5–MA’ruza: tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish
Mustaqil ta’lim
Dasturlash (fan mavzularidan)
Test tuzish (har mavzuda 10 tadan)
Qurilma, Maket yasash (fan bo’yicha)
Keys tuzish (har bir mavzuga 1 tadan)
Glossariy tuzish (EXA fani bo’yicha)
Improvizatsiya qilish (har bir mavzuga 1 tadan)
Energaysing toppish ()
Maqola chiqarish (fan bo’yicha)
Animatsiya tayyorlash (fan bo’yicha tayyorlash yoki topish)
Ped texnologiyaga tadbiq qilish (fan mavzularini ped texnologiyalarga tadbiq qilish)
Kitobdan tarjima qilish (rus, ingiliz tillaridan)
Loyihalarda ishtirok etish (fan bo’yicha)
13-MAVZU: ELEKTR USKUNALARNI O‘CHIRISH BO‘YICHA TEXNIK TADBIRLAR
1. Elektr uskunalarni o‘chirish bo‘yicha texnik tadbirlar haqida ma’lumot. 2. Elektr uskunalarni o‘chirish vaqtida xavfsizlik shiorlarini osish va ish joyini to‘sish tartibi. 3. Elektr uskunalarni o‘chirish paytida kuchlanish yo‘qligini tekshirish
1. Elektr uskunalarni o‘chirish bo‘yicha texnik tadbirlar haqida ma’lumot Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, texnik tadbirlar quyida ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi kerak:
-barcha o‘chirilishi kerak bo‘lgan uskunalarning o‘chirilishi, ularning o‘zo‘zidan yoki yanglishish oqibatida yoqilishiga to‘sqinlik qiluvchi choralarni ko‘rish;
-uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga, qo‘l bilan boshqariladigan yuritmalarga ta’qiqlovchi shiorlarni osish;
-odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida, yerga ulash zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulashdan oldin, ularda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
-yerga ulagichni o‘rnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish);
-ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish va to‘siqlarga zarur bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik shiorlarni osish;
-mahalliy sharoitga qarab, o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlar yerga ulashdan oldin yoki keyin, to‘siqlar bilan ajratish;
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kommutatsion apparatlarni o‘chirish yo‘li bilan, ko‘rinadigan oraliqlar hosil qilinishi kerak.
Ko‘rinadigan oraliqlar saqlagichini olib qo‘yishi, hamda ajratgich va bo‘lgichlar orqali bajariladi (apparat ichiga prujinali avtomatik ulanadigan kommutatsion apparatlar bundan istisnodir).
Kuch va kuchlanish transformatorlarining ajratilgan qismlarida ishlaganda, ulardagi kuchlanish qayta transformatsiyasini yo‘qotish uchun, ushbu transformatorlar 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan tomonidan ham o‘chirilishi zarur
Ish joyini tayyorlashda qo‘l bilan boshqariladigan ajratgich va bo‘lgichlar o‘chirilganidan so‘ng, ularning to‘la o‘chganliklarini sinchiklab ko‘rib, ularda shuntlovchi ulamalar yo‘qligi to‘g‘risida, to‘la ishonch hosil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |