirish
3. Firma xarajatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Har bir davlatni o‘z fuqarolarining ijtimoiy,
iqtisodiy, ularning yashash
sharoitlarini yaxshilash kabi masalalar doimo o‘ylantirgan.Shu jumladan
O‘zbekiston ham mustaqillikka erishganidan keyin aholining turmush sharoitini
yaxshilash maqsadida oilaviy bisness, xususiy tadbirkorlikka katta ahamiyat berdi.
Natijada ushbu soha rivojlanib
sekin-asta yirikroq firma, korxonalar, xissadorlik
jamiyatlari vujudga keldi. Hozirgi kunga kelib yurtimizda firmalarning erkin
faoliyat yuritishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ko‘plab
yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxslar o‘zlarining firmalarini
tashkil etib ham
iqtisodiyotga, ham yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga, turli xil tovarlar va
xizmatlarning sifati yaxshilanishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Lekin biror bir
korxona, firmani tashkil etishdan
oldin firmaning moxiyati, uning turlari, tashkil
etish usullari, xarajatlarini yaxshilab o‘rganish zarur.
Mavzuning dolzarbligi ham
aynan shunda yani firma faoliyatiga oid barcha malumotlarga ega bo‘linsa, kuchli
firma tashkil etish, yurtimizdagi yaratib berilgan mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri
foydalanib firma faoliyatini kengaytirib dunyo bozorlariga chiqish, ko‘plab yangi
ish o‘rinlarini yaratish mumkin. Ushbu
mavzuning asosiy maqsadi ,, Firma:
mohiyati, turlari va xarajatlari ‖ ni o‘rganishdan iborat. Mavzuning vazifalari
quydagilardan iborat:
1. firma moxiyati, uning turlari;
2. firma faoliyatini erkinlashtirish;
3. firmaning xarajatlarini izchil o‘rganishdir.
Mavzuning ushbu vazifalarini o‘rganish natijasida firmaning tarixiy paydo
bo‘lish, shakllanishlarini, uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun zarur bo‘lgan
imkoniyatlar, uning faoliyatini erkinlashtirish
uchun imkoniyatlarni anglab
yetamiz.
Men ,, Firma: mohiyati, turlari va xarajatlari‖ mavzusidagi kurs ishini
yozish jarayonida iqtisodiyot nazariyasidan mavjud bo‘lgan darsliklardan, o‘quv
qo‘llanmalaridan, ,,Ziyonet‖ portaliga joylangan ushbu
mavzuga taalluqli ilmiy
tadqiqotlar natijalaridan, maqolalar va quydagi internet saytlaridan foydalandim:
1.
www.stat.uz
2.
www.gov.uz
3.
www.ziyonet.uz