omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi.
Xeksher-Olinning ishlab
chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko‘ra, turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy
narxidagi farq, o‘z navbarida ular o‘rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish
omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining
barcha kamchiliklari va
mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro savdoning rivojlanishini
tushuntiruvchi eng mashhur nazariyalarning biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun
ham bu nazariyaning turli mamlakatlar, tovarlar va
ishlab chiqarish omillariga
nisbatan ulkan statistik massivlar yordamida empirik yo‘llar bilan tekshirilishiga
ajablanmasa ham bo‘ladi.
Ba’zi empirik testlar nazariyani tasdiqlar, boshqalari rad etar edi.
Xeksher-
Olin-Samuelson xulosalarini rad etgan tadqiqotlarning eng mashhuri 1953 yilda
kelib chiqishi Rossiyadan bo‘lgan amerikalik olim Vasiliy Leontev tomonidan
amalga oshirilgan.
Leontev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari
amalda bajarilmasligini ko‘rsatib berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH eng
boy va kapital serob bo‘lgan mamlakatlarning biri bo‘lib, boshqa mamlakatlar bilan
solishtirganda mehnatga haq to‘lash me’yori ham yuqori bo‘lganligi
bois ishlab
chiqarish omillari nisbiy nazariyasiga muvofiq ravishda kapital sig‘imli tovarlarni
eksport qilishi kerak edi. Leontev bu gipotezani tekshirish uchun 1 million dollar
qiymatiga ega bo‘lgan eksportga mo‘ljallangan tovarlar va shuncha qiymatli import
bilan bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va
ishchi kuchi zarurligini hisoblab chiqdi. U har bir sanoat tarmog‘i kapital va ishchi
kuchi sarfini hisobladi, bunda faqatgina tayyor mahsulotlar (masalan, avtomobillar)
bilan cheklanmadi, balki oraliq mahsulotlar (po‘lat, oyna, rezina) uchun ham kerakli
hisob-kitoblarni amalga oshirdi. Shundan so‘ng AQSHning 1947 yildagi eksport
tarkibidan foydalangan holda 1 million dollar summadagi
eksport tovarlarga
sarflangan kapital va mehnat xarajatlarining nisbatini hisoblab chiqdi. Leontev
AQSHning shu yildagi import tarkibi bo‘yicha (import tovarlari ro‘yxatiga AQSHda
ishlab chiqarilmaydigan tovarlar kiritilmadi) import o‘rnini bosuvchi AQSH
tovarlarini ishlab chiqarishga sarflangan kapital va mehnat
xarajatlari nisbatini
aniqladi.
Amalda bir birlik AQSH importini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital
va mehnat nisbati -
Do'stlaringiz bilan baham: