Mavzu: Mumtoz adabiyotda tasavvufiy timsollar va badiiy san'atlar uyg`unligi
1-topshiriq: Bеrilgan manba matni bilan tanishing va undagi tasavvufiy timsollarni aniqlang.
2-topshiriq: Sizga taqdim qilingan asarda muallif ishq mavzusini qanday yoritib bergan?
3-topshiriq: Sizga taqdim qilingan asarda nafsning badiiy talqini qanday?
4-topshiriq: Matndagi tasavvufiy timsollar, tasavvuf allomalari va ularning hayotlari haqidagi hikoyat va rivoyatlarga ishora qiluvchi badiiy san'atlarni toping va tahlil qiling.
5-topshiriq: Mumtoz adabiyot namunalarining vazn ko`rsatkichlari va qofiya turlarini aniqlang.
6-topshiriq: Berilgan asardan 20 misra (10 bayt) dan kam bolmagan miqdorda yod oling.
IZOH: Ushbu mustaqil ishning topshiriqlarini har bir talaba o`ziga olgan variantda ko`rsatilgan asar asosida bajaradi.
7-variant "Bobur" g'azallari.
1Bobur g'azallarida asosiy obraz sifatida oshiq va mashuq obrazlari gavdalanadi. Uning g'azallarida ağyorni kamdan kam holda deyarli uchratmaysiz, Men jurnaldagi raqamim aynan shu mavzuga to'ğri kelganidan xursand bo'ldim. Chunki men uning 50 ga yaqin ğazallarini yoddan bilaman, bu esa menga ularni umumiy tahlil qilishimda yaqindan yordam bera oladi deb öylayman
*************************************
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo’ldum.
Labing gar bermasa bo’sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.
So’rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so’z bila ko’rungki muncha xo’rdadon bo’ldum.
Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko’rsattim,
Vale oxir malomat o’qlarig’a-o’q nishon bo’ldum.
Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o’q hamdoston bo’ldum.
Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.
1.Oshiqning mashuqaga aytayotgan bu sözlaridan biz ham ilohiy ham majoziy ishq kechinmalarini anglashimiz mumkin. Buda ağyor sözi ishlatilmasada, lekin oshiqning, unga karam körsatishini tilaganligini köramiz
2.Bu ğazal ilohiy ishq sharobiga suğorilgan deb aytsak, mubolağa bölmaydi. Ğazalda oshiqning mashuqa qiynoqlari tufayli, honi monimidan ajralgani va yöqlik sahrosiga ravon bölgani haqida kuylanmoqda. Bu esa, yöqlikka mahkum qila oladigan, honu monidan ayira oladigon zot bu ollohdir. Labing bösa bermasliki- unga e'tiborsizlik qilma,karamidan mahrum bölishidir.
3. Ushbu ğazalda nafs masalasiga alohid e'tibotor berishga arziydi. Negaki- 4 va 5 baytga qarasak- nafsning ustun emasligi uchun ishqning komilligiga ishora qiladi. Va komil ishq sohiblaridan Farhodni talmeh asosida keltiradi.
4. Yuqorida aytganimdek 5- baytda soliki majzub bölgan komil inson Farhodga Talmeh asosidagi ishorat mavjud. Farqotning har bir sinovi haq yöliga yetishish uchun qadam bölgan, bu orqali Bobur u ham Farhod kabi sinovlardan ötib unga yaqinlashayotganiga ishora qilmoqda.
5. Hazaji musammani solim bahrida(v----) yozilgan bu ğazal. Och qofiyaga asoslangan, muaqqayd qofiya ni köramiz.
6. Bu ğazalni yoddan bilaman.
***************************************
Qaro zulfing firoqinda parishon ro'zg'orim bor,
Yuzungni ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.
Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so'rorim bor.
Jahondin menga g'am bo'lsa, ulusdin gar alam bo'lsa,
Ne g'am yuz muncha ham bo'lsa, seningdek g'amg'usorim bor.
Agar muslihmen ar musfid, va gar oshiqmen ar obid,
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.
Fig'onim oshdi bulbuldin, g'ami yo'q zarra bu quldin,
Base Bobur, o'shal guldin ko'ngulda horhorim bor.
1. Boburning bu g'azalida oshiqning mashuqaga shikoyati gavdalanadi. Agyor uchramasada, u boshqalardek, unga karam körsatilishini xohlaydi.
2. Berilgan ğazalda ishq sözsiz ilohidir. Undagi ilohiylik yuqoridagi, "ne ishing bor sening zohid,meniki ixtiyorim bor" sözlarida yanada aniqlashadi. Zohid- Navoiy aytganidek, jannat va hur ğamidagi odam, ğazalda oshiqlikning martabasi, va haq visoli kuylanmoqda.
3. Ğazalda nafs ijobiy ma'no kasb etadi. Bu ham bölsa shoshilish- faqat haq diydoriga. Komil ishqda nafs dunyoga qöyilmasligi körsatilmoqda.
4. Ğazalda talmeh san'atini uchratmaymiz, lekin unda zohid va oshiqning farqi boshqa ijodkorlar she'rlaridagidek , farqli ekanini köramiz. Özini qullligini tasdiqlab, bu qullik faqat yaratganning oldidagi qullik ekanligi kuylanmoqda.
5. Hazaji musammani mahzuf- vaznida yozilgan bu ğazalda. Bor-qisqa radif va mutlaq qofiyadan foydalangan.
6. Ğazalni yoddan bilaman.
Tarixga nazar solsak, XIII va XV asrlarda, xususan, Bobur yashagan davrda Movarounnahr hududida tasavvuf taʼlimotlari keng tarqalgan va rivojlangan edi. Buning natijasida mazkur hududda istiqomat qilgan xalqlar turmush tarzida soʻfiylarning oʻrni ahamiyatli boʻlib, oʻsha davr ijtimoiy va siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etishgan va oddiy xalq orasida oʻziga xos hurmat va martabaga ega boʻlishgan.
Mirzo Bobur tasavvuf, undagi tariqatlar va vakillarini hurmat qilgan. Buni biz oʻsha davrdan qolgan yozma manbalar hamda yaqn oʻtmishda qilingan tadqiqotlarda ham koʻrishimiz mumkin. Turkiyalik yetuk olim Mahmud Asʼad Joʻshon oʻzining “Islom, tasavvuf va axloq” asarida: “Temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur ulugʻ shayx Said Amir ibn Mavlono Jaloliddin Xojagi Kosoniy Maxdumi Aʼzam hazratlarini oʻziga maʼnaviy pir deb bilganlar, u kishiga qoʻl berib, nasihatlariga amal qilganlar” – deb yozadi[1].
Yana bir olim B. Toʻrayev Maxdumi Aʼzamni nafaqat Movarounnahr yoki Xuroson, balki Hindistonda ham oʻziga pir deb biluvchilar koʻplab topilishi, temuriy shohlar ichida Zahiriddin Muhammad Bobur bu ulugʻ zotga murid boʻlganligini alohida taʼkidlab, yuqorida keltirilgan maʼlumotni quvvatlaydi[2].
Oʻz navbatida Maxdumi Aʼzam ham Mirzo Boburga alohida hurmat bilan qaragan va unga bagʻishlab “Boburiya” nomli ricola ham yozgan. Olimning mazkur asari aslida Zahiriddin Muhammad Boburning Xoja Ahror Valiyning “Risolai volidiya” asari haqidagi xatiga javob edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Xoja Ahror Valiy va u kishining avlodlariga ham katta hurmatda boʻlgan. Mirzo Boburning ismini ham Hoja Ahror aytgani haqida tarixiy maʼlumotlar ham mavjud. Xoja Ahror hazratlari va Bobur oʻrtasidagi munosabatlar uning shoh asari boʻlmish “Boburnoma”ning ham bir qancha joylarida oʻz aksini topgan. U hayoti davomida Naqshbandiya tariqati pir va murshidlarining oʻgitlariga amal qilgan.
1528–1529 yillarda pirining “Risolai Volidiya” asarini sheʼriy usulda oʻzbek tiliga tarjima qiladi. Mazkur tarjimada Bobur Xoja Ahrorga bergan taʼrifi orqali u zotga qanchalik darajada ixlos va ehtiromda boʻlganini bilib olishimiz mumkin.
Naqshbandiya tariqatiga Mirzo Boburning keyingi avlodlari ham hurmat va ehtiromda boʻlishib, nasihat va oʻgitlariga amal qilganlar.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining siyosat yuritishida diniy eʼtiqodlar va tasavvuf taʼlimotlariga amal qilgan. Bu orqali davlatdagi turli millat vakillari oʻzaro tinch-totuv yashashi, ijtimoiy hamkorlik, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik taʼminlangan. Mazkur diniy siyosat oʻzida islomiy qadriyatlar va madaniyatning ustunligini namoyon qilishi bilan birga boshqa din va eʼtiqodlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni ham taqozo etadi. Shu sababli u faqat oʻz hukmdorligi davridagina emas, balki 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan boburiylar sulolasi davridagi jamiyat, madaniyat, sivilizatsiya, dinlar va diniy eʼtiqodlarga nisbatan bagʻrikenglik, sabr-toqatlilik qadriyatlarining tamal toshini qoʻyib ketgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |