Oʻzbekiston —
Fransiya
munosabatlari
Oʻzbekiston
—
Fransiya
munosabatlari — Ikki davlat
oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 yil fevralda
oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq
tarixga borib taqaladi. Fransiya qiroli Karl VI de Valua (1368 —
1422) va
Amir Temur
davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona
munosabatlarga oid yozishmalar bizga maʼlum.
1992 yil Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995 yil Oʻzbekistonning Fransiyadagi
elchixonasi oʻz faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga
qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti
Islom Karimovning
1993 yil oktabrda Fransiyaga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan
boʻlib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya
Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi "shartnoma, hukumatlar oʻrtasida
investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va
ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994 yil aprelda Fransiyaning
sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib,
Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident Islom Karimovning Fransiyaga
1996 yil apreldagi ikkinchi tashrifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hamda
Fransiya prezidenti Jacques Chiracning 1996 yil iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi
rahbarlarining sammitidagi, 2002 yil davlat rahbarlarining NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining
Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish
imkoniyatini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 21—24
apreldagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. Islom
Karimovning Fransiya Respublikasi Prezidenti
Jacques Chirac
bilan uchrashuvi chogʻida ikki
mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari
muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida Islom Karimov
UNESCO
qarorgoxdsa tashkil kilingan
"Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning rivoji" mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003 yil 72,3 mln. AQSH dollari,
shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%,
toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari
2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika
uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%,
transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.
2003 yilda Oʻzbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki ("Kredi Kommersial de Frans" va
"Sosiyete Jeneral") ishladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15 qoʻshma korxona, 100% fransuz
sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 yil 14 —16 yanvarda Oʻzbekiston — Fransiya
savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat
hamkorligi rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida
suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2 ta "Boeing 767-
300ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz kimyo korxonasi
bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. Oʻzbekiston
Respublikasi Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan F.ning pochta va
telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish
soxasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari
yordamida "Sprint" elektron pochta tizimining faoliyati yoʻlga koʻyildi. "Oʻzbekneftegaz" milliy
korporatsiyasi F.ning "ElfAkiten" korxonasi bilan xamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash
zavodini qurish haqida shartnoma tuzdi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
banki bir qator fransuz banklari ("Kredi Leone", "Sosiyete Jyuzi", "Bank Nasional de Pari",
"Pariba", "Kredi Kommersial de Frans") bilan vakillik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzbekistonda "Bofur
Ispen Interneyshnl", "Ronpulenk" fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek,
Fransiyaning "Er Frans" va Oʻzbekistonning "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyalari
Toshkent — Parij — Toshkent marshruti boʻylab reyslarni amalga oshirmokda.
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar
1993 yil oktabrda imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida
olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka
oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.oʻqituvchilar
almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil
etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij IV"
universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent iqtisodiyot
universiteti, "Bretansyud" universiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari universiteti oʻrtasidagi
hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham
kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat
boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu
kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya
tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklarining
xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.
Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi
oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni
himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.
1998 yil oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit
va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha
oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS
fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari
muhokama qilindi. F. bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 yildan Toshkentda
faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish
fransuz in-ti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari
hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop
etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi
buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid
chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-asrdan beri Markaziy Osiyodagi
islomiy islohotlar", "Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom",
"Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida xalqaro
konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi
oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda.
1995 yil yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta
bilan J. Furye hamda Grenobl universitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma
tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari in-ti F.ning
"Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika
mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik,
nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda
hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij
universiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni
oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.
Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlangan. 1994 yilda tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot
Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi,
Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy
konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 yil
birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 yilda xalq
qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra
Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli
ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi
kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 yil davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek
zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 yil Parijning "Katta saroy"
muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi
kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 yil Mirzo
Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy
anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini
urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus
soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 yil Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi,
1997 yil esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan
bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati
kunlari" ulanib ketdi. Shuningdek, Fransiyada oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz
yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga
oshirish uchun Fransiya Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi.
2003 yil fransuz yozuvchisi Fransiya Bressanning Fransiyada fransuz tilida nashr etilgan
"Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002
yildan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004 yil fevralda Parijda "Ibn
Sino" uyushmasi tuzildi. 1998 yil apreldan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston — Fransiya" dustlik
jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh.lari oʻrtasida
toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 4 yillar avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=O
ʻ
zbekiston_—
_Fransiya_munosabatlari&oldid=199
1086
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |