Singapurning iqtisodiy “mo‘jiza”si



Download 59,49 Kb.
bet1/3
Sana20.03.2023
Hajmi59,49 Kb.
#920421
  1   2   3
Bog'liq
Singapur iqtisodiyoti


Reja:

  1. Singapurning iqtisodiy “mo‘jiza”si.

  2. Singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy bosqichlari.

  3. Singapurning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollari



Singapurning iqtisodiy “mo‘jiza”si
Singapur – Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan, 719,9 km2 maydonga, 6 million aholiga ega shahar-davlat. Bu mamlakat dunyoda davom etayotgan iqtisodiy inqirozga qaramay gullab-yashnashda, rivojlanishda davom etmoqda. 
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi Britaniya koloniyasi bo‘lgan Singapur hayratlanarli ravishda rivojlanmoqda. Ayni paytda, nufuzli siyosatchilar va iqtisodchilar fikriga ko‘ra, XXI asrda rivojlangan, yashnagan, namunali davlatdir. Singapur 7 ta asosiy taraqqiyot yo‘nalishi – moliya, transport xizmatlari, logistika, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg‘or ishlab chiqarishni tanlab olgan.
Mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun o‘z fondlarini ochishga qulay shart-sharoitlar yaratilgani bois osonroq bo‘ladi. Kelajak iqtisodiyoti bo‘yicha qo‘mita chet el sarmoyasini jalb qilish usullarini imkon qadar soddalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada qulaylashtirish fikrini ilgari surmoqda. 
Singapurning deyarli barcha yutuqlari bir kishi — islohotchilar asoschisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu nomi bilan bog‘liq.
Xo‘sh, Singapur nimaning hisobiga rivojlandi? 
Bu savolning javobi bitta – uddaburon yetakchilik hisobiga deyish mumkin. Ota-onasi ingliz tili muallimlari bo‘lgan Li Kuan Yuni bolaligidan “Kuan Yew”, ya’ni “nur va yorqinlik” deb chaqirishar edi. Bu ism “ajdodlariga shon-shavkat keltiruvchi” degan ma’noni beradi. Millat otasi sifatida tan olingan va davlatni 30 yil boshqargan Li Kuan Yu o‘z irodasini namoyish qildi, nafaqat ajdodlariga, millatiga shon-shavkat hamda farovonlik keltirdi, o‘z va’dasiga binoan xalqinidunyoning yetakchi davlatlari qatoriga qo‘sha oldi. 
Li Kuan Yuning safdoshlari yagona jamoa bo‘la olishdi. Bu kuchli jamoaning qoidalari aslida juda sodda: yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish, amaliy ishbilarmonlik muhitini yaratishga urinish hamda halollik! 
“Men zo‘r huquqshunos bo‘lmoqchi edim. Britaniyaliklar boshqarayotgan mamlakatda huquqshunos bo‘lib yetishish uchun britan bo‘lishimga, inglizchani o‘rganishimga to‘g‘ri keldi, universitetlarda va eng yaxshi huquqshunoslik maktablarida tahsil oldim”, deydi Li Kuan Yu.
Li Kuan Yu kollejni tugatib, Kembrij universitetiga o‘qishga kiradi va uni muvaffaqiyatli tamomlab, vataniga qaytadi. Mehnatsevar, tirishqoq yosh yigit qat’iy, irodali, progmatik, milliy an’analarga sodiq inson. Besh yil ichida Xalq harakati partiyasining bosh kotibi lavozimiga erishdi. Yana besh yildan so‘ng mamlakat bosh vaziri bo‘ldi. 
Li Kuan Yu mamlakatda o‘ttiz yil davomida bosh vazir lavozimida ishladi. U xorijiy sarmoyadorlarni o‘z mamlakatiga taklif qilish bilan ishlarni boshladi. Mamlakatda qimor o‘yinlari taqiqlandi, alkogol ichimliklar faqatgina maxsus do‘konlarda yuqori narxlarda sotiladi. Li Kuan Yu hukumatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosi qilib, Singapurni Janubiy-Sharqiy Osiyodagi moliyaviy va savdo markaziga aylantirish, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishni belgilaydi. Buning uchun mumkin va mumkin bo‘lmagan choralarni qo‘llaydi.
XIX asrdan boshlab, Singapur Britaniya koloniyasi bo‘lgan, shuning oqibatida Britaniyaning ta’siri, uning tili va an’analari hali ham seziladi. 63 ta orolda joylashgan ushbu davlat tabiiy resurslarga deyarli ega emas, hattoki Malayziya va Indoneziyadan ichimlik suvi va qurilish qumi sotib olib kelinadi. Shunga qaramay, Singapur endi banklar, osmono‘par binolar, chiroyli yo‘llar va dunyoning eng yaxshi soliq, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga ega.
“Biz har bir sarmoyadorni mamnuniyat bilan kutib oldik. Ishlab chiqarishni boshlash uchun, unga jon-jahdimiz bilan yordam qildik”, deb yozgan Li Kuan Yu o‘z tarjimai holida. Natijada ko‘pgina xalqaro biznes yuritayotgan amerikalik va boshqa davlatlarning transmilliy kompaniyalari Singapurda keng ko‘lamli yuqori texnologiyali, elektronli sanoat uchun zamin yaratdi. 
Mustaqillikka erishgan vaqtda Singapurda korrupsiya nihoyatda avj olgan edi. Li Kuan Yu bu davrni shunday ifodalaydi: “Korrupsiya – Osiyo hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Odamlar “mukofot”ni ochiqdan-ochiq qabul qilishadi, bu ular hayotining bir qismi edi. Uni yo‘qotishda o‘z do‘stlaringizdan uchtasini panjara ortiga o‘tqazishdan ishni boshlang. Nima uchunligini siz ham, ular ham yaxshi bilasizlar. Jazoning muqarrarligi korrupsiyani jilovlab turuvchi birinchi omildir. Ikkinchi omil – bozor darajasiga mos keluvchi maoshdir. Biz eng ko‘p maosh to‘lanadigan o‘n foiz kishilarning daromadiga diqqatimizni yo‘naltirganmiz. Modomiki, mansabdorlarimiz eng ko‘p haq olmas ekan, ularning hukumatga nima keragi bor?”
Korrupsiyaga qarshi kurashish “qaror qabul qilish tartibini soddalashtirish va aniq, oddiy qoidalar, shu jumladan, ruxsat berish va litsenziyalashni bekor qilish kabi sun’iy, qonunlarga barcha noaniqliklarni bartaraf etish bilan boshlandi”. Sud tizimi rahbarlarining maoshlari keskin ko‘tarilib, “eng yaxshi xususiy advokatlar” Rahbar lavozimiga tavsiya qilindi. 
Qattiq tartib-intizom, mas’ul ijro intizomi, qonun ustuvorligi va qonun oldida barcha fuqarolar teng javobgarligi o‘z samarasini berdi.
Bugunga kelib, Singapur jahonda rivojlangan mamlakatdir. Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi 53 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Singapurliklarning 90 foizi barcha sharoitlarga ega bo‘lgan uy-joylarga ega. Bu mamlakatda ishsizlik darajasi bor-yo‘g‘i 2 foizni, o‘rtacha ish haqi 5808 singapur dollarini tashkil etadi. Singapur dollarining qadri baland. Inflyatsiya darajasi 0,4 foiz. Singapurda erkak va ayollar 62 yoshdan pensiyaga chiqishadi. 
Bosh vazir topshirig‘iga muvofiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida muntazam ravishda biznes yuritishni osonlashtiruvchi xronologik kuzatuvlar, uchrashuv va debatlar o‘tkazib boriladi. Singapur jahon bankining “biznes qilish” reytingida yetakchi hisoblanadi. Shuning uchun butun dunyodan sarmoyalar bu mamlakatga oqib keladi. 



Download 59,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish