16
So’nggi (yoki yuqori) poleolit-
bu davr uzoq davom etgan qadimgi tosh
asrining ohirgi bosqichi bo’lib, mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi kunda bu davrga oid O’rta Osiyoda 30 dan ziyod makonlar ochilgan.
Masalan, Samarqand shahrining o’zida, Farg’onada Xo’jag’or, Pomir
etaklaridagi Shug’nov, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq,
Tojikistondagi
Qorakamar yodgorliklari shular jumlasidandir. So’nggi poleolit davriga kelib
odamlarning hayoti va turmushida turli o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Xususan
odamlar g’ordan chiqib yengil turar-joylar, chayla va yarim yerto’lalarda yashay
boshladilar. Ular endi faqat tog’li xududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab
tarqaldilar. So’nggi poleolit davrining yutuqlaridan
biri-nayzaning ihtiro
qilinishi bo’ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi
.
Mezolit(o’rta tosh asri)
-tosh asrining keyingi rivojlanish davri xisoblanadi.
O’rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklarni o’z
ichiga oladi. Mezolit- odamlarning yer yuzi bo’ylab keng tarqalishi bo’lib,
ularga oid materiallar ko’plab joylardan topilgan. O’rta Osiyoning mezolit
davri makonlari Surxondaryoning Machay, Farg’onaning Obishir,
Markaziy
Farg’onadan ToshkentningBo’zsuv, qo’shilish, Tojikistonning Oshhona,
CHilchorchashna kabi joylaridan topilgan. Mezolit davriga kelib yer yuzidagi
o’lkan muzliklarning yana shimolga tomon
silzishi natijasida iqlim
barqarorlashib xozirgi davrdagiga ancha o’xshab qolgan edi. Buning natijasida
O’rta Osiyo xayvonot olami va o’simlik dunyosida ancha o’zgarishlar sodir
bo’ldi. Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq
qurollarni tayyorlashni
o’zlashtira boshlaganlar. Bu davr uchun asosiy ahamiyatli narsa shuki, bu
davrda o’q-yoy kashf etildi. Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri bu
yovvoyi hayvonlarni, it-qo’y, echkilarni qo’lga o’rgatilishi bo’ldi.
Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir rivojlanish
bosqichida chorvachilik
dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Mezolit
davrida (mil.avv 12-7 ming yilliklarda) insoniyat taraqqiyotida, uning xo’jalik
faoliyatida muhim xodisa sodir bo’lgan. Bu davrda yovvoyi hayvonlardan it,
qo’y, echki kabilar qo’lga o’rgatildi ya’ni xonakilashtirildi. SHuni aytish
kerakki bu davrda ovchilikdan chorvachilikka o’tish muhim hodisa bo’ldi.
Odamlar turmush tarzida temirdan
foydalanilishi xususan, mehnat va ov
qurollarini temirdan yasalishi kishilik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb qildi.
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi
Machay makonidir.
O’rta Osiyo tarixida
Do'stlaringiz bilan baham: