1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“O’ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
MA’RUZALAR KURSI
Andijon – 2018
2
3
1-Modul: “O’zbekiston tarixi” fanining predmeti, uni o’rganishning
nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati.
1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot ob’ekti.
2. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning nazariy-metodologik
tamoyillari
3. Vatan tarixini o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati
4.Yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashda O’zbekiston
tarixini o’rganishning ahamiyati
1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot ob’ekti.
Mustaqil Vatanimiz O’zbekiston va o’zbek xalqi o’zining boy va
sermazmun tarixiga ega. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Xitoy,
Xindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga
mashhurdir.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbek
xalqining boy va qadimiy davlatchilik tarixi bor. O’lkamiz hududida dastlabki
davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo
bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib dunyo davlatchiligi rivojida
yuksak darajaga ko’tarilgan.
O’zbeklar Somoniylar(819-1005), Chig’atoy ulusi(1227-1370), Temur va
Temuriylar davlati(1370-1506)ning ijtimoiy siyosiy xayotida katta rol
o’ynaydilar.
O’zbeklarning
ajdodlari
Saljuqiylar(1028-1194)
va
G’aznaviylar(977-1186) davlatining xarbiy-siyosiy tayanchi bo’ldilar.
O’zbeklar XVI asrning boshida SHayboniylar davlatiga(1500-1601) asos
soldilar. Ashtarxoniylar(1601-1757) va Mang’itlar (1757-1920) davlatini ham
asosan ular boshqardilar. Quqon(1709-1876) va Xiva(1512-1920) xonliklari
ham o’zbeklarning davlati edi.
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga
o’lkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. O’zbeklar o’z tarixi davomida
o’zlariga qo’shni bo’lgan va ko’p vaqtlar bir davlat, masalan, Somoniylar,
Temuriylar va x.k. tarkibiga kirgan tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar va turkmanlar,
Eron va Afg’oniston xalqlari bilan yaqindan iqtisodiy va madaniy hamkorlikda
bo’ldilar, ulardan nimalarnidir o’rgandilar, ularga nimalarnidir o’rgatdilar.
O’rta asrlarda ikki daryo oralig’ida yaratilgan yuksak madaniyatni o’sha
xalqlarning mushtarak madaniyati deb hisoblamoq kerak. Al-Forobiy va
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ibn-Sino va Abu Rayxon Beruniy, At-
Termiziy va Burxoniddin Marg’inoniy, Abdurazzoq Samarqandiy va Ulug’bek,
Ali Qushchi va Bobur, Xofiz Tanish Buxoriy va Ahmad Donish singari ko’plab
jahonga mashhur olimlar shu zaminda yetishdi. Ularning riyoziyot va falakiyot,
tibbiyot va falsafa, xadis va fiqh, tarix va adabiyot, xullas ilmning boshqa
ko’p sohalari bo’yicha yaratgan asarlari bugun jahon ilm-fani xazinasiga ko’rk
bo’lib turibdi. Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva va
4
SHahrisabz kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi
ziyoratgohga aylangan. Muqaddas yerimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo
va Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan xalqaro
hamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, o’lkamizda ming yillar
davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o’tmishini
«O’zbekiston tarixi» fani o’rgatadi. Xo’sh «O’zbekiston tarixi» fani qanday fan
va bu fanning predmeti nimadan iborat?
O’zbekiston tarixi umumjahon insoniyat tarixining ajralmas qismi bo’lib,
qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlarini, ularning jahon tarixi
taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini holisona va haqqoniy o’rganadi.
«O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi
zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy
yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona
o’rganishdan iboratdir.
O’zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz
mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish
jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz
tarixi o’zbeklarning xalq, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz
qoldirgan boy ma’naviy Me’rosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki
va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir
davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lib qolganligini, qaramlik azobining
naqadar ayanchli, mashaqqatli bo’lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy
bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik,
jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng
rejada o’rgatadi.
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi,
mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik,
fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi
faoliyatini o’rgatadi.
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks
ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
Har qanday fan kabi O’zbekiston tarixi fani ham o’zining g’oyaviy-nazariy
asoslari, ilmiy ta’limotlari, metodi (usuli) va metodologik tamoyillariga ega.
Bular O’zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat
va milliy manfaati yo’lida nufuzining ortib borishida, Vatan tarixining haqqoniy
yozilishi va tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning asarlari hamda O’zbekiston Prezidenti
SH.M.Mirziyoevning ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik
davrida qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy-
metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Birinchi Prezident Islom Karimov
tarixning muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini
5
ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosida» degan teran falsafiy fikrlarni
ilgari surdi. Uning tarix ilmiga oid nazariya va ta’limotlari hamda metodologik
tamoyillari faqat ichki milliy doiradagi talabgagina emas, balki halqaro
qoidalarga ham mos keladi. Tarixiy voqealarni o’rganishda qanday ilmiy-
nazariy metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sho’rolar
davrida har qanday voqeani yoritishga kamfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik,
sinfiylik nuqtai nazaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga
eksplutator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va
qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allarga
ajratildi. Mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat
arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar
jamiyat a’zolarining bir qismi kambag’allar va yo’qsillarni himoya qilgan holda
ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. Buyuk olimlar, allomalar,
ma’rifatparvar
shoiru-ulamolar,
yozuvchilar
ikkiga
materialistlar
va
idealistlarga bo’lindi.
Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar sohtalashtirildi, o’tmishi
qoralandi, ma’naviy Me’rosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi.Xalqimiz
tarixining bu qadar sohtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning
yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda
hukmron bo’lgan totalitar tuzumning roli katta bo’ldi. Tarix esa uning
xizmatkoriga, targ’ibotchisi va himoyachisiga aylantirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |