Axmadjanova Muxtasarxon Anvar qizi Namdu talaba, Namangan viloyati. +998932632378



Download 34,3 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi34,3 Kb.
#784415
Bog'liq
Singapur Davlatini iqtisodiy rivojlanish tarixi


Axmadjanova Muxtasarxon Anvar qizi NamDU-
talaba, Namangan viloyati. +998932632378.
axmadjonovamuxtasar@gmail.com
Singapur Davlatini iqtisodiy rivojlanish tarixi,Singapur Davlatini Koronavirusni iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish borasidagi tadbirlari.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Singapur davlatini rivojlanish tarixi va koronavirusni iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish borasidagi qarashlarni yoritilgan.
Kalit so’zlar: inflatsiya, universal ko’nikmalar, konyuktura
Singapur -janubiy sharqiy osiyoda joylashgan,719,9km2 maydonga,6 million aholiga ega bo’lgan shahar davlat. Poytaxti - Singapur shahri. Rasmiy til(lar)-Ingliz, Xitoy, Malay va Indoneziya tillari.Ayni paytda, nufuzli siyosatchilar va iqtisodchilar fikriga ko’ra, XXI asrda rivojlangan, yashnagan, namunali davlatdir. Singapur asosan 7 ta asosiy taraqqiyot yo’nalishi – moliya, transport xizmatlari, logistika, shaharsozlik, sog’liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg’or ishlab chiqarishni tanlab olgan. Mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun o’z fondlarini ochishga qulay shart-sharoitlar yaratilgani bois osonroq bo’ladi. Kelajak iqtisodiyoti bo’yicha qo’mita chet el sarmoyasini jalb qilish usullarini imkon qadar soddalashtirish va normativ huquqiy hujjatlarni yanada qulaylashtirish fikrini ilgari surmoqda. Singapurning deyarli barcha yutuqlari bir kishi-islohatchilar asoschisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu nomi bilan bo’g’liq. Li Kuan Yu mamlakatda o’ttiz yil davomida bosh vazir lavozimida ishladi. Mamlakatda qimor o’yinlari taqiqlandi, alkogol ichimliklar faqatgina mahsus do’konlarda yuqori narxlarda sotiladi. Li Kuan Yu hukumatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosi qilib, Singapurni Janubiy Sharqiy Osiyodagi moliyaviy va savdo markaziga aylantirish, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishni belgilaydi. Buning uchun mumkin va mumkin bo’lmagan choralarni qo’llaydi. XIX asrdan boshlab, Singapur Britaniya kolloniyasi bo’lgan, shuning oqibatida Britaniyaning ta’siri, uning tili va an’analari hali ham seziladi. 63 ta orolda joylashgan ushbu davlat tabiiy resurslarga deyarli ega emas, hattoki Malayziya va Indoneziyadan ichimlik suvi va qurilish qumi sotib olib kelinadi. Shunga qaramay, Singapur endi banklar, osmono’par binolar, chiroyli yo’llar va dunyoning eng yaxshi soliq, ta’lim va -sog’liqni saqlash tizimlariga ega. ’’Biz har bir sarmoyadorni mamnuniyat bilan kutib oldik. Ishlab chiqarishni boshlash uchun, unga jon-jahdimiz bilan yordam qildik’’ , deb yozgan Li Kuan Yu o’z tarjima holida. Natijada ko’pgina xalqaro biznes yuritayotgan amerikalik va boshqa davlatlarning transmilliy kompaniyalari Singapurda keng ko’lamli yuqori texnologiyali, elektronli sanoat uchun zamin yaratdi va Singapurning iqtisodiyoti rivojlana bo
rdi. Li Kuan Yuni “iqtidorlarning rahnomasi” deyishar edi. U iqtidorli fuqarolarni ma’suliyatli lavozimlarga tayinlashga hech qachon ikkilanmagan. Bizning mamlakatimizda ham shu strategiya qo’llanilmoqda, ya’ni yosh kadrlarga o’z mahoratlarini ko’rsatib O’zbekiston rivojlanishiga hissa qoshishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Shu bilan birga, singapurda mansabni suiiste’mol qilish ham qattiq jazolangan. Mamlakat topayotgan pullarni birinchi navbatda harbiy kuch qudratga emas, salomatlik va ta’limga sarflay boshlaydi. Singapur bolalari jahonning eng samarali va yaxshi ta’lim tizimlari asosiga qurilgan maktablarda o’qiydilar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining “Asosiy universal ko’nikmalari’’ rey tingida 15 yoshdagi Singapurlik o’quvchilar matematika va aniq fanlar bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turishadi. Bu tashkilotning o’quvchilar savodxonligini baxolaydigan “PISA” testiga ko’ra so’ngi 5 yillikda Singapurlik talabalar “muammolarga yechim topish” imtihonlarida mutlaq yetakchilik qilishmoqda. Jumladan, 2017-yilning 25-dekabrida e’lon qilingan reyting buning isbotidir. Osiyolik mazkur qashshoq davlat jahonning beqiyos qazilma boyliklariga ega bo’lgan Yevropa, Shimoliy mintaqadagi barcha davlatlarni rivojlanishda ortda qoldirdi. Singapurda amaliy ishbilarmonlik muhiti, fuqarolar uchun qulay hayot tarzini yaratishga urinish g’ildirakni qayta kashf qilishdan farqlanadi.Singapur biror muammoga yechim topishda boshqa davlatning tajribasini yaqindan o’rganadi va o’zlashtirib oladi. Bugunga kelib Singapur jahonda rivojlangan mamlakatdir. Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulishi 53 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. O’zbekistonda esa 2019-yilda 424,1trln tashkil etgan. Singapurliklarning 90 foizi barcha sharoitlarga ega bo’lgan uy joylarga ega. Bu mamlakatda ishsizlik darajasi bor yog’I 2 foizni, o’rtacha ish haqqi 5808 singapur dollarlarini tashkil etadi. Bizning yurtimizda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etadi. Singapur dollorlarining qadri baland. Inflatsiya darajasi 0,4 foiz. O’zbekistonda inflatsiya darajasi yuqoriroq, ya’ni 13,5-15,5 foizni tashkil etadi. Meni fikrimcha yurtimizda inflatsiya darajasini pasaytirish uchun pul kridit siyosatini rivojlantirish kerak. Singapurda erkak va ayollar 62 yoshdan pensiyaga chiqishadi. Mamlakatimizda pensiya yoshi 57,5 yoshni tashkil etgan edi, lekin 1-apreldagi qonunga muvofiq endilikda pensiya olish yoshi qaytadan ko’rib chiqiladi, yoshlik chog’idan nogiron farzandi bo’lgan ayollarga pensiya yoshi 55 yosh etib belgilanadi. Singapurda bosh vazir topshirig’iga muvofiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o’rtasida muntazam ravishda biznes yuritishni osonlashtiruvchi xronologik kuzatuvlar, uchrashuvlar va debatlar o’tkazib boriladi. Agarda shunday islohotlar bizning yurtimizda ham qo’llanilsa yani tadbirkorlar,chet ellik sarmoyadorlar, taniqli biznesmenlar bilan uchrashuvlar, debatlar o’tkazilsa rivojlanish harakati yuqoriroq bo’lardi. Singapur jahon bankining biznes qilish qilish reytingida yetakchi hisoblanadi. Shuning uchun butun dunyodan bu mamlakatga sarmoyalar oqib keladi. Halollik – davlat taraqqiyotining o’zagi. Boisi, korrupsiya - “uchinchi dunyo” mamlakatlari mag’lub bo’layotgan yagona g’animdir. Bugungi Singapur asoschilarining xalq oldidagi yuksak xizmatlari ham anashu hislat bilan chambarchas bog’liq. Aytish mumkinki, o’tgan 50 yil ichida strategiya o’zini to’liq oqladi: mamlakat iqtisodiyoti dunyodagi eng evovatsion va biznesga ijobiy moyillikka ega bo’ldi. Singapurda hukumat hali hanuz jamiyatni nazorat qilish kerak deb hisoblashsada, so’ngi yillarda buning uchun yumshoqroq usullarni qo’llamoqda. “Singapur mo’jizasi” – ertak emas. Ular erishdimi, biz ham erishamiz. O’zbekistonda biznes uchun qulay sharoit yaratilmoqda, korrupsiya batamom yo’q bo’lish arafasida, ta’lim sifati hukumat e’tiborida, xalq salomatligiga katta ,mablag’ sarf etilmoqda, yosh va iqtidorli, sadoqatli kadrlar davlat boshqaruviga kelmoqda, hukumat boshqaruvidagi ahillikni har birimiz his qilyapmiz. Meni rivojlanmaslik va “o’zbek mo’jizasi’’ ni yaratmaslik uchun biror sababimiz yo’q.
Hozirgi kunda butun dunyoni o’rab ola boshlagan, jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to’xtatish orqali misli ko’rilmagan choralar ko’rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqaradi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo’lgan Singapur iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa oz navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo’yicha samarali oldini oluvchi choralar ko’rishni talab qiladi. Biz bilamizki, Singapur davlati turizm bo’yicha dunyoning rivojlangan davlatlari qatorida turadi, yanikim sayyohlar Singapurga juda kop tashrif buyurishadi, men 2017-yilni misol qilishim mumkin.O’sha yili Singapurga 17,4 mln xalqaro turistlar kelgan, 2019-yilda esa Singapur 19,1 mln sayyohni jalb qila oldi. Bundan ko’rinib turibdiki Singapur koronavirus pandemiyasi tufayli turizm bo’yicha ham zarar ko’rmoqda. Agarda bizning yurtimizda ham Singapur singari turizmni faqatgina ziyorat turizimi bilangina chegaralamay, turizmning barcha sohalarini rivojlantirishga erishsak, turoperatorlar tomonidan yangidan yangi loyihalar o’ylab topilsa va anashularni turizmda qo’llay olsak, ishonamanki sayyohlar soni ortadi. 2019-yilda yurtimizga tashrif buyurgan turistlar soni to’qqiz oy davomida 4,9 mln kishini tashkil etgan, bulardan ko’p sayyohlar Markaziy Osiyodan kelgan, barcha mamlakatlar singari O’zbekistonda ham bu yillik uchun tahmin qilingan turistlar soni pasayadi. Pandemiya tufayli barcha sohalarda kutilmagan o’zgarishlar ro’y beradi. Singapur Xitoyga yaqin bo’lishiga qaramasdan koronavirus tarqalishiga qarshi samarali kurashmoqda. Buning sababi- kassalikka chalinish bilan bog’liq barcha holatlarni kuzatib borish va diagnostika tizimlarini zudlik bilan joriy etish. Taniqli genetik Spenser Uellsning MIT Technology Review jurnalida yozilishicha, Singapur hukumati koronavirusning asl xafini tezlik bilan angladi va unga qarshi kurashish chora tadbirlarini ko’rdi.Koronavirus tarqalishidan transport,turizm va ular bilan bog’liq sohalar hamda mehmonxona,retoran va chakana savdo biznes zara ko’rmoqda. Singapur parlamenti 7-aprel kuni korona virus tarqalishining oldini olishga qarastilgan va odamlarning har qanday miqdorda to’planishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Unga ko’ra, bir poila a’zolari,qarindoshlar yoki do’stlarning mehmonga borishi, shunindek, jamoat joylarida uchrashishi taqiqlandi. Bu 6 oy davomida amal qiladi.
Singapurning yuqumli kasalliklar to’g’risidagi qonuniga binoan, taqiqni ilk marotaba buzganlar 10 ming Singapur dollari (7031 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortilishi yoki 6 oygacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin. Ikki va undan ortiq marta buzganlar uchun 20 ming Singapur dollari (14062 AQSH dollari) miqdorida jarimaga yoki 12 oygacha qamoqqa mahkum qilish jazosi ko’zda tutilgan. Hukumat qaroriga muvofiq, Singapurning 21 yoshdan katta bo’lgan har biur fuqarosi 600 Singapur dollarlari ($417) miqdorida mablag’ oladi. Singapur hukumati koronavirus epidemiyasi sababli biznes va aholiga uchinchi yordam paketini e’lon qildi. Buning uchun yaqin vaqt ichida zahira fondidan mablag’ ajratiladi, deb xabar berdi CNBC. Hukumat aprel oyi uchun maoshlarni to’lab berishga va’da berdi. Turli hisob kitoblarga ko’ra, buning uchun zahira fondidan 2,9 mlrd dollar atrofida mablag’ olinadi. Hisob raqamlari to’g’risida ma’lumot etganlarga pul hisob raqamlariga tushirib beriladi, qolganlar naqt pul oladi. Singapur moliya vaziri ushbu to’lovlarni olishdan o’z ixtiyori bilan voz kechgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. Uning so’zlariga ko’ra, bu pullar o’ta muhtojlarga beriladi. 3-aprel holatida Singapur hukumati maxsus murojat bilan chiqish qilib aholiga maktablardan tashqari, hayotiy zaruratga ega bo’lmagan barcha faoliyatlar to’xtatilishi haqida habar bergan edi, ammo ma’lum vaqtdan so’ng vaziyat o’zgarib maktablarga ham karantin e’lon qilindi. 20 mingga yaqin mehnat muhojirlari yashayotgan yotoqxonalar koronavirus infeksiyasi tobora avj olib borayotgani sababli ikki haftaga karantinga olingan. Shuningdek, hukumat tomonidan turli kompaniyalarga ishchilarining atiga 40 foizi qoidaga amal qilayotganini takidlab, ishchilarni uydan turib ishlash bo’yicha ko’rsatma berdi. Singapur koronavirus inqirozi paytida ijtimoiy ishdan bo’shatish va telekomunikatsiya qoidalariga rioya qilmagan kompaniyalar uchun mumkin bo’lgan jarimalar ustida ishlamoqda dedi mamlakatning ishchi kuchlari vaziri. Strait Times nashrining habar berishicha, ular xavfsizlikni kuchaytiruvchi choralarga amal qilmaganlar, bu ish beruvchilarga ishning tabiati ruxsat bergan joylarda telemahorat choralarini ko’rsatmaslik qonunga zid bo’ladi, deydi rasmiylar. Singapurning valyuta ma’muriyati hozirgi vaqtda iqtisodiyotning 1% dan 4% gacha pasayishini aytib o’tdi. Sayyohlik va aviatsiya sohalarida ham koronavirus tufayli zarar ko’rish oqibatlari bo’ladi. Yuqorida aytib o’tkanidek koronavirus pandemiyasi tufayli 6 oylik karantin paytida aholidan uy joylar uchun ham to’lovlar to’xtatib turiladi, ya’ni aholi o’z ahvolini to’g’rilab olgunga qadar sud ishlari amalga oshirilmaydi. Kasallikni oldini olish uchun Singapur barcha ijtimoiy ahamiyatsiz choralarni ko’rdi, bunga barcha ahamiyatsiz ish joylarini vaqtincha yopish va maktablarni bir oyga yopish, odamlarni, shuningdek, o’z uylaridan tashqarida boshqalar bilan muloqot qilishdan qochish kerakligi haqida hukumat tomonidan aholiga yetkazildi, qarorlar qabul qilindi. Shahar shtati, shunindek iqtisodiy zararni yumshatish uchun singapur yalpi va ichki mahsulotlarni qariyb 12 foizini yoki taxminan 41,7 mlrd dollarini tashkil etuvchi uchta ogohlantiruvchi paketni taqdim etdi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Singapurning harakatlarini namuna sifatida ko’rsatdi. Amalga oshirilgan ishlar chindan foyda berib Singapur kasallik tarqalishi ustidan nazorat o’rnata oldi. Shu bois, mamlakatda karantin yoki keskin choralar joriy qilindi.Singapurga koronavirus epidemiyasi kirib kelishining asosiy sababi chetdan kelganlar bilan muloqotni cheklamaganida bo’ldi. Chunki kasallik hech qanday alomat bo’lmagan odamlardan ham yuqishi isbotlandi. Singapur “Iqtisodiy xavfsizlik indeksi – 2019” reytingda 21-o’rinni egallagan. Bu mamlakat kuchli iqtisodiyot, siyosiy xavf xatarlar, mukammal infratuzilma va korrupsiya darajasi pastligi tufayli 130 ta mamlakat o’rtasida 21- o’rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus tarqalishini oldini olish bo’yicha tezkor choralar ko’rildi. “Biz hukumatimizga ishonamiz, inqirozda ular tomonidan amalga oshirilgan har bir ish juda shaffof tarzda olib borilmoqda. Hukumat qanday choralarni ko’rsa ham, biz ularga rioya qilamiz”, deydi Singapurlik Konigle kompaniyasi tahlilchisi Konstans Tan. Biroq, o’z-o’zini izolyatsiya qilish qoidalarini buzadiganlar ham bor. Ulardan passport va ish ruxsatnomasi olib qo’yiladi. “Umuman olganda, hukumat aholi bilan hamjihatlikda ishlaydi. Shuning uchun biz qandaydir sabab bilan jamiyatda tartibsizliklar yuz berishi, odamlar ko’chalarda o’lib ketishi yoki iqtisodiyotda beqarorlik kelib chiqishi to’g’risida tashvishlanmasak ham bo’ladi”, deydi Tan. “Boshqa odamlar singari men ham ushbu inqirozdan omon chiqsak, yanada kuchayamiz, deb o’ylayman. Bu, albatta, singapurliklar uchun navbatdagi istiqbollarni ochadigan yangi texnologiyalarni joriy etishga olib keladi”, deydi singapurlik Jastin Fong.
Darhaqiqat, Singapur iqtisodiy rivojlanish mo’jizasini tan olmaslikni iloji yoq. Qisqa vaqt ichida oddiy shahardan mamlakat maqomiga o’z kuchi va xalqining matonati bilan erishganiga tarix guvoh. Koronavirus faqat sog’lik sohasidagi muammo emas, u iqtisodiy krizisning boshlanishi, xalqaro turizm sohasi faoliyatini karantin tufayli to’xtatilishi kabi muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan muammolarni hal etishga butun dunyo bor kuchi bilan kurashmoqda. O’zbekistonda ham pandemiyaga qarshi kurashilmoqda, aholini sog’lig’ini saqlash uchun sharoitlar yaratilmoqda. Uydan ko’chaga chiqish taqiqlandi, ya’ni faqatgina zarurat tufayli chiqish kerakligi aytildi. Shunday og’ir vaziyatda Singapur davlati koronavirusni iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish bo’yicha choralarni ko’rdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” (2000-2005) ma’lumotlari.
2.”Normamat Allayorov” iqtisodiyot fanlari nomzodi maqolasidan.2019-yil
3.”ALJAZEERA va NEWS AGENCIES” habarlaridan.2019-yil

https://www.aljazeera.com/ajimpact/singapore-announces-36bn-support-measures-economy-200406081614716.html



https://www.cnbc.com/2020/04/08/economic-impact-of-coronavirus-will-last-a-long-time-singapore-minister. html



[Выберите дату]



Download 34,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish