“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI 
 
“O’ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI 
 
 
 
 
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN 
MA’RUZALAR KURSI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Andijon – 2018 
 



 
 
 
 
 
 
 



1-Modul: “O’zbekiston tarixi” fanining predmeti, uni o’rganishning 
nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. 
 
 
1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot ob’ekti. 
2. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning nazariy-metodologik 
tamoyillari 
3. Vatan tarixini o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati 
4.Yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashda O’zbekiston 
tarixini o’rganishning ahamiyati 
 
1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot ob’ekti. 
Mustaqil Vatanimiz O’zbekiston va o’zbek xalqi o’zining boy va 
sermazmun tarixiga ega. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Xitoy, 
Xindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga 
mashhurdir.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbek 
xalqining boy va qadimiy davlatchilik tarixi bor. O’lkamiz hududida dastlabki 
davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo 
bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib dunyo davlatchiligi rivojida 
yuksak darajaga ko’tarilgan.
O’zbeklar Somoniylar(819-1005), Chig’atoy ulusi(1227-1370), Temur va 
Temuriylar davlati(1370-1506)ning ijtimoiy siyosiy xayotida katta rol 
o’ynaydilar. 
O’zbeklarning 
ajdodlari 
Saljuqiylar(1028-1194) 
va 
G’aznaviylar(977-1186) davlatining xarbiy-siyosiy tayanchi bo’ldilar. 
O’zbeklar XVI asrning boshida SHayboniylar davlatiga(1500-1601) asos 
soldilar. Ashtarxoniylar(1601-1757) va Mang’itlar (1757-1920) davlatini ham 
asosan ular boshqardilar. Quqon(1709-1876) va Xiva(1512-1920) xonliklari 
ham o’zbeklarning davlati edi. 
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga 
o’lkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. O’zbeklar o’z tarixi davomida
o’zlariga qo’shni bo’lgan va ko’p vaqtlar bir davlat, masalan, Somoniylar, 
Temuriylar va x.k. tarkibiga kirgan tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar va turkmanlar, 
Eron va Afg’oniston xalqlari bilan yaqindan iqtisodiy va madaniy hamkorlikda 
bo’ldilar, ulardan nimalarnidir o’rgandilar, ularga nimalarnidir o’rgatdilar. 
O’rta asrlarda ikki daryo oralig’ida yaratilgan yuksak madaniyatni o’sha 
xalqlarning mushtarak madaniyati deb hisoblamoq kerak. Al-Forobiy va 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ibn-Sino va Abu Rayxon Beruniy, At-
Termiziy va Burxoniddin Marg’inoniy, Abdurazzoq Samarqandiy va Ulug’bek, 
Ali Qushchi va Bobur, Xofiz Tanish Buxoriy va Ahmad Donish singari ko’plab 
jahonga mashhur olimlar shu zaminda yetishdi. Ularning riyoziyot va falakiyot,
tibbiyot va falsafa, xadis va fiqh, tarix va adabiyot, xullas ilmning boshqa 
ko’p sohalari bo’yicha yaratgan asarlari bugun jahon ilm-fani xazinasiga ko’rk 
bo’lib turibdi. Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva va 



SHahrisabz kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi 
ziyoratgohga aylangan. Muqaddas yerimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo 
va Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan xalqaro 
hamkorlikka xizmat qilgan. 
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, o’lkamizda ming yillar 
davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o’tmishini 
«O’zbekiston tarixi» fani o’rgatadi. Xo’sh «O’zbekiston tarixi» fani qanday fan 
va bu fanning predmeti nimadan iborat? 
O’zbekiston tarixi umumjahon insoniyat tarixining ajralmas qismi bo’lib, 
qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlarini, ularning jahon tarixi 
taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini holisona va haqqoniy o’rganadi. 
«O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi 
zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy 
yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona
o’rganishdan iboratdir.
O’zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz 
mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish 
jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz 
tarixi o’zbeklarning xalq, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz 
qoldirgan boy ma’naviy Me’rosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki 
va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir 
davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lib qolganligini, qaramlik azobining 
naqadar ayanchli, mashaqqatli bo’lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy 
bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, 
jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng 
rejada o’rgatadi. 
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, 
mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, 
fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi 
faoliyatini o’rgatadi. 
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks 
ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. 
Har qanday fan kabi O’zbekiston tarixi fani ham o’zining g’oyaviy-nazariy 
asoslari, ilmiy ta’limotlari, metodi (usuli) va metodologik tamoyillariga ega. 
Bular O’zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat 
va milliy manfaati yo’lida nufuzining ortib borishida, Vatan tarixining haqqoniy 
yozilishi va tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida xizmat qiladi. 
Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning asarlari hamda O’zbekiston Prezidenti 
SH.M.Mirziyoevning ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik 
davrida qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy-
metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Birinchi Prezident Islom Karimov
tarixning muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini 



ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan 
boshlanadi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosida» degan teran falsafiy fikrlarni 
ilgari surdi. Uning tarix ilmiga oid nazariya va ta’limotlari hamda metodologik 
tamoyillari faqat ichki milliy doiradagi talabgagina emas, balki halqaro 
qoidalarga ham mos keladi. Tarixiy voqealarni o’rganishda qanday ilmiy-
nazariy metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sho’rolar 
davrida har qanday voqeani yoritishga kamfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, 
sinfiylik nuqtai nazaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga 
eksplutator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va 
qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allarga 
ajratildi. Mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat 
arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar 
jamiyat a’zolarining bir qismi kambag’allar va yo’qsillarni himoya qilgan holda 
ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. Buyuk olimlar, allomalar, 
ma’rifatparvar 
shoiru-ulamolar, 
yozuvchilar 
ikkiga 
materialistlar 
va 
idealistlarga bo’lindi. 
Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar sohtalashtirildi, o’tmishi 
qoralandi, ma’naviy Me’rosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi.Xalqimiz 
tarixining bu qadar sohtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning 
yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda 
hukmron bo’lgan totalitar tuzumning roli katta bo’ldi. Tarix esa uning 
xizmatkoriga, targ’ibotchisi va himoyachisiga aylantirilgan edi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish