Abu Nasr Forobiy falsafasi
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt subyektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bo‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyat va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz mavjud bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan.
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.
Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi.
Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin. Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz.
Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz. Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak. Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir. U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Al-Farobiy arabzabon peripatetizm asoschisidir. Shuning uchun ham uning borliq haqidagi g’oyalari aristotelizm, shuningdek, neoplatonizm g’oyalariga yaqin.
Abu Nasr Forobiy ta’limotiga ko‘ra, mavjud bo‘lgan hamma narsa olti bosqichga bo‘linadi. bog'liq sabab va oqibat.
Boshlanishlar xarakteriga ko'ra ikki turga bo'linadi: mumkin bo'lgan va zarur. Birinchi turga mohiyatiga ko'ra ularning mavjudligi shart bo'lmagan narsalar kiradi. Ikkinchi turdagi narsalar uchun ularning mavjudligi, albatta, ularning mohiyatidan kelib chiqishi xarakterlidir. Mumkin bo'lgan mavjudotga tegishli bo'lgan har bir narsa uning mavjudligi uchun ma'lum bir sababga muhtoj. Bunday sabab dunyoni abadiyatda yaratuvchi majburiy yoki mavjud bo'lgan xudodir.
Qolgan sabablar ko'p qirrali. Birinchi sababdan ikkinchi sabablar - samoviy jismlar hosil bo'ladi. Uchinchi sabab – koinotni “aql-idrokli hayvon” sifatida ko‘rib, uni mukammallikka yetkazishga intiladigan koinot aqlidir. Qolgan sabablar haqiqiy er yuzidagi narsalar bilan bog'liq.
Forobiyning falsafiy asarlariga quyidagilar kiradi:
"Modda haqida bir so'z"
"Savollar mohiyati"
"Qonunlar kitobi"
"Koinot harakatining doimiyligi kitobi"
"Aqlning ma'nosi haqida"
"Yoshlar ongi kitobi"
"Katta qisqartirilgan mantiq kitobi"
"Mantiqqa kirish kitobi"
"Dalillar kitobi"
"Sillogizm shartlari to'g'risida kitob"
"Ruhning mohiyati haqida risola"
"Orzular so'zi"
"Fozil shahar aholisining qarashlari haqida risola"
"Fanlarning ta'rifi va tasnifi bo'yicha kitob"
"Falsafa ma'nosi kitobi"
"Falsafani o'rganish uchun nimani bilishingiz kerakligi haqida kitob"
"Falsafaga oid eslatmalar"
Do'stlaringiz bilan baham: |