“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

2.G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati. 
G’azna shahri Xurosonning siyosiy markazigaaylanishi X asrning II 
yarmiga to’g’ri keldi. G’aznaviylar davlatining asoschisi Sabuqtegin edi. bu 
davlat Shimoliy Xindistonda qariyib Kaspiy dengizining janubiygacha, hozirgi 
Afg’oniston va shimoliy – sharqiy Eronni o’z ichiga oladi. 
Vujudga kelgandastlabki kunlaridanoq G’aznaviylar davlati davlati Eron 
va O’rta Osiyo tarixida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Mahmud G’aznaviy 
bosqinchilik yurishlarini tashqi siyosatining asosi bo’lib oldi. Shu maqsadda u 


80 
yaxshi qurollangan qo’shin tuzib, Shimoliy Hindistonning Panjob, Kashmir va 
boshqa viloyatlariga 17 marta yurish qildi. 
U shaharlarni talab, haykal va idish ko’rinishidaoltinu kumushni, 
shuningdek, mato, qurol, fil, chorvava boshqa narsalarni olib ketardi. Shunday 
yurishlarining birida Mahmud Kanavja shahridan 20 million dirham, 57 ming 
qul va 350 filni o’ljaga oldi. 
Talangan boylik o’nga qo’shinni muntazam ko’paytirib borishga, saroy, 
masjid, madrasa kabi inshootlar qurishga imkon berdi. Biroq bu mablag’ 
qishloq xo’jaligi va xunarmandchilikni rivojlantirish uchun sarflanmas edi. 
Bosqinchilik yurishlari Mahmudning qudratini oshirdi. Qo’shni hukmdorlar, 
Qashg’arda o’tirgan Qoraxoniylar xoni ham u bilan hisoblasha boshlashdi. O’z 
navbatida Mahmud ham Qoraxoniylar tarafidan xotirjam bo’lish maqsadida 
ularning hukmdori bilan kelishardi. Bir safar Qoraxoniylar Xurosonning Balx, 
Tus va Nishopur viloyatlarini bosib olishdi, ammo Mahmud Hindistondan 
qaytgach ularni quvib yubordi.
Qoraxoniylarning 1007-1008 yillardagi ikkinchi yurishi ham turkiy 
qo’shinning mag’lubiyati bilan tugadi. Bu davrda Qoraxoniylar davlati 
viloyatlarga bo’lingan bo’lib, ularni Qoraxoniylar sulolasi vakillari - ilikxonlar 
idora etishardi. Ilikxonlar o’rtasidaadovat kuchli edi.Ayniksa Samarqand va 
Buxoro ilikxoni Alptagin bilan Qashg’arda o’tirgan buyuk xon Qodir 
o’rtasidagi dushmanlik kuchli bo’lgan. 
Bu esa Mahmud G’aznaviyga juda qo’l kelardi. Bir safar Mahmud siyosiy 
suhbat uchun Qodirxon bilan uchrashdi. XI asrda yashab o’tgan fors muarrixi 
Gardiziy «Zayn ul-axbor» nomli asarida Samarqand janubida o’tgan bu 
uchrashuvni juda go’zal tasvirlaydi. Avvaliga ikkala hukmdor o’zaro 
mulozamatdan so’ng bir birlariga yirik javohir hadya etishgan. Mahmud 
Faznaviy Qodirxonning siyosiy savodsizligi, soddaroq vaqovushmagan 
odamligini ko’rgach, uni o’zining hashamati, boyligi va mehmondo’stligi 
bilan xayratga solishga qaror qiladi. U Qodirxon uchun tilla aralashgan 
parchadan to’qilgan katta chodir qurib, uni ichkarisi va tashqarisidan 
bezatishni, to’kin dasturxon yozib, qimmatbaxo sovg’alar berishni buyuradi. 
Bular xilma-xil javohirlar, oltinu kumush qadahlar, tilla yuganli ajoyib 
otlar, urg’ochi fillar, guldor chodirlar, bebaxo gilamlar va xokazolardan 
iborat edi. Buni ko’rgan Qodirxon undan kam kelmaslik uchun qo’lidagi 
jamiki yaxshi narsalarni to’plashni buyuradi. Tilla egar-jabduqli duldul otlar, 
oltin belbog’li turk rulomlari, suvsar, oqsuvsar va qora tulki mo’ynasi 
vaboshqalarni yig’ib, Mahmud G’aznaviyga yuboradi. 
Bu uchrashuv muhim siyosat muammolarini hal qildi. Movarounnahrni 
Alptegindan Qodirxonning o’g’liga olib berishga kelishib olishdi. Biroq 
Mahmud G’aznaviy Alpteginni yo’qotishni istamasdi, uning ittifoqchilari 
bo’lgan Saljuqiylar qo’shinini yengib, xokimiyatini zaiflashtirdi, holos. 
G’aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga 
katta ta’sir ko’rsatardi. O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiq qo’l 


81 
hukmdori bo’lgan, Sulton Mahmud G’aznaviy 1030 yilda vafot etadi. 
Shundan so’ng taxtni uning o’g’li Ma’sud (1030-1041) egallaydi. Lekin 
Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi. 
Mahmud G’aznaviyga rasman tobe bo’lgan, lekin amalda mustaqil 
boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034 yilda Xorazmni 
butunlay mustaqil deb e’lon qildi va katta qo’shin bilan Xurosonga yurish qildi. 
Lekin Sulton Ma’sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni 
o’ldiradilar. Uni qo’llab quvvatlagan qoraxoniylar qo’shini yana Samarqandga 
qaytib ketadi. Shundan so’ng Sulton Ma’sud qoraxoniylar bilan 
muzokaralar olib boradi va shu yo’l bilan g’aznaviylar hokimiyatiga 
bo’lgan xavfni bir oz kamaytiradi. 
G’aznaviylar sultoni Ma’sud Xurosonga yurish qilgan turk-saljuqiylari 
bilan ko’p bor jang olib borishga majbur bo’ldi. Mahmud G’aznaviyning 
ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuhiylar bu davrga kelib 
g’aznaviylar uchun katta xavf tyg’dira boshladi. 1035 yilda saljuhiylarning 
Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib 
kelgan g’aznaviylar qo’shini saljuhiylarga zarba bergan bo’lsada, 
Saljuhiyning nevarasi Tog’rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi 
G’aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g’alaba qozonadi. 1037 yil aprel 
oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va 
Bag’dodda, xalifaga xokimiyat uchun yorliq berishni so’rab elchi 
junatadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga - 
saljuqiylar davlatiga
asos 
solindi. 
Keyingi yillarda turkmanlar Tog’rul boshchiligida bir qancha zarbalar 
berib Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so’ng Ma’sud 
katta qo’shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari yaqinidagi 
Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo’lib, bunda Ma’sud armiyasi 
qattiq mag’lubiyatga uchradi. Jangdan zo’rg’a qochib qutilgan Ma’sud tez 
orada (1040 yil)da vafot etdi. Uning vorislari G’aznaviylar davlatining 
avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo’la olmadilar. Asta-sekin o’z 
Qudratini 
yo’qotib boshlagan g’aznaviylar davlati XII asrning 
ohiridaAfg’oniston hududida tashkil bo’lgan yangi davlat Fyriylar 
tomonidan butunlay tugatildi. G’aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin 
saljuqiylar qo’ligao’tdi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish