Singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy bosqichlari Singapur davlatining istiqboli nuqtai nazaridan quyidagicha:
Birinchidan asosiy tamoyil sifatida iqtisodiy rivojlanish negizida hayot kechirish, demokratik va ko„p millatli davlat sifatida xavfsizlikni ta’minlash hisoblanardi. Shunday ekan, Singapur davlatining Xitoyga qaratilgan siyosatining eng asosiy maqsadlaridan biri, bu Singapurliklarning munosib hayot kechirishlari va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishlarini qo„llab-quvvatlashdir.
Ikkinchidan, Singapur tashqi siyosati muayyan bir qat’iy belgilangan g„oyaga asoslanmagan. Singapur o„z milliy ichki dunyo qarashlariga mos keladigan, turli xil siyosiy qarashlar va g„oyalar xilma-xilligini hurmat qiladigan har qanday davlat bilan diplomatik aloqalarni o„rnatish tarafdoridir. 9
Uchinchidan, Singapur erkin savdoga ishonadi va o„zaro ishonchga asoslangan har qanday davlat bilan erkin savdo aloqalarini amalga oshirishi mumkin.
To‘rtinchidan, Singapur o„z qo„shni davlatlari bilan o„zaro tinchlik tamoyiliga asoslangan munosabatlarni qurishga ishonadi va ASEAN qobig„ida faoliyat yuritadi. Geografik joylashuv nuqtai nazaridan Malayziya va Indoneziya davlatlari Singapur tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Singapurning kelajagi Malayziya va Indoneziyaning kelajagiga juda yaqin bog„liqdir. Geo-strategik yondoshuvlar Singapur-Xitoy munosabatlarida e’tiborga molik jihatdir, ayniqsa Singapur mustaqilligining ilk davrlarida muhim ahamiyat kasb etardi. Hayot kechirish (tirikchilik) eng birinchi darajali masala edi, Singapurning Xitoy bo„yicha siyosati ham ichki, ham tashqi ehtiyojlar uchun funksionallik ahamiyat kasb etardi.
Beshinchidan, Singapur Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan xalqaro siyosiy aloqalarda o„zaro tenglik tamoyiliga ishonadi. Shuning uchun Singapur barcha qonuniy manfaatlarni (qiziqishlarni) qo„llab-quvvatlaydi va ushbu hududda Xitoy, Yaponiya, AQSH va Rossiya kabi davlatlarning bo„lishini e’tirof etadi.
Oltinchidan, Singapur jahon tinchligiga ishonadi va u BMT Nizomining tinchlik masalalarini qo„llab-quvvatlaydi va unga chorlaydi. 1965 yildan beri boshlangan Singapur-Xitoy munosabatlarining tamal-toshi sifatida “iqtisodiy chorlov” qiyosini keltirish mumkin. 1965-1975 yillar davomida, ayniqsa Xitoydagi Madaniy Inqilob (keyingi o„rinlarda MI) davrida ya’ni barcha g„oyaviy bahs-munozaralar, o„zaro gumon va adovatlar avj olgan vaqtlarda, hatto 1969 yildagi Xitoy Banki inqirozi davrlarida ham iqtisodiy manfaatlar eng muhim yondoshuv hisoblangan. 1970 Xitoyning Singapur bo„yicha siyosatini shakllantirishda iqtisodiy ratsionallik yondoshuvi muhim omil hisoblangan va bu tarixan Xitoyning JanubiySharqiy Osiyoda o„ziga xos mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu fikr 15 asrning boshlarida yashab o„tgan Zen Xi (1405-1433)ning Janubi-Sharqiy Osiyoga etti kunlik sayohati asari bilan qo„llab-quvvatlanishi mumkin. Shuningdek, 19 asrda yuz bergan “Qoradori Urushi” (1840-1842) davridan keyin hamda Gong Kongning Britaniya qaramligi ostida tashkil topishi Singapurni Xitoy uchun Janubi-SHarqiy -5 10 Osiyodagi asosiy markaz sifatida rivojlantirishga turtki berdi .
Singapur istiqboli uchun bu tarixan biror bir tabiy resurslarga ega bo„lmagan shunchaki shahar sifatida emas, balki barcha davlatlar uchun, shu jumladan Xitoy uchun ham savdo-sotiq munosabatlarini amalga oshirishda markaziy o„rin egallaydigan shahar sifatida muhim ahamiyat kasb etardi. Uning strategik va qulay geografik joylashuvga ega ekanligi Malayziyadan Xitoyga savdo eksportini amalga oshirish, Xitoydan esa butun Janubiy-Sharqiy Osiyoga tovarlarni etkazib beruvchi markaz sifatidagi o„rnini istiqbollaydi. Singapur iqtisodiyotining Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiyalashdagi o„rnini uning savdo va investitsiya munosabatlarida Pekinning 10ta eng yirik iqtisodiy hamkori sifatida tan olinishi bilan izohlash mumkin. Shu bilan bir qatorda, Singapur Xitoy uchun yirik tashqi mehnat resurslariga ega bo„lgan hamda ikkinchi yirik tashqi shartnomaviy muhandislik bozori sifatida muhim ahamiyatga ega