86
shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko’lami, oqibatlari, jahon tsivilizatsiyasiga
ta’siri ham bo’lakcha bo’lgan.
O’lkamiz hududida miloddan avvalgi davrlarda erishilgan moddiy va
ma’naviy madaniyat yangi
asrlarda Kushon podsholigi, eftalitlar davlati va
Turk xokonligi davrlarida o’sib bordi. Me’morlikda yangi kurilish g’oyalari
vujudga keldi va ular murakkab muxandislik yechimi asosidaamalga oshdi
(Masalan Usturishona, Varaxsha va boshqalar).
Xunarmandchilik rivojlandi,
ularning yangi turlari vujudga keldi. Savdo-sotiq, qo’shni yurt-elatlar bilan
munosabatlar rivoj topdi, sug’orma dexqonchilik
maydonlari kengaydi,yangi
suv inshoatlari barpo etildi. Aholi o’rtasida savodxonlikka intilish ko’chaydi.
Mavjud din va aqidalar o’zaro murosada yashadi. Madaniy xayot, sa’natni turli
janrlari boyidi. Tabiiy fanlarga, atrof muhitni anglashga, kengroq bilishga
intilish ko’chaydi. Lekin, VIII asr boshlarida Markaziy
Osiyo aholisi arablar
bosqini natijasida og’ir kiyinchiliklarga duchor bo’ldi va istiloga qarshi
ko’p yillik kurash olib bordi. Abu Rayxon Beruniy asosli ravishdaarablar istilosi
oqibatida So’g’d va Xorazmning boy madaniyati barbod bo’ldi, deb
afsuslangan edi. SHu bilan birgaarab xalifaligida ham katta o’zgarishlar yuz
berdi. Ummaviylar sulolasidan xokimiyat Abbosiylargao’tganligi muhim
voqea bo’ldi. Yangi sulola benixoya katta saltanatni idora qilishda,
uning
taraqqiyotining ta’minlashdailmu-fanning ahamiyatini chuqurroq angladi.
Xulosa Xorun-ar-Rashid (786-809), so’ngra uning o’g’li Ma’mun o’z
tasarufidagi o’lkadan olimlarni xalifalik poytaxti Bog’dodga taklif etdilar, ularni
samarali ishlari uchun sharoit yaratdilar.
O’lkamizda islom dinining tarqalishi, uning mahalliy odat-udumlari bilan
tez orada uyg’unlashuvi kattaahamiyatga ega bo’ldi. Madaniy sohada xususan
islomning ahlokiy tariqatlari, shuningdek IX-X asrlardagi dunyoviy ilimlarni
rivoji arab dunyosidagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni anchao’zgartirdi.
SHuning bilan birgaarab (islom) tsivilizatsiyasining
shakllanishda Xindiston,
Eron, Yunoniston, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarning madaniyatining
ta’siri katta bo’lgan Mintakamizda kadimdan tsivilizatsiya asoslari, moddiy va
ma’naviy madaniyatning chuqur ildizlari mavjud edi. VIII asr oxirlari IX asr
boshlarida Markaziy Osiyoda ijtimoiy va siyosiy vaziyat yangi barqarorlashdi.
Bunday
sharoit mintaqada ilm-fan, umuman madaniyatning keng ko’lamda
rivojlanishi uchun asos yaratdi. Xususan, Buxaro, Samarqand, Xiva, Termiz,
Farg’ona, Xo’jand, Qo’qon kabi shaharlar madaniyat o’choqlarigaaylandi.
Xorazmda esa Ma’mun akademiyasi tashkil topdi.
O’lkadagi mazkur madaniy yuksalish feodal munosabatlarning xususan,
feodal boshqaruvining markazlariga aylangan shaharlarning u yerdagi
xunarmandchilik, savdo-sotiq aloqalarining tezlik
bilan rivojlanishi asosida
vujudga keldi. Bu rivojlanish esa O’rta Osiyoning arab xalifaligiga qo’shilishi,
keng savdo-sotiq aloqalariga kirishuvi islomning tarqalishi natijasida yanadaavj
oldi. Avvaldan mavjud bo’lgan va O’rta Osiyoning G’arbidan-Sharqigacha
kesib o’tgan hamda qator shaxarlarning ham o’z ichiga olgan mashxur Ipak