“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
3. Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati. 
Yerga egalik shakllari. 
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI asrning 
boshlariga kelib Xorazm hokimi Ma’mun I va uning o’g’li Ali ibn Ma’mun 
Somoniylar davlati tugaganidan so’ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib 
ko’rdilar. Lekin Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi 
G’aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo’lib, ko’p 
hollarda Mahmud G’aznaviy va uning o’g’li Ma’sudga qaram edi. 
G’aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylarniig 
hukmronligi o’rnatilgandan keyin Xorazm dastlabki yillarda mustaqil siyosat 
olib borishga harakat qilgan bo’lsada tez orada Saljuqiylarga qaram davlatga 
aylandi. 


83 
Xorazmni mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko’p xizmat qilgan 
hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) edi. Saljuqiy Sulton 
Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo’lgan Anushteginning nevarasi 
Otsiz o’zi tobe bo’lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan 
foydalandi. Ayyor, diplomat va mohir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil tashqi 
siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning 
quyi oqimidagi yerlarni, Mang’ishloqni bosib oladi. Shundan so’ng u bir 
necha bor (1138, 1141-1142, 1147-1148 y.y) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi 
va mag’lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo’lib qoldi. Lekin 
shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata 
oldi. Sulton Sanjarning o’limidan so’ng (1157 y) Saljuqiylar davlati deyarli 
yuq bo’ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borish uchun 
keng yul ochildi. Muhammad Otsizning o’limidan so’ng o’g’li Elarslon taxtga 
o’tirdi. U otasiga Qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. 
Xurosondagi voqealardan foydalanib u Kaspiy bo’yidagi Dehistonni bosib 
olishga erishdi. Elarslon otasi davrida Xorazmga bo’ysundirilgan kuchmanchi 
turkman va qipchoq kabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga 
ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo’shin bilan 
Movarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo’lgan 
Qoraxoniylar ko’chmanchi qarluqqabilalari bilan jang olib borishayotgan 
edi. Elarslan qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan 
janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo’shinlari yordamga yetib 
kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo’ldi. U bir necha marta 
Xurosonga yurish qilgan bo’lsada, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-
1172yillarda qoraxitoylarning katta qo’shini Xorazmshox-ning o’lponini o’z 
vaqtida to’lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. 
Elarslonning buyrug’i bilan Sirdaryodagi katta tug’on buzib tashlanadi va 
katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo’shini yurishini 
qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)ni talon-taroj 
qilishdan saqlab qolindi.Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davridaElarslon 
vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o’g’li Sultonshox 
egallaydi. Elarslonning kattao’g’li Alouddin Takash Qoraxitoylar yordami 
bilan ukasi Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi. Sultonshox 
Xurosongaqochishga majbur bo’ldi. SHundan so’ng Alouddin Takash (1172-
1200 y) Xorazmda maxkam o’rnashib, qoraxitoylarga va’da bergan 
o’lponni to’lashdan bosh tortadi. Bunga javoban qoraxitoylar Xorazmga 
yana yurish qiladilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Sultonshoh esa 
qo’shin bilan Marv shahrini, Saraxs va Tusni egalladi. 
Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz yurishlaridan keyin, Takash o’z 
davlatini yanada mustahkamladi, Movarounnahrga, Xurosonga bir necha bor 
harbiy yurishlar uyushtirdi. U Movarounnahrni egallay olmaganbo’lsada, 
lekin Xurosonni bir necha tumanlarini bosib oldi. Lekin Xorazmshoh 
Takashning Xurosonda kuchli va xavfli raqibi bor edi. Bu tobora ko’chayib 


84 
borayotgan G’uriylar davlati edi. Fy’ viloyati hozirgi Afg’onistondagi Xerirud 
daryosi bo’yida, Xirotdan Balxgacha, Qobuldan G’aznagacha cho’zilgan 
viloyat bo’lib, bu yerda asosan forsiy qabilalar yashatan.
1150-1151 yillarda g’uriylar hokimi Alouddin G’aznaviylar sulolasi 
sultoni Baxromshoh ustidan g’alaba qozonib, G’azna shahrini vayron qilgan 
edi. G’aznaviylarga so’nggi zarbani 1186-87 yillarda G’uriylar hokimi 
G’iyosiddin Muhammad berdi. Shundan so’ng g’uriylar hozirgi Afg’onistonni 
hamda Tojikiston va O’zbekistonning janubiy rayonlarini ham ma’lum vaqt 
egallab turdilar. Xurosonda Saljuqiylarning kuchsizlanganidan foydalanib 
G’uriylar Sultoni G’iyosiddin Muhammad 1175 yilda Hirotni egalladi va 
Xurosonning markaziy rayonlariga hujumlar uyushtirib turdi. Qoraxitoylarning 
vassali hisoblangan Xorazmshoh Takash esa Xorazmni qoraxitoylar qo’lidan 
qutqarish uchun katta kuch sarflashga majbur bo’ldi. Faqat XII asrning 80 
yillarida u Xurosonda ba’zi bir yutuqlarni qo’lga kiritdi. 1187 yilda u 
Nishopo’rni, 1192 yilda Ray shahrini, 1193 yilda Marv shaxrini egalladi. 
Bag’dod xalifasi Nasr (1180 - 1225) va Fa’biy Saljuqiylar Sultoni Tog’rul II 
o’rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo’shinlari 1194 yilning mart oyida 
Togrul II ga qarshi urush ochdi va uni yengib Hamadon shaxrini egalladi. 
Torrul II esa jangda o’ldirildi. 
Xorazmshohning tobora ko’chayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa 
Nasr qo’shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida 
xorazmliklar xalifa qo’shinlarini yengdilar. Shu tariqa Eronning katta qismi 
Xorazmshohlar qo’liga o’tdi va Xorazm davlati xududi birdaniga ikki 
baravariga kengaydi. Xorazm davlati endi Bag’dod xalifasiga tegishli 
joylar va G’uriylar bilan chegaradosh bo’lib qoldi. 1200 yilda Takash vafot 
etdi va shundan keyin Iroqda xalq qo’zg’
OLONI 
ko’tarildi, bu yerdagi Xorazm 
qo’shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xurosonga chekinishga 
majbur bo’ldi. Xorazmshohlar ichida Takash eng talantli lashkarboshi va 
hukmdor edi. U juda og’ir vaziyatda Old Osiyo va Markaziy Osiyoning 
katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. 
Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o’zining xotini Turkon 
Xotun mansub bo’lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni 
doimo qo’llab-quvvatladi. Turkon Xotunning davlat ishlariga aralashuvi 
Xorazmdagi ichki nizolarning ko’chayishiga olib keldi. Takashning 
o’limidan keyin Xorazm taxtiga uning o’g’li Alouddin Muhammad o’tirdi 
(1200-1220yy) 1203yilda Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan 
Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini egalladi, 1207 
yilda u o’z poytaxtiga qaytib Movarounnahrni bosib olish uchun tayyorgarlik 
ko’ra boshladi. Shu yilning o’zidayoq Muhammad Movarounnahrga katta 
kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko’tarilgan 
xalqqo’zg’oloni edi. Bu qo’zg’olon 1206 yilda Buxoro sadri (hokimi) 
Muhammad ibn Abdulazizga qarshiqaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos 
barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar 


85 
olib, ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar bo’lishiga qaramasdan 
aysh-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi. 
Buxoroda uning zulmiga qarshi xalqharakatining asosiy kuchlari shahar 
hunarmandlari edi, qishloqaholisi- dehqonlar bu harakatni qo’llab quvvatladi. 
Bu qo’zg’olonning boshlari qalqon yasovchi ustaning o’g’li Malik Sanjar ismli 
shaxs edi. Qo’zg’olonchilar sadr Muhammadni oilasi bilan quvib chiqardilar. U 
qoraxitoylardan 
yordam 
so’radi. 
Lekin 
Xorazmshoh 
Muhammad 
qoraxitoylardan oldinroqharakat qilib Buxoroni bosib oldi va shu tarifa 
Movarounnahrni 
Xorazm 
tarkibiga 
qo’shib 
olish 
boshlandi. 
qo’zg’olonchilarning boshlari Malik Sanjar Urganchga olib ketildi. 
Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi 
kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylarning vassali 
bo’lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do’stona 
munosabat o’rnatdi. Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga 
olib keldi vaular shaharni bosib oldilar. Bu vaqtda mo’g’ul qabilalaridan biri 
bo’lgan naymanlar qoraxitoylarning Yettisuvdagiyerlariga bostirib kirdilar. 
Shuning uchun qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishgamajbur 
bo’ldilar. Qoraxitoylarning qiyin ahvolgatushib qolganidan foydalangan 
Xorazmshox. 
Samarqandni 
egallab 
(Usmon 
uning 
vassaligaaylandi) 
qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida1210 yilda qoraxitoylar 
qo’shini ustidan g’alaba qozondi. Bu g’alaba tufayli Muhammad 
Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon 
Xorazmshohning to’liq vassaligaaylandi va uning kuyovi bo’ldi. 
Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo’lgan 
Samarqand xalqi 1212 yilda qo’zg’olon ko’tardi. Katta qo’shin bilan 
Xorazmshohning o’zi Samarqandga 
kirib 
borib 
qo’zg’olonchilardan 
shavqatsizlarcha uch oldi va o’z kuyovi Usmonni ham o’ldirdi. Shundan 
so’ng u Movarounnahrdagi vaziyatni o’z foydasiga xal etish uchun 
Farg’onani Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O’zgan shahrini ham 
egalladi va shu tariqa qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoylar 
sulolasini esa ko’chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida tugatdilar. 
Xorazmshoh Markaziy Osiyoni butunlay egallagandan so’ng G’arbga yurish 
qildi vatez orada Eron va Afg’onistonni bosib oldi. Bag’dod xalifasini 
ag’darishgao’rinib ko’rdi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish