2021-yil 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbatida e’lon qilingan ShHTning Tojikistondagi Do‘stlik va hamkorlik markazi bilan hamkorlik faoliyatni tashkil etish bo‘yicha ShHTning Ozbekistondagi Jamoat diplomatiyasi markazidan takliflarni yubormoqdamiz. I. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasida 1. O‘zbekiston va Tojikiston shaharlari o‘rtasida qardosh shahar munosabatlarini o‘rnatish masalasini ishlab chiqish; 2. O‘zbekistonning ilm-fan va ta’lim muassasalari o‘rtasida xuddi shunday tuzilmalar bilan Tojikistondagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston Islom akademiyasi o‘rtasida Tojikistondagi salohiyatli hamkor tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yolga qo‘yish masalasini ilgari surish. 3. Xalqlarimizning boy tarixiy-madaniy merosi, ko‘p asrlik an’analarini o‘zaro bilish maqsadida axborot resurslarini shakllantirish va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, ikki davlat o'rtasida erishilgan madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarga oid axborot materiallarini chop etishga komaklashish. (Shu munosabat bilan Tojikiston Jurnalistlar uyushmasiga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Dushanbega tashrifini tashkil etish taklifi bilan maktub yo‘lladik. Masala ijobiy qaralgan holda, ushbu tadbirni otkazish . ShHT sammiti oldidan yilning ikkinchi yarmi otkazilishi mumkin (deb qaraymiz).) II. Madaniy-gumanitar sohada 1. Birgalikda (tashkilot) bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etish; 2. Ikki davlatning jahon merosi obyektlari ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish masalasini ishlab chiqish. Ipak yo‘lining madaniy merosiga bag‘ishlangan risolalarni (broshyuralarni) nashr etish; 3. Ikki davlat kutubxonalari, muzeylari, teatrlari va boshqa madaniyat muassasalari orqali bevosita aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashish; 4. Teatr va sahna sanʼati, televideniye va radioeshittirish, kinematografiya sohasida madaniy almashinuvlarni rivojlantirishga koʻmaklashish; 5. Sport musobaqalarini tashkil etish. III. Axborot va nashriyot sohasida
Markaz kitoblarini tojik tiliga: ertaklar, maqollar va ShHT mamlakatlari atoqli arboblarini tarjima qilish masalasini ishlab chiqish. Shuni ma’lum qilmoqchimanki, ushbu kitoblarni nashr etish ShHTning Xitoy qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikdagi loyihamizdir. Hozirda mazkur nashrlarni xitoy va rus tillariga tarjima qilishni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga Xalq diplomatiyasi markazi kelajakdagi loyihalarni SHHT ning Tojikistondagi do'stlik va hamkorlik markazi bilan amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor (tayyorligini bildiradi)