2. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning nazariy-metodologik
tamoyillari
O’zbekiston tarixini o’rganishda, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri
yoritishda bir qator nazariy-metodologik tamoyillardan foydalaniladi.
Dialektik usul ana shunday tamoyillardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat
taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yahlit, unda sodir
bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz
harakatda, ziddiyatli taraqqiy yotda bo’ladi, deb ta’lim beradi. Dialektikaning
bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotelь,
Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Dekart, Spinoza,
Gegel, Gertsen va boshqalarning xizmati katta. Ular tabiat, tarixiy va ma’naviy
dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib,
taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishida olib o’rganish
metologiyasini yaratdilar.
Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari,
qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan.Shu sababdan
O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda, bir xalqni
ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish taqozo etiladi.
Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa
xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekiston xalqlari
6
tarixini ham shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganish imkoniga ega
bo’lamiz. Vatan tarixini yoritishda holislik, tarixiylik metodlari muhim
ahamiyatga ega. Holislik usuli tarixiy voqea, xodisalarni o’rganayotganda ular
bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini
birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi.
Mustaqqillik tarixini holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek
olimlarining kuch-g’ayratlari bilan, -deb yozadi. Birinchi Prezident
I.A.Karimov,-tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo,
Temuriylar davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda
bajarib bo’lindi, hozir esaasosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona
va halol amalga oshirishdan iboratdir».
1
Tarixiylik usuli voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan,
o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda
o’rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar
bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy
jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea,
hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu
paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday
asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini
bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga
tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak u birinchidan, qachon,
qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday
bosqichlarni bosib o’tdi. Uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday,
degan savollargaaniq javob berish zarur bo’ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb,
o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb
qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda
porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali
o’tmishni yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik
yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal
tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Vatan tarixini o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar
bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish,
falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik,
matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. Vatan tarixini
yaratishda beg’araz ilmiy xulosalar va holislik, biror-bir mafkuraning sun’iy
ustuvorligiga yo’l qo’ymaslik va tariximizga insonparvarlik ko’zi bilan qarash
g’oyasigaamal qilinishi kerak. Vatan tarixini o’rganish va yoritishda uning
davrlarini ilmiy asosda tug’ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega.
1
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T., «O’zbekiston», 1997, 141-bet.
7
Sho’rolar xokimiyati yillarida chop etilgan O’zbekiston tarixiga oid
asarlar, darslik va boshqaadabiyotlarda tarixiy jarayonlar buzib talqin qilindi va
sun’iy tarzda tarixiy davrlar o’nlab topildi. O’zbekiston tarixini davrlarga
bo’lishda K.Marks, F.Engels va Lenin asarlari, KPSS s’ezdlari,
konferentsiyalari va partiya markaziy komiteti qarorlari nazariy asos bo’lib
xizmat qildi va o’lchov mezoni bo’ldi. Ko’p hollarda tarixiy davrlarni
belgilashda xalqimizning tarixiy o’tmish jarayonlaridan kelib chiqqan holda
yondoshmasdan Rossiya olimlari asarlaridan ko’r-ko’ronaandoza ko’chirildi.
Vatanimiz tarixini Russiya tarixiga moslashtirish yo’lidan borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |