O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari Shomonlik



Download 16,5 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi16,5 Kb.
#43688
Bog'liq
Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi

O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari

Shomonlik, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy eʼtiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish shahrining asosini tashkil etadi. shahrida uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "aloqa bogʻlashi" hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shim. va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib ko'rilganlarni maxsus belgilari va ko'plab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tug'ulganlar, ya'ni shamanlarning oltinchi barmog'i bo'lishi lozim edi. Shomonlar qo'shiq, musiqa, rassomchilik, raqs, so'zamonlik va haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qo'shiqlari davolash va jodulash hususiyatiga ega bo'lgan. Ular o'tib ketgan ajdodlari arvoxlariga sig'inishgan. Ulardan madad so'rashib qurbonlik marosimlarini o'tkazishgan. Ularning asosiy ish qurollari ,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur bo'lgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar bo'lgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab o'lgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma ,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni ko'rishimiz mumkun va bu ish qurollari doim qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan.

Totemizm

Totemizmda urug'-qabila yoki shu urug'ning xar bir a'zosining xayoti, farovonligi, shu urug'ning xaqiqiy ajdodi xisoblangan «totsi»-o'simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishoniladi.Totemizm- odamlarning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor deb e'tiqod qilishdir.

Totem urug' yoki qabila uchun muqaddas va homiy bo'lgan hayvon va o'simlik, tabiat hodisalaridir. Totem timsoli bo'lgan narsalarning halokati, uning avlodining halokati deb ishonish natijasida «totemlarni»- ya'ni xayvon va o'simliklarning turlarini ko'paytirishga xarakat qilganlar.

Individual - (yakka) totem bir urug' barcha a'zolarining umumiy bitta totemi bilan bir qatorda, yana har bir a'zosining alohida shaxsiy totemga egaligidir. Bunday totemlar asosan erkaklarda, afsungarlarda, qabila boshliqlarida, duoxonlarda bo'lgan. Ular o'zlarining shaxsiy totemlarini farzandlariga meros qilib qoldirganlar.

Totemlar e'zozlangan, ularni o'ldirish, otish taqiqlangan. Totemizm hozirgi dinlarda, muayyan unsurlar sifatida mavjuddir.

Totemizm ta'sirida paydo bo'lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat'iy ravishda qo'llanildi. Bu totemga xos bo'lmagan begonalar bu jamoa urf-odat va normalaridan chetda hisoblangan. Vaqt o'tishi bilan qarindoshlik aloqalarining mustahkamlanib borishi, ya'ni odam va uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, odam vafot etgach uning o'z totemiga aylanishi yoki totemdan inson shakliga kelishi havida tasavvurlar vujudga keldi.

Bu esa totemni ozuqa sifatida iste'mol qilinishining taqiqlanishiga olib keldi.

Tabu – taqiqlash tizimi bo'lib, totemlarni iste'mol qilishni taqiqlagan.

Totemizmning asosiy vazifasi- birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi.

Animizm

Animizm - lotincha «anima» so'zidan olingan bo'lib «jon», «rux» degan ma'nolarni anglatadi.Animizm- kishi ruxining, jonining borligiga ishonish, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri.

Animizm har kanday dinning zaruriy unsuridir. Animizmda osmon va yer, quyosh va oy, yomg'ir va shamol kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb hisoblanar edi. Hattoki, ko'p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklar ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli,sezuvchan, yaxshilik va yomonlikni keltiruvchi deb tushunilgan.

Animizm- ibtidoiy, diniy tasavvurlarning eng yuksak shakli.

Animistik timsollar ajdodlarning ruhlaritirik kishilarning jonlari, tabiiy kuchlarning jonlantirilishidir. Ular zamonaviy dinlarda ham mavjud.

Shamanizm yoki Sehrgarlik(Magiya)

Shomonizm- «shomon» tunguzcha so'z bo'lib, u «sehrgarlik», «o'ta xayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma'noni anglatadi. Bu so'zlar ruslar orkali butun Sibirga, XVIII asrda esa G'arbiy Yevropaliklar tiliga kirib kelgan.

Sehrgarlik (afsun, magiya)- real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir.

Shamanlar - afsungarlik bilan shug'ullangan odamlardir. Ular jazavali va asabiy kishilar bo'lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo'lishi, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazishlariga ishonganlar. Ular ma'lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish yo'li bilan o'zlarini jazavaga solib, jazavani yuqori nuqtaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Marosim oxirida u hech narsani ko'rmay, eshitmay qolar edi. U shu holatda ruhlar bilan muloqot qiladi deb hisoblangan.

Odamlar ruhlar shamanlarga hizmat kiladi, uning turli topshiriqlarini bajaradi, shamanlar odamlar bilan ruhlar o'rtasida vositachilik qila oladi, deb ishonganlar.

Sehrgarlikning quyidagi turlari mavjud:

1. Birovga ziyon-zaxmat yetkazish ( albatta dushmaniga)

2. Harbiy sexrgarlik.

3.Muhabbat ( issiq-sovuq kilish, bu jins sehrgarligi ham deyiladi)

4.Davolash sehrgarligi.

5. Ob-xavo sehrgarligi.

6. Xo'jalik sehrgarligi.



Fetishizm

Fetishizm- portugalcha -«fetisho», frantsuzcha «fetishe» so'zlaridan olingan bo'lib, sexrli narsa, but, sanam, tumor degan ma'nolarni anglatadi.

Fetishizm jonsiz narsalarga sig'inishdir.

Fetishlar- sig'inish ob'ektlari, tosh, tayoq, daraxt, umuman xar qanday buyum bo'lishi mumkin.

Shunday o'simliklar borki, ularning zaxri tirik jonni o'ldirish xususiyatiga ega.

O'simliklarning bu xususiyati g'ayri-tabiiy xisoblangan. Keyinchalik, bu narsa boshka narsalarga, masalan, toshga ko'chirilgan. Ov qilayotgan ibtidoiy odamlar ayrim toshlarni xayvonlarga o'xshashini payqaganlar. Shuning uchun ular ovga borganlarida ana shu toshlarni olib ketganlar. Ov o'ngidan kelib qolganda bunga xam shu toshlar sababchi, deb xisoblaganlar. Shu tariqa, oddiy predmetlarga g'ayritabiiy xususiyat xos, degan fikr barqarorlashgan.



Fetishizmning paydo bo'lishi ibtidoiy odamlar ongida afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo'shliqda ko'chib yurish xususiyatiga ega emas, baki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo'lishi mumkin degan tasavvurlarni uyg'otdi.

Fetishizm elementlari hozirda ham saqlanib qolgan. Turli dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko'zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.
Download 16,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish