“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
 
6. Badiiy adabiyotning rivojlanishi 
Bu davrda maьnaviy madaniyatning rang barang sohalaridan biri adabiyot 
bo’lib, u o’z davrining ijtimoiy ongining muhim tomonlarini uzida ifodalaydi. 
Badiiy adabiyot bu davrda uch tilda rivojlandi: fors, tojik va arab. Badiiy 
ijodda ustun janrni poeziya tashkil etdi. 
1.Arab tilidagi adabiyot haqidagi manbalardan O’rta Osiyo olimi Abu 
Mansur ibn Abdumalikning "Yatimat-ad-daxr fimaxosin axl al-asr" kabi 
antologiya xrestomatiyalaridir.
Abu Axmad al-Kotib, Muhammad al-Murodiy vaboshqa shoiru, 
yozuvchilar ijod qilganlar. 
2. Fors tojik tildagi adabiyot. 
Bu davrda fors tojik tilida ijod etgan shoirlardan Shoxi Balxiy, Ravnakiy, 
Buxoriy, Shokir Buxoriylarni kursatish mumkun. Lekin bu til sheьriyatni, 
badiy adabiyotni Rudakiy, Firdavsiy, Umar Xayom kabilar dunyoga mashxur 
qildilar. 


90 
3. XI-XII asrlarga kelib ijtimoiy madaniy xayotda turkiy tilning keng 
tarkalib borishi davlat ishlarida keng kullanilishigako’cha boshlandi: arab, fors 
tilaridagi badiy asrlar bilan birga turkiy tildaham yirik dostonlar, she’rlar 
yaratildi. Yusuf Xos Xojibning "Kutadg’u bilig" va Axmad Yugnakiyning 
"Xibatul Haqoyiq" asarlari shular jumlasidandir. Yana Sulaymon Boqirg’oniy 
ham shu tilda ijod qilgan. O’sha davrlarda badiiy adabiyot asosan doston, 
sheriyat va kichik qissalardan iborat edi. 
Bu davrdaqadimgi so’g’d, urxun yozuvlari o’rniga arab yozuvinig 
tarqalishi asosida bu yangi yozuvda turli asarlar yozish ham avj oldi. Ular 
qo’lda yozilib ko’chirilgan. Qo’lyozmalarni chiroyli yozuvlar bilan ko’chirish 
turli bezaklar berish usullari ham keng qo’llanildi.
Qo’lyozmalar arab yozuvida bitilgan. Boshlangich islom diniy kitoblar 
kufiy yozuvda bitilgan. So’ngra kufiy yozuvi asosida yetti shakldagi yozuv 
Sharqda, jumladan O’rta Osiyoda keng tarqalgan. O’sha davrdagi qo’lyozmalar 
mana shu yetti shakldan birida bitilgan. Bulardan ayniqsa rayxoniy usuli
nihoyatda chiroyli bo’lib sahifalarini bezashda, duo kitoblarida ko’proq 
ishlatilgan. 
Abu Nasr al-Forobiy (873-950yy.) O’trorda to’g’ilgan, boshlang’ich 
ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, 
o’z zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli 
sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Yunon ilmini, xususan Aristotel 
me’rosini chuqur bilgani va ularni Sharqda rivojlantirgani uchun Aristoteldan
so’ng uni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Uning risolalari riyoziyot, 
falakiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, 
ayniqsa falsafa va mantiq ilmi masalalariga bag’ishlangan. Aristotelning barcha 
falsafiy asarlariga sharx yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa 
haqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng 
dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
 
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu 
mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, 
geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin 
asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning 
xikoyalar, she’rlar bitganligi ham ma’lum. Beruniy O’rtaasrda birinchi bo’lib 
globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning 
«Saydana», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Qonuni Ma’sudiy», 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga 
tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn 
Sino bilan ham zamondosh edi. 
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib 
o’sgan Abu Ali jahon madaniyati, ilm-fani xazinasiga bebaho hissa qo’shgan 
buyuk siymolardan biridir. U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, 
she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, 
astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi 


91 
shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin 
astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga 
bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum. («Истиографиya общественных наук 
в Узбекистане». «Библиографиchеское оchерки» T. «Fan» 1974 g. str. 30 ) 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish