7-mavzu. Globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar. Reja



Download 31,88 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2022
Hajmi31,88 Kb.
#592883
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Globallashuv


7-MAVZU. GLOBALLASHUV DAVRIDA AXBOROT MAKONI VA G‘OYAVIY MAFKURAVIY KURASHLAR.


Reja:

  1. Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmunmohiyati.

  2. Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, axborot xurujlari.

  3. Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan himoyalash masalalari.

  4. Diniy fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshka yot mafkuralardan himoyalashning shart-sharoitlari va omillari.

  5. Yoshlarda ma’naviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV.


Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun-mohiyati.
Globallashuv tushunchasining mazmun-mohiyati.Globallashuv masalasini bugungi kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy, ma’naviy-madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendensiyasi sifatida talqin etmokdalar. Umuman olganda "globallashuv" tushunchasi fransuzcha global - umumiy va lotincha globus - shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun Yer sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. «Globallashuv» atamasi 1981-1983 yillarda amerikalik sotsiolog Dj.Maklin, amerikalik tadqiqotchi T.Levitt, angliyalik olim R.Robertsonlar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda ishlatilgan1. Bugungi kunda globallashuvni obyektiv jarayon sifatida olimlar turlicha ta’riflaydilar. Masalan, Q.Nazarov tomonidan yozilgan "Falsafa asoslari" nomli kitobida globallashuv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan: "globallashuv:

  • insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishi;

  • jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotli oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi;

  • tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;

  • tovarlar, xizmatlar, mehnat, texnologiya va kapitalning xalqaro maydonda harakatlanishi;

  • savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi;

  • inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi;

  • iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi omili ahamiyatining o‘zgarib borish jarayoni"2, - degan ta’riflar keltirilgan.

Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, globallashuv falsafiy ma’noda - bu jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huqukiy, ma’naviy-madaniy sohada o‘zaro yakinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi natijasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning tez sur’atlar bilan bir mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo‘lishidir.
Globallashuv jarayonlarining manbai deb, ularning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan omillarga aytiladi.
Bunday asos-omillar jumlasiga: birinchidan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuz berayotgan tub sifatiy o‘zgarishlar; ikkinchidan, davlatlarning investitsiya sohasida olib borayotgan yangicha siyosati; uchinchidan, innovatsion ta’limning qamrovlilik darajasining o‘sib borishi; to‘rtinchidan, jahonda dunyoviy tartibning o‘zgarishi natijasida mavjud borliqqa nisbatan yangicha dunyoqarashning vujudga kelishi va shu kabilar kiradi.
Globallashuvning umume’tirof etilgan kuyidagi asosiy belgilari mavjud: a)xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi; b) xalqaro kapital aylanmasi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bartaraf etilishi; v) elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar; g)transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar.
Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot: birinchidan, odamlar dunyoqarashi
o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlar rivoji odamzot hayotiga ta’sirni kuchaytiradi; ikkinchidan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida birlashishga intilishni kuchaytirsada, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham ko‘rsatib berdi.



Download 31,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish