-



Download 0,87 Mb.
Sana31.01.2022
Hajmi0,87 Mb.
#419544
Bog'liq
Savol va Javob


From: Snapshot-Content-Location: https://euroasialife.uz/uz/savol-va-javob/ Subject: Savol va Javob Date: Sat, 29 Jan 2022 06:18:52 -0000 MIME-Version: 1.0 Content-Type: multipart/related; type="text/html"; boundary="----MultipartBoundary--PmsFVQBKPnPlBPrUsqgzz6EsHwTaJE4H9vEgZRQw5b----" ------MultipartBoundary--PmsFVQBKPnPlBPrUsqgzz6EsHwTaJE4H9vEgZRQw5b---- Content-Type: text/html Content-ID: Content-Transfer-Encoding: binary Content-Location: https://euroasialife.uz/uz/savol-va-javob/ Savol <a href="/1-shart-savol-javob-oyini-1-guruh.html">va Javob</a>


RU
UZ
EN
Biz haqimizdaKompaniya haqidaYangiliklarHamkorlar
Sug'urtaOnlayn murojaatSavol va javoblarSugʻurta hodisasi haqida xabarQonunchilik va soliq imtiyozlari

Ko'p beriladigan

Savollar va javoblar


Har bir inson hayotida ertami-kechmi o'z-o'ziga savol beradi:
• Qanday qilib qarilikda o'z-o'ziga munosib turmush darajasini yaratish mumkin?
• Qanday qilib pulni to'plash mumkin?
• Agar jiddiy davolanishga muhtoj bo'lsam, pulni qayerdan olsam bo'ladi?
• Boquvchisini yo'qotgan taqdirda, oilaning moliyaviy farovonligini qanday ta'minlash mumkin?
Hayotni sug'urta qilish dasturlari sizga quvonchli voqealarga tayyorgarlik ko'rishga (bolalarni o'qitish, ko'chmas mol-mulkni sotib olish va h.k.), shuningdek, kutilmagan noxush hodisalar yuz berganda "xavfsizlik yostig'ini" yaratishga yordam beruvchi javoblarni taqdim etadi.
Hayotni sug'urta qilish deyarli har bir inson hayotining ma'lum bir davrida, uning maqsadlari va ehtiyojlariga javob beradi va unga bir qancha moliyaviy masalalarni hal etishga imkon beradi.


Hayotni sug'urta qilish shartnomasini tuzish bilan birga, mijoz sug'urta himoyasiga va O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromad solig'idan ozod qilingan, hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha sug'urta mukofotlarini to'lash mobaynida, mablag'ni to'plash imkoniyatiga ega bo'ladi.


Bizning kompaniyamizda hayotni sug'urta qilishning afzalligi, har bir mijozga individual yondoshuvdadir. Barcha uzoq muddatli dasturlar har bir aniq mijoz uchun, barcha shartlar va istaklarni inobatga olgan holda maxsus tanlanadi va hisoblanadi. Aynan siz uchun maxsus dastur va uning shartlarini tanlash uchun siz Kompaniyaning eng yaqin hududiy ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. 


Sug'urta shartnomasida sug'urta summasining miqdori Sug'urtalanuvchi va Sug'urtalovchi o'rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi..


Uzoq muddatli hayotni sug'urta qilish shartnomalari muomalaga layoqatli jismoniy yoki yuridik shaxslar – O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan tuzilishi mumkin.


Bu Sug'urta qoidalariga muvofiq belgilanadigan, Sug'urtalanuvchi tomonidan sug'urta mukofotlarini o'z vaqtida to'lash majburiyati buzilgan taqdirda, Sug'urta shartnomasi bo'yicha Sug'urta himoyasi to'xtatib qo'yilmaydigan davr hisoblanadi.


Sug'urtalovchi tomonidan 30 (o'ttiz) kalendar kuniga teng imtiyoz davri berilishi mumkin. Imtiyoz davri Sug'urtalanuvchi tomonidan navbatdagi sug'urta mukofoti to'lanishi lozim bo'lgan kundan boshlanadi.   
Imtiyoz davri Sug'urtalanuvchiga sug'urta muddati boshlanganidan boshlab bir yilda ikki barobardan ko'p bo'lmagan miqdorda berilishi mumkin.


 Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta to'lovini to'lash majburiyati yuzaga kelishiga sabab bo'lgan voqea sodir bo'lishi.


Hayotni sug'urta qilish shartnomasiga muvofiq quyidagi xavflar qoplanadi:
a) Sug'urtalangan shaxsning Sug'urta muddati oxirigacha tirik qolishi;
b) Sug'urta shartnomasining amal qilish muddati davomida Sug'urtalangan shaxsning vafot etishi.


Sug'urtalovchi tomonidan Sug'urtalanuvchiga/Naf oluvchiga sug'urta to'lovini amalga oshirish majburiyatini keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan voqea yuz berganda, Sug'urtalanuvchi Sug'urtalovchiga to'lovni amalga oshirish uchun bank hisob raqami ma'lumotlari ko'rsatilgan holda yozma Ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
a) Sug'urtalangan shaxsning Sug'urta muddati tugashiga qadar tirikligi holatida:
• Sug'urtalangan shaxs pasportining nusxasi (ko'rib chiqish uchun pasportning aslini taqdim etgan holda).
b) Sug'urtalangan shaxsning Sug'urta muddati davomida vafot etishi holatida:
• Naf oluvchi shaxs pasportining nusxasi (ko'rib chiqish uchun pasportning aslini taqdim etgan holda);  
• Sug'urtalangan shaxsning vafot etganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi (ko'rib chiqish uchun aslini taqdim etgan holda);       
• Meros olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (Sug'urtalovchi va Sug'urtalangan shaxs tomonidan tuzilgan Sug'urtalangan shaxs vafot etishi holatida Naf oluvchini tayinlash to'g'risidagi qaror bo'lmagan taqdirda);   
• O'lim sababini tasdiqlovchi, boshqa mavjud hujjatlar.


Qabul qilingan sug'urta majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash uchun Kompaniya to'langan sug'urta mukofotlaridan, qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug'urta zahiralarini shakllantiradi va joylashtiradi.
Kompaniya faoliyati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining barcha talablariga muvofiq amalga oshiriladi hamda O'zbekiston Respublikasining nazorat va tartibga solish organlari tomonidan doimiy va to'liq nazorat qilinadi.


Kompaniya, sug'urtalovchining va qayta sug'urtalovchining investitsiya faoliyati to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda ro'yxatga olingan 1982-sonli Nizomga muvofiq o'z mablag'larini investitsiya vositalariga sarflaydi, aksariyat hollarda bu ishonchli banklarning depozitlari va depozit sertifikatlaridan iborat bo'ladi. Ushbu yondoshuv mablag'ni himoya qilishga yordam beradi.


Soliq imtiyozlari O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan:
Yuridik shaxslar uchun:
Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish uchun yuridik shaxs tomonidan sug'urta to'lovi sifatida to'lanadigan summalar boshqa chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiradi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasi 33-bandi);    
Ishchilar foydasiga to'lash uchun yo'naltirilgan sug'urta to'lovlari (shuningdek, shartnoma muddati tugaganidan so'ng, ishchilarga to'lanadigan sug'urta to'lovlariga) yagona ijtimoiy to'lov qo'llanilmaydi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 307, 172-moddalari).
Jismoniy shaxslar uchun:  
Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish bo'yicha to'lanadigan sug'urta mukofotlarini qoplashga yo'naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanmaydi va daromad solig'iga tortilmaydi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 171-moddasi 13-bandi, 179-moddasi 28-bandi);
Fuqarolar tomonidan sug'urta tovoni sifatida olinadigan summalar soliqqa tortilmaydi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasi 22-bandi).


Agar baxtsiz hodisa yuz bersa, darhol tez yordam chaqiring yoki eng yaqin tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. Sug'urta voqeasi to'g'risida bizga +998 71 208-77-33 telefon raqami orqali xabar bering, voqeaning tafsilotlarini tushuntiring va bizning aloqa markazimiz mutaxassisidan zarur hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi ma'lumot bilan tanishib chiqing.


Baxtsiz hodisalardan hayotni sug'urta qilish nafaqat xavfli kasb egalari, balki barchamiz uchun zarurdir. Ushbu xizmat sizga baxtsiz hodisa ro'y berganligi sababli yuzaga kelgan tibbiy xarajatlaringizni qoplash, shuningdek, (vaqtinchalik yoki doimiy) mehnatga layoqatsizlik tufayli yuzaga kelgan daromad yo'qotilganligi holatida, moliyaviy yordam olish imkoniyatini beradi. Sug'urtalangan shaxsning to'satdan vafot etganligi holatida esa, baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish uning qarindoshlariga moliyaviy yordam olish imkoniyatini beradi.


• "O'lim" xavfi bo'yicha Sug'urtalangan shaxsga sug'urta to'lovining 100% miqdorida sug'urta to'lovi belgilanadi;  
• "Sog'liqning doimiy buzilishi (nogironlik)" xavfi bo'yicha sug'urta to'lovi Sug'urtalangan shaxsga belgilangan nogironlik guruhiga qarab sug'urta to'lovining foizi miqdorida belgilanadi:   
- I guruh nogironiga - 75%;
- II guruh nogironiga - 50%;
- III guruh nogironiga - 30%;
• "Shikastlanish va/yoki sog'liqning boshqa buzilishlari" xavfi bo'yicha sug'urta to'lovi Sug'urtalovchi tomonidan tasdiqlangan "Sug'urta to'lovlari jadvali" ga binoan ushbu xavf uchun belgilangan sug'urta to'lovining foizi miqdorida belgilanadi.


Shengen kelishuviga a'zo davlatlardan biriga 6 oydan kam bo'lgan muddatga sug'urta polisi rasmiylashtirilganda, Shengen kelishuviga a'zo davlatlarning Viza Kodeksi talablariga binoan, (90 kungacha) bo'lgan qisqa muddatli sayohatlar uchun sug'urta polisining muddati avtomatik tarzda 15 kunga uzaytiriladi. Ammo  sug'urta qilingan kunlarning soni avvalgidek qoladi. Shunday qilib, sug'urta polisining amal qilish muddati davomida, sayyoh mamlakatda qolish kunlarning umumiy soni sug'urta qilingan kunlar sonidan oshmagan holda, sayohat kunlarini o'zgartirishi mumkin


Xorijga chiquvchi shaxslar uchun sug'urta polisini rasmiylashtirish jarayonida quyidagilar kerak bo'lishi mumkin:
1. Sugʻurtalovchi shaxsning pasporti (polisni rasmiylashtirayotgan shaxs);
2. Sug'urtalangan shaxs(lar) pasporti (FISh buzilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida);
3. Har bir Sug'urtalangan shaxsning aniq tug'ilgan sanasi.


Sug'urta polisida ko'rsatilgan telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling. Sug'urta hududida yordamni tashkil qilish REMED Assistance (Remed Assistans) tomonidan amalga oshiriladi.


Ha, siz bir necha inson uchun sug'urta polisini rasmiylashtirishingiz mumkin.


• +998 71 208-77-33 telefon raqami orqali biz bilan bog'laning;
• info@euroasialife.uz elektron manzili orqali;
• Quyidagi manzilda joylashgan kompaniyaning ofisiga murojaat qiling:
Toshkent shahri, Yassi ko'chasi 9/3;

Orqaga qo'ng'iroq


Telefon raqamingizni qoldiring va biz tezda sizga qo'ng'iroq qilamiz
Sug'urta
  • Sug'urta hodisasi to'g'risida xabar berish
  • Sug'urta polisini sotib oling
  • Sug'urta qonunchilik va soliq imtiyozlari
  • Savol va Javob
Biz haqimizda
  • Kompaniya haqida
  • Hamkorlarimiz
  • Hisobot
Bizning xizmatlarimiz
Aloqa uchun
  • Toshkent shahar, Kichik xalqa yo'li ko'chasi, 38a uy
  • +998 71 208-77-33
  • info@euroasialife.uz


© 2022 "EUROASIA LIFE INSURANCE" AJ. Barcha huquqlar himoyalangan.
Разработка сайта - PROCRM.UZ



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish