“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashda O’zbekiston



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
4.Yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashda O’zbekiston 
tarixini o’rganishning ahamiyati. 
O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim 
berish bilan chegaralanib qolmaydi. U yoshlarni vatanparvar ma’naviy jihatdan 
komil fuqaro etib shakllantirishda xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi “Har bir 
fuqaroni boy madaniy merosimizni qadrlashga, asrab-avaylashga, yurakdan 
iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmishi merosimizdan madad va 
ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, 
bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga 
undaydi”
1
. Mustaqillik davrida O’zbekiston tarixida burilish pallasi, ma’muriy 
buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan xoli, demokratik tizimga o’tish 
davri boshlandi. Millatimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz lozim. 
Chunki to’g’ri tarix to’g’ri tarbiyani yo’lga solib turadi. To’g’ri tarixiy dalil 
ishonchli hujjat sifatida nishonga kishining qalbiga va ongiga aniq yetib boradi. 
Xalqning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi va mustahkamlaydi. Kelajagi 
bundanda buyuk davlat qurishga kirishgan xalqimiz uchun o’z tarixini bilishi 
shuning uchun ham juda zarur. 
Olis o’tmishimiz va yaqin kechmishimizda yuz bergan voqea-xodisalarni 
chuqur bilib, ulardan tegishli xulosa va saboqlar olishimiz bugunimiz uchun 
asqotadi, kelgusida esa o’tmishda yo’l qo’yilgan xato va nuqsonlarni 
takrorlamaslikning oldini oladi. Tarixiy saboq himoyalanish, to’g’ri yo’lni 
belgilab olish ahamiyatiga ham egadir. Buyuk davlatimiz ildizlari chuqur tomir 
otgan qadimiy zaminda qurilmoqda, buni bilmoq har qaysi insonga ruh 
bag’ishlaydi. Xalqimizning, davlatchiligimizning o’tmishi shonli va shukuhli 
ekan, demakki, kelajagi ham yanada porloq bo’lishi aniq. Bunda avlodning 
ajdodga vorisligi asosiy omildir. Bugungi O’zbekiston respublikasi qadim 
Turon va Turkiston mamlakatining, shu zaminda vujudga kelgan barcha 
davlatlarning bevosita vorisidir. Shunday ekan bugungi yoshlar mustaqillikni 
asrab avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizning keyingi avlodlariga yanada 
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. Toshkent: O’zbekiston, 1998. 371-b. 


10 
qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazishi ularning 
sharafli burchidir. 
Tarixning quroli- ma’rifat va ma’niviyatdir. Ma’naviy barkamollikni 
tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. Birinchi Prezident 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ma’naviyat-o’z xalqining tarixini, uning 
madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina 
qudratli kuchga aylanadi.”
2
. Insonda tarixiy xotira o’z Vatani tarixini, o’z xalqi 
ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Tarix fani olam yagona va yaxlit, 
O’zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bo’ladigan voqea xodisalar 
umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi xususida to’g’ri 
tasavvur tushunchalarini shakllantiradi.
O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, 
barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi 
tahdid va havflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, 
ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e’tibor qaratish har 
qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat 
farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat 
etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi”, deb ta’kidlaydi. Yosh 
avlodning ta’limi, tarbiyasi haqida gapirganda alloma Abdurauf Fitratning 
quyidagi fikrlari: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand 
bo’lishi, baxtli bo’lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib 
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va 
qul, asir bo’lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”, 
degan purma’no gaplari naqadar haqiqatdir. Bugungi murakkab globallashuv 
davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini 
asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli
g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini
har tomonlama chuqur, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak
avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar 
etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
“O’zbekiston tarixi” fanining vazifasi:
– Vatanimiz hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab bo’lib
o’tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda haqqoniy manbalarga
tayangan holda tahlil qilish, o’rgatish, ularning sabablari va mohiyatlarini 
talaba yoshlarga ochib berish, tarixiy saboq chiqarishini kuchaytirish;
2
Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. 137-bet. 


11 
– tarixning turli davrlarida mamlakat iqtisodiy va madaniy ravnaqi 
uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug’ sarkardalar, ilm-fan hamda 
madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar faoliyatini o’rganish, fahr va 
o’rnak olish asosida yoshlarimizni millatparvarlik ruhida tarbiyalash;
– tarixiy xotira asosida yoshlarimizni “Biz hech kimdan kam emasmiz va 
kam bo’lmaymiz”, “Biz faqat o’z bilimimiz, iqtidorimiz, iste’dodimiz, 
kuchimiz, mehnatimizga ishonamiz”, “Vatanimiz-faxrimiz, gullab-yashnashi, 
taraqqiyoti uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Kelajak yoshlar qo’lida”, “Biz-
Vatanga tayanchmiz” kabi bunyodkor g’oyalar ruhida tarbiyalash;
– hozirgi kunda mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar va juda 
ko’plab bo’layotgan zamonaviy o’zgarishlar mohiyatini, huquqiy-
demokratik jamiyat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida 
ularning faolligini oshirish yo’lidagi yangiliklarni, 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha 
“Harakatlar strategiyasi”ning bajarilishi, O’zbekistonning yanada taraqqiy 
etishi, jahon hamjamiyati bilan kuchli integratsiyalashuvi jarayonlarini
yoshlarga yetkazish va bevosita o’zlarining ham shu harakat a’zolari ekanligini 
ta’kidlab bor kuch va imkoniyatlarini Vatanining rivojlanishi uchun hissasini 
qo’shish kerakligini qalbiga joylash. Ularning faolligini oshirish, yuksak 
ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur ilmga ega 
bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash; 
“O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishda talabalarda fan bo’yicha zarur 
ko’nikma xosil bo’lishida va kelgusi yetuk mutaxassis bo’lib yetishida quyidagi 
ustuvor yo’nalishlar samara beradi deb o’ylayman: 
 
1. O’zbekiston tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. O’lkamiz hududlari 
eng qadimgi davrlardan boshlab jahon tsivilizatsiyasi o’choqlaridan biri 
hisoblanib, bu yerda dunyo tsivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-
madaniy jarayonlar bo’lib o’tgan. O’lkamiz hududlaridan dunyo tsivilizatsiyasi 
tarixiy taraqqiyotida o’chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu, 
sarkardalar yetishib chiqqanlar. Bular haqida talabalarga ko’proq ma’lumotlar 
berishda turli mavzularga oid taqdimotlardan keng foydalanish samarali natija 
beradi. 
2. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitish jarayonida mamlakatimizda faoliyat 
ko’rsatayotgan tarixchi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini, jumladan xalqaro, 
respublika jurnallarida chop etilgan materiallaridan ham dars jarayonida 
muntazam samarali foydalanishni, yangiliklar bilan yashashni tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir. 
3. Ma’lumki, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonga o’ziga xos 
bo’lgan innovatsion yondashuvdir. O’qitishning va’zxonlik, og’zaki bayon 


12 
qilish usullarini me’yorlashtirib, kompьyuterlar yordamida ta’limning texnik 
vositalari yordamida o’qitish o’quvchi bilish faoliyatining boshqaruvchisi, 
tashkilotchisi, maslahatchisi yakuniy natijaga erishishi, ustoz yordamida 
talabalarning ko’proq mustaqil ishlarini tashkil etish, talabalarning, yoshlarning 
mustaqil, erkin fikrlashini kuchaytirish zarurdir. CHunki jahonning yetakchi 
davlatlari andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash 
hozirgi davrning talabidir. 
4. “O’zbekiston tarixi”ni o’qitish jarayonida so’nggi zamonaviy kompyuter 
texnologiyalaridan, ovozli tarixiy o’quv qo’llanmalar, videoroliklardan samarali 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
5. Fanni o’qitishda joylardagi o’lkashunoslik, tarixiy va uy muzeylarga, 
yodgorliklar, qadimiy me’moriy obidalar, ziyoratgohlarga talabalarni olib 
borish, ekskurtsiya tashkil qilish va o’z yashab turgan joyining tarixi bilan 
birgalikda “O’zbekiston tarixi”ni o’qitish ham samarali natijalarni beradi. 
6. O’qitishda interfaol va yangi pedagogik texnologiya usullaridan kengroq 
va samarali foydalanish. Jumladan, ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
“Klaster ( Axborotni yoyish)”, “Sinkveyn (Axborotni yig’ish), “Tanqidiy 
fikrlash”, “Intelektuallar musobaqasi” “Menyu”, “Aqliy hujum”, “Blits so’rov”, 
“Zanjir” va boshqa metodlardan samarali foydalanish. 
7. Talabaning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining 
faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha 
qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirish, “o’z-o’zini 
o’qitish” asosida talabaning o’quv materialini o’zlashtirish imkoniyatlaridan 
keng foydalanish, talabaning o’zlashtirish darajalarini nazorat qilishni tashkil 
etish.
8. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat 
mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda modulli tizimga 
yondashilib, talabalar bilan birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish 
zarurligini tashkil etish. 
9. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi 
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv 
qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda 
qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 
10. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishni tashkil etishda quyidagi
shakllardan, dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga 
asoslangan frontal, kollektiv va guruh kabilarni qo’llash. 
11. O’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta 
ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga 
erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat 
auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati kabilar samarali natijalarni beradi. 


13 
Aniq ta’kidlaganda, Vatan tarixi, talabalarda xalqning o’tmishi, hozirgi 
zamon va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tuvshunchani shakllantiradi. Bu 
esa yoshlarni olg’a intilishga, taraqqiyotga ko’maklashishiga undaydi. 
Yoshlarning ilmiy dunyoqarashini, siyosiy madaniyatini tarbiyalaydi, jamiyatda 
o’z o’rnini to’g’ri belgilashga ko’maklashadi. Kelajak sari intilayotgan yoshlar 
uchun bu ma’naviy boy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz 
va mashaqqatli mehnat, har qanday to’siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish 
kabi hislatlar yotadi. Bunday xislatlar O’zbekiston tarixini o’qitish orqali 
yoshlarga singdiriladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish