56
VIII asrning 70-80 yillarida Movarounnahrda Arablarga qarshi qo’zg’alon
ko’tarildi. Bu qo’zg’alon “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni deb atalib o’nga Marvlik
hunarmand Xoshim ibn Haqim rahbarlik qildi. U “Muqanna” ya’ni niqobdor
laqabini olgan, u savodli va bilimdon shaxs bo’lgan. Qo’zg’alon Marvda
boshlanib tez orada So’g’d, Qashqadaryo vodiysiga yoyiladi. Kesh shahri
yaqinidagi som qal’asi qo’zg’olon markazi bo’lgan. Oq kiyimliklar harakati
kengayib xalq harakatigaaylanadi. Bu qo’zg’olonni bostirish uchun xalifa katta
kuch to’playdi, ammo ko’zg’olonchilardan katta talofat olib,
Samarqandga
chekinadi. Qo’zg’olon 776 yilda Buxoroga yoyildi. Narshah qal’asi
qo’zg’olonning markaziga aylanadi. Son jihatidan ustun arablar Narshox
qal’sini egallab, qo’zg’olon raxbarini o’ldiradilar. Arablar endi qo’zg’olon
markazi bo’lmish Samarqand va Kesh viloyatlariga katta kuch bilan yurish
boshlaydilar. Oq kiyimliklar arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nixoyat
qo’zg’olonchilar yengilib Samarqand shahri bosib olinadi. Kurashning ohirgi
bosqichi Kesh vodiysida tog’lar orasida bo’ladi. Som qal’asi uzoq muddat
kamaldan so’ng taslim bo’ladi. Muqanna o’zini
yonib turgan olovga tashlab
xalok qiladi. Sunday qilib 10 yil davom etgan Arab xalifaligini larzaga keltirgan
qo’zg’olon bostiriladi. Qo’zg’olonni yengilishiga sabab qo’zg’olonchilar
uyushqoqlik bilan harakat qilmadilar. Mahalliy zadogon dehqonlar arablar
tomoniga o’tib sotqinlik qildilar. Qo’zg’olonning uzoq davom etishi
qo’zg’olonchilarni tinka (madori) ni quritdi. Arablar qo’zg’olonchilarni
kuchlarini bilib har bir viloyatdaalohida-alohida ravishda bostirdilar.
Arab istilochilari Movarounnahrni bosib olgach, o’z hukmronligini
mustahkamlash uchun Islom dinini majburan qabul qildirishgaasosiy e’tiborni
qaratdilar. Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo’ysundirishda
yagona dinga-islom diniga birlashtirish xal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular
yaxshi tushunar edilar. Shu boisdan ular yerli aholining ma’naviy hayotida
muhim o’rin tutgan otashparastlik, Moniy, Budda
kabi dinlarni xurofot sohta
dinlar deb e’lon qildilar. Ayniqsa Movarounnaxr aholisining asosiy dini
xisoblangan otashparastlikka qarshi qattiq kurash olib bordilar. Ibodatxonalarini
vayron qilib o’rniga jome masjidlarini bino qildilar. Diniy kitoblar yoqib
yuborildi, din arboblari-koxinlar quvg’in qilindi.
Islom dinini qabul qilib musulmon bo’lgan aholiga dastlabki yillarda xiroj
va juzьya soliqlaridan ozod etilib, imtiyozlar berildi. Namoz o’qish uchun
masjidga borganlarga ikki dirhamdan pul berildi. Islomni qabul qilishdan bosh
tortgan aholidan jon boshi solig’i-juzya undirib olindi. Og’ir soliqlardan qutilish
uchun birinchi navbatdaaholining eng kambag’al katlami islomni qabul qildilar.
Biroq ular nomigagina musulmon bo’lib uzoq vaqtgacha o’z dinlariga
sodiqligicha qolganlar.
Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni
bosib olinishi
oqibatida mahalliy xalqni urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib
kelayotgan madaniyati poymol etildi. Istilochilar Movarounnahrning hamma
joylarida mahalliy din namoyondalarini, madaniyat,
adabiyot va ilm ahillarini
57
quvg’in qildilar va qatl etdilar. So’g’d yozuvida bitilgan diniy va shariy
kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo’q qildilar. Islom dini arab tili
va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi. Natijada
Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo’lib qoldi. Arablar
keltirgan va yerli aholi uchun mutloqo yot bo’lgan imloni o’zlashtirib savodxon
bo’lish uchun yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo’ldi.
Amir Kutayba 715 yili hozirgi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida unga
qarshi isyon ko’targan o’z askarlari tomonidan o’ldirilgan. Amir Kutayba
askarlariga qattiq qarshilik ko’rsatgan Xorazm, Termiz, Buxoro, Samarqand,
Farg’ona kabi Turkiston hududlari keyinchalik
Islom dinining eng yirik
markazlari bo’lib qoldi. Musulmon dunyosiga buyuk Xorazmiylar, Buxoriylar,
Termiziylar, Farg’oniy, Samarqandiylarni yetishtirib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: