“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini 
rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga 
erishuv yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati 
Islom dini diyorimizda qaror topgandan keyingi davrdagi ilm­fan va 
madaniyat taraqqiyoti alohida bir bosqichni tashkil qilib, u bevosita 
islomiy ilmlar rivoji bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’rinda yana shuni 
ta’kidlash kerakki, yuksak madaniy mentalitet va ilmiy salohiyatga ega 
xalqimiz yangi kirib kelgan islom diniga ham yuksak madaniyat sohiblari 
sifatida ijodiy yondashdi. Binobarin, diyorimiz ahli bu dinning tom 
ma’noda insonparvar farahbaxsh, bunyodkorlik g’oyalari faqat 
yaxshilikka, ezgulikka, taraqqiyotga, insonning maьnaviy kamolotiga 
karatilganligini tez idrok etib, uning hayotiy asl mazmun­mohiyatini 
teran angladilar. SHu boisdan ham bu muborak dinga nafaqat ibodat 
qilish, bir qator islomiy urf-odatlar, marosimlarni bekami­ko’st ado etish 
bilan birga unga ilmu­irfon, mukammal nazariya, hayotiy falsafa va 
ta’limot sifatida yondashdilar. Boshqacha qilib aytganda bizning 
zaminimizda islom diniga munosabat ilk davrlaridan e’tiboran chuqur, 
fundamental ilmiy asosga tayanib, amalga oshirildi. Bu munosabat o’z 
navbatida islom dinining asosiy manbalari Qur’oni karim va janob 
Paygambarimiz 
Muhammad 
alayhissalomning 
hadisi 
shariflarida 
keltirilgan ulug’ g’oyalar bilan to’la ham ohangdir. SHu boisdan ham bu 
jarayon har bir mo’min-musulmonning ilmli, ziyoli, ma’rifatli bo’lishi, 
ilmning xosiyatlari va fazilatlari haqidagi Qur’oni karimdagi 
ko’pdan­ko’p oyatlar va ayniqsa, ilmu ziyoning inson uchun o’ta 
zarurligi xaqidagi Rasulullohning ko’rsatmalari, xususan, Sarvari 
olamning «eng yaxshi ibodat ilm olmoqlikdir», degan muborak hadislari 
bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirildi. Ilmli, ma’rifatli bo’lishlik 
zudlik bilan muayyan qoidalar va dasturlarni ishlab chiqish, oxir­oqibatda 
o’z davrining dorilfununlari hisoblangan madrasalarni ochilishi bilan bu 
jarayon faoliyati o’z samarasini bera boshladi. E’tiborli tomoni shundaki, 


58 
musulmon olamidagi dastlabki madrasalar VIII asrning oxirlarida o’sha 
davrdagi yirik shaxarlar - ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, 
Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, SHosh (Toshkent), Farg’ona, 
Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko’rsata boshladi. Bu 
fikrimizga dalil sifatida taniqli tarixchi Mirza Muhammad Boqir al-
Xavansoriy al-Isfahoniy o’zining «Ravzot al-jannat fi ahvol al-ulamo 
vas-sodat» 
(«Olimlar ea sayyidlarning ahvollari haqida jannat 
bo’stonlari») nomli asarida «musulmon olamida dastlabki madrasalar 
Buxoroda ochilgan edi», deb ta’kidlaganini ko’rsatish mumkin. Diniy 
ilmlar majmuasi, islomiy madaniyat va ma’rifat mukammal tarzda 
o’rgatilgan ushbu o’quv dargohlarida dunyoviy ilmlar xam chuqur 
o’rganilardi. Bu ilm maskanlarida nafaqat mahalliy yoshlar balki, 
sharqning turli mamlakatlaridan kelgan ko’pdan­ko’p talabalar ham diniy 
va dunyoviy ilmlardan tahsil olardilar. Islom olamidagi madrasalar tarixi 
bo’yicha salmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borgan iroqlik yirik olim Nojiy 
Ma’rufning yozishicha, «VIII asrning oxirlaridayoq Buxorodagi imom 
Abu Hafs al­Kabiyr al­Buxoriy (767­832) madrasasida (bu o’quv 
dargohlari «Madrasat hafsiyya» nomi bilan atalgan) musulmon olamining 
ko’plab mamlakatlaridan kelgan tolibi ilmlar saboq olganlar». Ushbu 
madrasa qoshida boy kutubxona, maxsus qiroatxona mavjud bo’lib, 
talabalar oylik maosh (stipendiya), ko’p hollarda esa oziq­ovqat bilan 
ham ta’minlanganlar. Keyinchalik esa egallagan ilmini yanada 
takomillashtirish, uni kamoliga yetkazish maqsadida boshqa o’lkalarga, 
xususan, SHarq mamlakatlaridagi dovrug’i dunyoga tarqalgan ilmiy 
markazlarga safarlar qilish odat tusiga kira boshlagan. Bu amalga 
oshirilgan katta ilmiy­ma’rifiy ishlar, albatta, o’z samarasini ko’rsatmay 
qolmadi. Tez orada diyorimizdan turli ilmlar bo’yicha olamshumul 
yutuqlarga erishgan buyuk allomalar yetishib chiqdilar. Ulardan 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Ahmad al-
Farg’oniy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabilarning aniq va 
tabiiy fanlar bo’yicha yaratgan bebaho ixtirolari va kashfiyotlari 
yurtimizning dovrug’ini butun dunyo bo’ylab taratdi. 
Ma’lumki, islomiy ilmlar (tafsir, hadis, fiqh, kalom va hokazo) 
bo’yicha Movarounnahr va Xurosondan chiqqan olimlarning yaratgan 
asarlari va ta’limotlari islom dini taraqqiyotida alohida ahamiyatga 
egadir. Bu o’rinda zaminimizdan chiqqan ko’plab buyuk mufassirlar va 
Qurьon hofizlari bilan har qancha faxrlansak arziydi. Islomiy ilmlar 
Allohning kalomi - Qur’oni karimga asoslangan va u bilan bevosita 
bog’liq ilmlardir. SHulardan eng muhimi tafsir ilmi hisoblanadi. Yaxshi 
ma’lumki, Qur’oni karimni o’qib, uni mazmun­mohiyatini to’la darajada 
tushunish har qanday kishiga bir muncha og’irlik va murakkablik 
tug’diradi. Buning sababi shuki, muqaddas Kitob suralari va oyatlari 
zamiridagi ilohiy mazmunni anglash katta bilim talab qilish bilan bir 


59 
qatorda, bu Kitob uslub va til nuqtai nazaridan ham g’oyatda murakkab 
manba hisoblanadi. SHuning uchun ham odamlar Kalomullohni chuqur 
idrok etish uchun va mazmun mohiyatiga imkon qadar to’liqroq yetishish 
uchun unga tafsirlar yozilgan. Qur’onni tafsir etuvchilarni mufassirlar 
deyiladi. Bu iborani arabchadan o’zbek tiliga tarjima qilsak, tafsir 
etuvchi, sharhlovchi, izohlovchi degan ma’nolarni anglatadi. SHu nuqtai 
nazardan mufassirlar Qur’onni ilmiy asosda sharhlab, kishilarga 
tushunarli tarzda yetkazib berganlar. Agar mufassirlar tarixiga nazar 
solsak, bizning yurtimizdan ham tafsir ilmi bilan shug’ullangan bir qator 
mufassirlarni ko’rish mumkin. X asrda faoliyat ko’rsatgan samarqandlik 
taniqli olim Abul Lays as­Samarqandiy (913­985) fiqh, usul, aqida, 
tasavvuf bo’yicha ko’plab asarlar yaratgan. Lekin bu olimning eng 
mashhur asari Qur’oni karimga yozilgan tafsiri «Bahr ul-ulum» («Ilmlar 
dengizi») nomli asari bo’lib, u «Tafsir Abul Lays» nomi bilan ham 
mashhur. Tafsir ilmida muhim hisoblangan bu asarning qo’lyozma 
nusxalari Qohirada va Toshkentda saqlanib, uning Misr olimlari 
tomonidan 3 jilddagi nashri tayyorlanib, u 1993 yili Bayrutda chop 
etilgan.
Xorazmlik buyuk alloma Mahmud az­Zamaxshariy (1075­1144) 
hadis, fiqh, arab tili (nahv­sarf), odob­axloq, geografiya, aruz kabi 
ilmlarga oid oltmishga yaqin asarlar yozgan bo’lib, ularning orasida 
allomaning Qur’oni karimga bag’ishlangan «al­Kashshof» nomli tafsiri 
alohida o’rin egallaydi. U bu tafsirida arab tilining balog’ati va fasohati 
hamda lug’aviy imkoniyatlaridan g’oyatda katta mahorat bilan 
foydalangani barcha olimu ulamolar tomonidan yuqori baholanib keladi.
Yurtimizdan chiqqan taniqli mufassirlardan yana biri Abul Barakot 
an­Nasafiy (1232­1310) bo’lib, uning qalamiga mansub «Madorik 
at­Tanziyl an haqoiq at­ta’vil» nomli qimmatli tafsirni aytish mumkin. Bu 
tafsirning qo’lyozma nusxalari arab mamlakatlarida, shuningdek
Londondagi «Britaniya kutubxonasida» ushbu tafsirning o’n ikkita 
qo’lyozma nusxasi saqlanishi ham uning ilmiy­amaliy qimmati yuqori 
ekanligini ko’rsatadi.
«Ash­Shayx ar­rais» degan o’ta yuksak ilmiy maqomga sazovor 
bo’lgan, tabobat, falsafa va mantiq ilmlarining allomasi hisoblangan Abu 
Ali ibn Sino (980­1037) hazratlari o’z samarali ilmiy ijodiy faoliyati 
davrida Qur’oni Karimning bir qancha suralariga tafsir yozganlari ham 
ilm ahllariga yaxshi ma’lum. Toshkentda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
SHarqshunoslik 
institutida 
Qur’onning uchta oxirgi («al­Ixlos», 
«al­Falaq», «an­Nos») suralariga Abu Ali ibn Sino tomonidan yozilgan 
tafsirning qo’lyozma nusxalari saqlanadi. Londondagi «Britaniya 
kutubxonasi»da esa buyuk vatandoshimizning o’n bitta muborak 
suralarga yozgan tafsirlarining qo’lyozmalari mavjud ekan. 


60 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish