3.Vatan tarixini o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati.
O’zbekiston tarixini va umuman o’tmish avlodlarimiz tarixini o’rganishda
tarixiy manbalar muhim rol o’ynaydi.
Vatanimiz tarixiga oid manbalarni shartli tarzda ikkiga moddiy va
ma’naviy (yozma, xalq og’zaki ijodi namunalari) manbalarga bo’lishi mumkin.
1. Moddiy manbalargaarxeologik va antropologik ashyolar mehnat va
urush qurollari, uy-ruzg’or va zeb-ziynat buyumlari, muzey shaharlar, tarixiy
obidalar, yodgorliklar kiradi.
Misollar: mehnat va urush qurollari ajdodlarimiz eng qadimgi zamonlardan
tortib shu ko’ngacha ho’jalik va harbiy ishda ishlatish uchun yasagan
buyumlar-oddiy tosh qurollardan tortib, bugo’ngi kunda ishlatilayotgan eng
zamonaviy asbob-uskunalar. Turli davrlarda turli ustalar tomonidan yaratilgan
zeb-ziynat buyumlari. Afrosiyob kabi qadimiy shaharlar qoldiqlari, Samarqand,
Xiva, Buxoro va boshqa shaharlarda saqlanib qolgan tarixiy obidalar.
2. Ma’naviy manbalarga ota-bobolarimizning yillar davomida yaratilgan
yozmaasarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari kiradi. Yozma manbalar qadim
zamonlardan to shu kunlarga qadar ulug’ ajdodlarimiz, buyuk allomalar yozib
qoldirgan asarlar, turli yozma hujjatlar, arxiv materiallari, kitoblar, vaqtli
matbuot materiallar, kino-foto hujjatlar vahokazo.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi hayotini
o’rganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir
kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining
shakllanish jarayonlari o’z ifodasini topgan.
Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar yunon va rim manbalarida,
chunonchi, Geradotning «История» (M.1972), Ksenofontning «Греческая
История» (M.1935), Polibiyning «Всеобщая история» (M.1980-1989),
Arrianing «Поход Александра» (M., L., 1962), Strabonning «Геогроафия в 17
книгах» (M., 1964); Kurtsiy Rufning «История Александра Македонского»
(M., 1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar
tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarni to’plovchi I.V. Pyankovning
«Средная Азия в известиях античного историка Ктесия» (Dushanbe, 1975),
N.G.Gorbunovning «Фергана по сведениям античных авторов. История и
8
культура народов Средней» (L., 1976) kabi kitoblar ham Vatanimiz tarixini
o’rganishda yordam beradi.
Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvohliklar» (mil.avv.Iasr), «Ulug’
Xan xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» (milodiy V
asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimoliy podshoxliklar (Beyshi)
tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalarda Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar
bor. SHuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham Vatanimiz
tarixi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Vatanimiz tarixini o’rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati
katta. Qadimgi turk yozuvi to’g’risida S.E. Malovning «Памятники древне-
тюркский письменности» (M., 1951) va «Eniseyskaya pismennost tyurkov.
Tekst i perevodo’» (M., L.,1951), A. Sa’dullaevning «Qadimgi O’zbekiston ilk
yozma manbalarda» (T., 1996) asarlarida, Nasimxon Rahmonning «Turk
xoqonligi» (T., 1993) kitobida qimmatli ma’lumotlari bor. Turkiy xalqlar,
jumladan, o’zbek xalqining etnik tarixini o’rganishda Abulg’oziyning
«Shajarayi turk» (T., 1992), L.N. Gumilevning «Древние тюрки» (M., 1960),
Jabborovning «O’zbek xalqi etnografiyasi» (T., 1994) asarlaridan foydalanish
mumkin.
O’zbek xalqining o’rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-
madaniy hayotini o’rganishda Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri»
(T., 1993), Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» (T., 1968), Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» (T.,1960), M.
Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk. Uch jildlik»(T., 1960-1963), Abu
Toxirjonning «Samariya» (T.,1991), Narshahiyning «Buxoro tarixi» (G., 1991),
Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-mulk» (T.,1997), Amir
Temurning «Temur tuzuklari» (T., 1991), Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus
tarixi» (T., 1994) va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo’lib xizmat
qiladi.
Vatanimiz tarixini o’rganishda o’z davrida hokimiyat tepasida turgan
sulolalar tarixini yoritishga bag’ishlangan bir qator kitoblar-Shahobiddin an-
Nasaviyning «Siyrat as Sulton Jaloliddin Mangbo’rni» (T., 1999), Nizomiddin
Shomiyning «Zarafnoma» (T., 1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»
(T., 1997), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi. Ikki jildlik» (T., 1992), Xofiz
Tanish al-Buxoriyning «Abdullanoma» (T., 1999), Mulla Muhammad Solihning
«Shayboniynoma» (T., 1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy»
(T.,1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diqqatga sazovordir.
Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O’zbekiston
tarixini
o’rganishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo’lyozmalar fondi dunyodagi
eng yirik qo’lyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan
ziyod qo’lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan
ortiq Sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga
oid muhim qo’lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar xorijiy
9
mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu
qo’lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilinishi va
nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to’laroq, holisona yoritilishiga,
tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog’larning barham topishiga
ko’maklashadi.
O’zbekiston tarixiga doir tarixiy manbalar haqida ma’lumotlar B.
Ahmedovning «O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.,1991), T.
Saidqulovning «O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar» (T.,
1993) nomli kitoblarda ham to’laroq berilgan, o’quv jarayonida ulardan
foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |