6
tarixini ham shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganish imkoniga ega
bo’lamiz. Vatan tarixini yoritishda holislik, tarixiylik metodlari muhim
ahamiyatga ega. Holislik usuli tarixiy voqea, xodisalarni o’rganayotganda ular
bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir
istisnosiz butun majmuini
birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi.
Mustaqqillik tarixini holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek
olimlarining kuch-g’ayratlari bilan, -deb yozadi. Birinchi Prezident
I.A.Karimov,-tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo,
Temuriylar davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda
bajarib bo’lindi, hozir esaasosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona
va halol amalga oshirishdan iboratdir».
1
Tarixiylik usuli voqea, hodisalarni o’z davrining
aniq tarixiy sharoitidan,
o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda
o’rganishni taqozo etadi.
Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar
bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy
jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea,
hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu
paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday
asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini
bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga
tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak u birinchidan, qachon,
qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday
bosqichlarni bosib o’tdi.
Uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday,
degan savollargaaniq javob berish zarur bo’ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb,
o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb
qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda
porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali
o’tmishni yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik
yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi
zamonni shunchalik mukammal
tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Vatan tarixini o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar
bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish,
falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik,
matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Vatan tarixini
yaratishda beg’araz
ilmiy xulosalar va holislik, biror-bir mafkuraning sun’iy
ustuvorligiga yo’l qo’ymaslik va tariximizga insonparvarlik ko’zi bilan qarash
g’oyasigaamal qilinishi kerak. Vatan tarixini o’rganish va yoritishda uning
davrlarini ilmiy asosda tug’ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega.
1
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T., «O’zbekiston», 1997, 141-bet.
7
Sho’rolar xokimiyati yillarida chop etilgan O’zbekiston tarixiga oid
asarlar, darslik va boshqaadabiyotlarda tarixiy jarayonlar buzib talqin qilindi va
sun’iy tarzda tarixiy davrlar o’nlab topildi. O’zbekiston tarixini davrlarga
bo’lishda K.Marks, F.Engels va Lenin asarlari, KPSS s’ezdlari,
konferentsiyalari va partiya markaziy komiteti qarorlari nazariy asos bo’lib
xizmat qildi va o’lchov mezoni bo’ldi. Ko’p
hollarda tarixiy davrlarni
belgilashda xalqimizning tarixiy o’tmish jarayonlaridan kelib chiqqan holda
yondoshmasdan Rossiya olimlari asarlaridan ko’r-ko’ronaandoza ko’chirildi.
Vatanimiz tarixini Russiya tarixiga moslashtirish yo’lidan borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: