“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
7.IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. 
IX-XII asrda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng 
rivojlandi. Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Burxonuddin Marg’iloniy, Abu Xafs 
Kabir Buxoriy kabi ulamolar islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. 
Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri 
markaziy o’rin egalladi. Tasavvuf ta’limoti rivojlanib O’rta Osiyoda uning turli 
xil yo’nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr ohirida Xorazmda 
Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya) paydo bo’ldi va tarqaldi Imom 
Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Buxoroda tavallud 
topgan bo’lib, yoshligidan bilimga intilib, arab tili va hadis kitoblarini o’qish va 
ularni yodlashga qunt bilan kirishgan. Keyinchalik Buxorolik muxaddislar 
Muhammad al-Poykandiy, Abdullox al-Masnadiylardan xadis ilmini chuqur
o’rganib ko’p hadislarni yod olgan. 16 yoshlarida onasi vaakasi bilan safarga 
otlanib Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Damashq, Misr, Makka, Madina 
shaharlarida bo’lishib mashhur hadis olimlaridan ilm olgan. Ma’lumki, «hadis» 
muqaddas «Kur’on» kitobidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Imom Buxoriy
hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 
jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. To’plam Misr va boshqa ko’p 
mamlakatlarda chop etilgan. Nihoyat bu to’plam 1991-1992 yillarda o’zbek 
tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga taqdim qilindi. Al-Buxoriy hadislari islom 
dunyosidagi yuzlab hadischi olimlarnikidan alohida farq qiladi va shuning 
uchun ham «Ishonarli» to’plam deyiladi. Al-Buxoriyning islom dinshunosligiga 
oid 20ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. Uning hadislari 
vaasarlarining diqqat markazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, 
uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, donoligi, yaxshi va yomonni bir-biridan 
ajrata bilishi kabi hislatlari turadi. Islom dunyosining yirik olimi, 
hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 
1205 yilligi 1998 yil xalqaromiqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan 
Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. 
Bu yerga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar. 
Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur 
bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida 
to’g’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur 
shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk
hadischi olim bo’lib, yetishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin 
tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy 
Me’ros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxiyx», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-


92 
Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar 
qolgan. 
1990 yil sentyabrь oyida Toshkentdaat-Termiziy tavalludining 1200 
yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Ismoil al-Buxoriy
hadislari kabi At-Termiziy to’plagan hadislarda ham tarbiya, ahloq odob, ota-
ona, va farzand haq-huquqlar,halollik, poklik, kabi umuminsoniyqadriyatlar 
vaahloq mezonlari asosiy o’rin tutadi. 
Abu 
Abdurahmon 
an-Nasoiy 
(830-915 
yy) 
Movarounnahrlik
hadischilardan an-Nasoiy ham Islom dunyosida mashhurbo’lib Niso (Hozirgi 
Turkmaniston) shahrida to’g’ilgan. Uzoq vaqtlar Misrda yashagan. Hadislar 
to’plagan. U «At-sunan al-Kubro», «Al-Mujtaba», «Al-Sunan» nomli hadis 
kitoblarini yozib qoldirgan. Bu kitoblar islom dinshunoslar orasida o’ziga xos 
obruga egadir. 
Burxoniddin Marg’iloniy (1197 yilda vafot qilgan) to’liq ismi Burxoniddin 
Marg’iloniy Ibn Abu Bakr al-Farg’oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fiqh ilmiga 
(din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» 
(ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» 
(farzlar haqida kitob) va boshqaasarlarni yozib qoldirgan. Burxoniddin 
Marg’inoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fiqh sohalari bo’yicha qo’llanma) 
asari 56 kitobdan iborat bo’lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi, 
Marg’iloniyning islom dunyosida obro’si o’ziga xosdir. Asarda Qipchoq, ugo’z, 
yamak, boshkird, bismil, yaboku, kay, tatar, qirg’iz, chig’il, tuxsi, yag’mo, 
igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabgoch singari turli turk qavmlari haqida
ko’plab ashyoviy dalillar keltiriladi. Uning bu yetuk asari xalqaro ahamiyatga 
ham egadir. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish