Ayrim sabablar bilan bugun men shifoxonaga bora olmadim!



Download 18,62 Kb.
Sana21.03.2022
Hajmi18,62 Kb.
#505322
Bog'liq
Maqola


Til me’yorlarini o’rganishda albatta, eng faol til birliklariga, til yaruslariga murojaat qilamiz. So`z turkumlari orasida fe’l so`z turkumini qo`llash,undan foydalanish darajasi inson nutqida 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Harakat va holatni ifodalashda, hukmning tasdiq va inkor ma’noda hukm ijro etilishida fe’l so`z turkumidan keng foydalaniladi. Shu jumladan , fe’l so`z turkumi turkum sifatida IV-V asrlarda ilk nazariya uchraydi. XV-XVI asrlarda A.Navoiy asarlarida fe’l so`z turkumidan mahorat bilan foydalangan. Fe’lning xususiyatlariga ko`ra bo`lishli va bo`lishsiz fe’llarga ajratiladi. Bir qaraganda gapdagi tasdiq va inkorni bildiruvchi “ha” yoki “yo`q” so`zlari o`rniga fe’lning bo`lishsizlik shaklini qo`llaymiz. Bo`lishli bo`lishsizlik shakli o`zi nima? Biz uni qay hollarda qo`llashimizni quyidagi fiklar orqali bilib olishimiz mumkin bo`ladi. Fe`llarning bo`lishsizlik shakllariga [-ma], [-maslik], [-may] morfologik ko`rsatkichlaridan tashqari, [na] nomustaqil so`zi ham kiradi. Ayrim adabiyotlarda [yo`q], [emas], inkor ifodalovchi so`zlarni ham shular sirasiga kiritadilar. Bo`lishli-bo`lishsizlik­-fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo`lishli, yo bo`lishsiz bo`ladi. Bo`lishli shakl yuz bergan, berayotgan, beradigan, bo`lishsiz shakl esa yuz bermagan, bermayotgan, bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo`lishli bo`lishsizlik ma’nosini ifodalashda giterogen (har xil) tabiatli, ya`ni turli sathga mansub lisoniy birliklar ishtirok etadi.1


Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol qilib ushbu gapni olsak bo`ladi masalan:
Bo`lishsiz shakl.
Ayrim sabablar bilan bugun men shifoxonaga bora olmadim!
Bo`lishli shakl.
Kecha men shifoxonaga bordim!
Nazariy qarashlar natijasida Alisher Navoiy asarlarida fe’l so`z turkumining ayrim xususiyatlari mujassamlashtirilgan g`azallarning morfologik tahlilini ko`rib o`tamiz. Negaki, bu inson o`zining tafakkuri, ijod na`munalari va aql zakovati bilan bugungi kunda ham dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Navoiy g`azallarida ham aytib o`tganimizdek bo`lishsiz shakllarini tahlil qilamiz. Buni biz quyida keltirilgan “Kelmadi” g`azal orqali bilishimiz mumkin.
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.2
Biz Alisher Navoiyning keltirib o`tilgan “Kelmadi” radifli g`azalidagi baytni tahlil qiladigan bo`lsak, bu yerdagi kelmadi so`zi kel/ma/di tarzida asos va qo`shimchalarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Bu yerdagi kel (asos) + -ma (fe’lning bo`lishsiz shakli) +-di ( o`tgan zamon qo`shimchasi) bilan ifodalanib ish-harakatning bajarilmaganligini ifodalaydi.
Alisher Navoiyning g`azallaridan yana birida
Ki gardun xozini darkida ojiz,
Ko`zi ko`rmay mingidin birni hargiz3
Ushbu baytdagi “ko`rmay” fe’lini tahlil qiladigan bo`lsak, bu yerdagi so`z fe’lning ko`rmoq nomustaqil shakli hisoblanib, uning asosi ko`r so`zidan olingan. Ushbu asosga -may bo`lishsizlik kategoriyasi qo`shilib Ko`r/may bo`lishsiz fe`li yuzaga kelishini ko`rishimiz mumkin.
Hazrat Navoiy talqinida Shayx San’on qissasi nihoyatda ta’sirli chiqqan. Shoir qissa qahramonining tashqi va ichki qiyofasini jozibali tasvirlaydi. Shayxning ichki kechinmalari, dard-u alamlari, muhabbati yo`lida sobitligi g`oyat samimiy chizilgan. “Lisonut tayr”ni tugallar ekan Navoiy yozadi:

Adl bo`stonida yuz xayli tuyur,
Ko`rmasunlar zulum toshidin futur.4

Bu matnda asosiy e’tibor fe’lning bo`lishsizlik shakli bo`lgan “ko`rmasunlar


Ko`r (asos), -ma (bo`lishsiz shakli), –sun/lar ya’ni ( buyruq istak mayli) orqali ifodalangan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holatda xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki Alisher Navoiy asarlarida fe’l so`z turkumidan foydalanish, ulardan o`z o`rnida mohironalik bilan foydalanganligini ko`rishimiz mumkin. Bu orqali esa buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning qay darajada yuksak ilm va aql-zakovat egasi ekanligini bilib olishimiz va so`zlarni o`z o`rnida qo`llaganligini ko`rishimiz mumkin. Tilimizda bo`lishsizlik shaklining ishlatilishi badiiy ekspressivlikni ta’minlaydi. Fe’llarning har bir kategoriyalini to`g`ri va o`z o`rnida qo`llay olish har bir pedagoglarning mahoratini belgilab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


  1. Sayfullayeva.R, Mengliyev.B, Boqiyeva.G, Qurbonova.M, Yunusova.Z, Abuzalova.M “Hozirgi o`zbek adabiy tili” Toshkent 2009 b.197

  2. X.Davron kutubxonasi. www.kh-davron.uz

  3. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” “badiiy adabiyot nashriyoti”, T 1964 b.114

  4. A.Navoiy “Lisonut tayr” “Adabiyot va san`at nashriyoti” T 1984 b.197



1 R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova “Hozirgi o`zbek adabiy tili” Toshkent 2009 b.197



2 X.Davron kutubxonasi. www.kh-davron.uz

3 Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” “badiiy adabiyot nashriyoti”, T 1964 b.114

4 A.Navoiy “Lisonut tayr” “Adabiyot va san`at nashriyoti” T 1984 b.197

Download 18,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish