“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
5. Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji. 
O’rta asr madaniyati shu darajada yuksaklikka ko’tarilganki, dunyoviy 
ilmlar, turli aniq fanlarning yutuqlari, natijalari ularning mazmuni belgilashda 
muhim ahamiyat kasb etgan. Turli sohalarda ijod etilib katta yutuklar qulga 
kiritilgan. O’rta Osiyoda dinshunoslikning o’ta rivoj topgan asri IX asr bo’lsa, 
XII asr ilm-fan taraqqiyotining cho’kkisi bo’ldi. IX - XII asrlar davomida O’rta 
Osiyo xalqlari dunyo madaniyatiga ilm fanning turli sohalari buyicha, 
xususan, arab yeki an’anaviy ilmlar, ya’ni asosan gumanitar ilmlar sohasida 
ham juda o’lkan xissa qo’shdilar. Bu davrda yashab ijod etgan O’rta Osiyolik 
buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari o’rtaasr ilm-fani rivojida nihoyatda 
muhim o’rin tutadi. O’rta Osiyodan chiqqan Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, 
Farobiy, Ibn Sino, Beruniy singari olimlarning nomi butun Sharq va Yevropa 
O’rta asrida nihoyatda xurmat bilan tilga olinadi. Markaziy Osiyo olimlari 
O’sha paytda ma’lum bo’lgan barcha ilm sohalari bilan qiziqdilar, dunyoviy va 
diniy fanlar rivojlanishga o’zlarining salmoqli xissalarini qo’shdilar. Bu haqida 
M.Hamidullaevning "O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati" (Fan-1994 
yil) F.Sulaymonovaning "Sharq va G’arb" (O’zbekiston-1997 yil) asarlarida
shuningdek "Buyuk siymolar, allomalar" (Me’ros 1995-1996 yil) to’plamlarida 
sermazmun va boy ma’lumotlar keltirilgan. Bu nashrlarda nafakat Al-
Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy va Ibn-Sinoning ko’p kirrali faoliyati 
xususida, balki ularning yuzlab izdoshlari va shog’irdlari haqida ham qimmatli 
ma’lumotlar berilgan. Ular lotin, arab va boshqa qator tillarni bilganlar, jaxon
tsivilizatsiyasi yaratgan aniq va gumanitar fanlar bo’yichao’z mustaqil 
mulohazalariga ega bo’lganlar.
Markaziy Osiyo madaniyatining rivojlanishida M.Qoshg’ariy, Yusuf Xos 
Xojib, Rudakiy, Narshaxiy kabi arboblarning hissasi ham kattadir. Imom-al 
Buxoriy, At-Termiziy kabi buyuk muxaddislarni butun islom olami bugun ham 
ehtirom bilan tilga olmoqda. 
O’lkamizda yuz bergan ilm-fan, madaniyat va saьnat sohalaridagi 
uzgarishlar, yangiliklarni asosiy xislatlaridan biri insonparvarlik G’oyalari 
doimo ustin turganligidir. Markaziy Osiyodagi uyg’onishning muhim belgisi bu
dunyoviy bilimlarga intilish hamda din va diniy bilimlarni jamiyat, inson 
manfatlaridan kelib chiqib talkin etish bo’lgan. Odamzot maьnaviyatini 
boyitish esaasosiy mezon bo’lgan.G’arb olimlari eьtirofichaantik tsivilizatsiya
bilan Yevropa to uyg’onish davriga kadar, ya’ni XVI asrgachaarab tilida 
bitilgan asarlar orqali tanishgan. G.Gegelь uzining tarix falsafasida "Fan va 
bilimlar ayniksa falsafa G’arbgaarablardan utgan" deb kursatadi. Yurtimiz 
allomalarining ko’pchiligi zamon taqozosiga ko’ra uz asarlarini asosiy qismini
O’sha paytda xalqoro tilgaaylangan arab tilida yozganlar. SHu boisdan aksariyat 
G’arb olimlari ko’pchilik Sharq olimlarini arab deb faraz qilganlar.


88 
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk 
mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-
fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o’rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon 
tillarini mukammal o’rgandi. O’qigan, o’rganganlari asosida, tabiatning bergan 
buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doir yirik, qimmatli asarlar yaratdi. 
Uning arifmetika vaalgebraga doir «Kitob al-jabr val muqobala» (To’ldirish va 
qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni 
boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham 
katta asos bo’ldi. Al-Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind 
arifmetikasi haqida kitob» bo’lib, bu asar tufayli avval SHarq xalqlari, so’ngra 
esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nlik 
hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-
Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (yerning surati) asari geografiyaga, 
«Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini
jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix 
risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari 
olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning 
«Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila 
boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat SHarqda emas, balki 
G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.1983 yilda xalqimiz 
buyuk allomaning 1200 yillik to’yini katta tantana bilan nishonladi. 
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning 
tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot 
etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni
Farg’ona zaminida to’g’ilib o’z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag’doddagi 
birinchi Ma’mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma’mun akademiyasi 
Xorazmshox Ma’mun akademiyasi edi). (Al-Farg’oniy, Muhammad Muso Al-
Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. 
Farg’oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa 
qo’shdi. Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u 
yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini 
olib bordi. 
Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida 
astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan 
boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo’lib 
urgandi. Kuyosh soatlarini bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. 
Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya 
fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi. 
Al-Farg’oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 
50 yil halol mehnat qildi. Ma’mun davrida Bag’dodda tashkil etilgan 
kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag’dod akademiyasida Al-
Farg’oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn SHokirning o’g’illari Ahmad, 


89 
Muhammad va Xasan ibn Muso aka ukalar nomlarini va ularning ilmiy 
natijalarini ham keyinchalik Beruniy o’z asrlarida hurmat bilan tilga oladi.
Faribdan Bag’dod akademiyasiga borib astronomiya va matematika fanlari 
bo’yicha tadqiqotlar olib borgan Al-Javhariy ham alohida o’ringa egadir.
Ahmad Farg’oniyga arab ilmiy dunyosida «Xosib» laqabi berilgan ya’ni, uni 
matematika sohasida tengi yo’qligi tan olingan. Yevropada Farg’oniyni 
Alfraganus deb ataganlar. SHuni ta’kidlash kerakki, 828 yilda Bag’dodda 1-chi 
rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yaxyo ibn Abu 
Mansur boshqargan. 3 yil o’tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona 
barpo qilindi va o’nga Markaziy Osiyolik alloma Holid ibn Abdumalik 
Marvarudiy rahbarlik qildi. Qizig’i shundaki har ikkala-rasadxonani ham Al-
Ma’mun iltimosiga ko’ra loyihasini va barcha andozalarini qog’ozga tushirish 
Ahmad Farg’oniyga yuklatilgan bo’lib, ushbu rasadxonalarning vazifalari, 
ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy
rahbar Ahmad Farg’oniyning zimmasiga tushdi. 
Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg’oniy Qohira 
yaqinidagi Fustat shahrigaNil daryosi suvi satxini o’lchash uchun yuboriladi. 
Farg’oniyning bu sohada yasagan nilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda. 
Farg’oniyning boy Me’rosi, asarlari hozir Kohira, London, Parij, Berlin 
kutubxonalarida saqlanmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, Farg’oniy 
asarlarining bilgan ko’p qismi hali to’liq o’rganilmagan va o’z tadqiqotchilarini 
kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro 
miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik o’lkan to’yi 
mamlakatimizda, xususan, u to’g’ilib o’sgan Farg’ona vodiysi diyorida keng 
nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal 
yodgorlik o’rnatildi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish