SINOV TESTI
Onajonim singari qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
4-bo‘g‘inga
5-bo‘g‘inga
6-bo‘g‘inga
7-bo‘g‘inga
Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va qo‘shimchaga ajratish teng kelmaydigan so‘zlar berilgan javobni aniqlang.
fikrim, baxtim
boshga, toshda
shahri, kuchli
faxri, aqldan
Bo‘ta qaynoq choyning quruq o‘zini nonsiz ho‘plagancha o‘rnidan turarkan, birdan yuragi o‘ynab ketdi.
Ushbu gapdagi tovush o‘zgarishlar soni nechta?
4 ta B) 5 ta
C) 6 ta D) 7 ta
To‘g‘ri yozilgan so‘zlarni toping. A) ovvora, lafz, grant
lafz, grand, gram
ovora, lafz, grant
gramm, lavz, grant
Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik bor?
Haqiqatni bila turib, undan ko‘z yumish yaxshi emas.
Ikkinchi jahon urishi 1939-yilda boshlangan.
Quyosh sistemasining to‘rtinchi sayyorasi – Yer.
Dehqonlar yig‘im-terim ishlarini boshlab yuborishdi. 6. Qaysi ma’no so‘zning bosh ma’nosi sanaladi?
so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
so‘zning nutq tarkibida boshqa so‘zlar yordamida anglatadigan ma’nosi
so‘zning gap tarkibida anglatadigan yondosh ma’nosi
so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri
U po‘lat iroda sohibi edi. Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish turini aniqlang.
metonimiya
metafora
sinekdoxa
ma’no ko‘chish yuz bermagan
Ahli suxanlar ko‘p juda, lekin bahsi mazmundan judo. Ushbu gapda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi qo‘llangan?
omonim
paronim
sinonim
antonim
Ifor so‘zining ma’nodoshini toping.
tuzilish B) ko‘rinish
C) hid D)
chiroy
Paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud bo‘lgan gapni aniqlang.
Kechalari uyqusiz she’r yod olganim Tonggi ufqdagi yolqinlar aytsin.
O‘zga yurtda shox bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l.
Yillar o‘tar, o‘tar asrlar qator. Dunyoga keladi yangi avlodlar.
O‘qiyotgan kitobimning uch bobini tugatdim.
Botir dehqonchilikning tilini yaxshigina o‘rgangan inson edi.
Ushbu gapda qaysi usulda ma’no ko‘chgan?
metonimiya
metafora
sinekdoxa
vazifadoshlik
Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va jaranglilardan tuzilgan so‘z berilgan?
go‘zallik B) uyimda
C) usuli D)
gulli
Qaysi javobda fonetik o‘zgarishga uchragan ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etgan?
Bunday vaziyatda nima qilish kerakligini bilasan-a?
llm - mehnat samarasi.
Kitob - bilim bulog‘i.
Fuzuliyni oldim qo‘limga.
Lab undoshlari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
Lab-tish undoshlari jarangli-jarangsiz undoshlar juftligini hosil qiladi.
Lab-lab undoshlarining barchasi shovqinli undosh sanaladi.
Lab-lab undoshlari portlovchi va sirg‘aluvchi undoshlarga mansub.
Lab-tish undoshlari hosil bo‘lish usuliga ko‘ra farqlovchi belgiga ega.
Qator undoshli so‘zlar ebrilgan javobni belgilang.
metal, gramm
tenglama, bodring
go‘sht, barvaqt
izzat, millat