Samoniylar davridagi madaniy hayot.
IX-X asrlarda me’morchilik san’ati
va qurilish uslubi o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko’tarildi. Bu
davr qurilishidaavvalgi asrlardagi kabi xom g’isht va paxsaasosiy qurilish
materiali hisoblangan. Qurilishda yog’ochdan keng foydalanilgan. Uylarning
ustunlari va to’sinlari yog’ochdan qilingan, tomlar yassi bo’lgan.
Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson me’morchilik san’atining
yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil
Somoniy maqbarasidir. Bu maqbaraasrlar osha bizning ko’ngacha yetib kelib,
o’zining me’moriy barkamolligi va shu bilan birga oddiyligi bilan insonni
hayratga soladi.
Somoniylar me’morligining yana bir noyob durdonasi Kattaqurg’ondan 60
km, janubdagi Tim qishlog’ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Arab ota
maqbarasi hashamatli me’morchilikning ancha rivojlanganligidan dalolat
beradi. Maqbarada bitilgan yozuvlarga qaraganda bu inshoot 977-978 yillarda
qurilgan bo’lib, bu yerda samoniylardan biri ko’milgan. Arab ota maqbarasi
ismoil Somoniy maqbarasi bilan o’xshashlik topadi.
Somoniylar
davri
me’morchiligining nodir namunalarini Karki
(Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, Uzun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo’ja
Naxshron, Karmanadagi Mirsaid Baxrom maqbaralarida ham uchratish
mumkin. Bu yodgorliklar ham IX-X asr memorligi yuksak darajada
bo’lganligidan dalolat beradi.
IX-X asr me’morligining rivojlanish yo’llarining saqlanib qolganligini
ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Masjidlarning tomi odatda
gumbaz shaklida bo’lgan. Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda,
Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun,
Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar
Markaziy Osiyo diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkonini
beradi.
Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi
uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishiga katta mablag’ sarflagan. Bu
saroy g’oyatda go’zal bo’lgan.
76
Somoniylar davriga oid shahar va qishloq aholisining uylari to’g’risida
hozir arxeologiya ancha ma’lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-
Afrosiyob,
Xorashkent-Kanka,
Binkent,
Termiz,
Marv
kabi
o’nlab
yodgorliklarda olib borilayotgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir.
Bu davrda Buxoro, Marv, Samarqand, Nishonur, Balx, Binkent, Kesh,
Xo’jand, Urgench yirik madaniyat va fan markazigaaylandilar.
Yirik ma’rifatparvar ijodkorlardan biri Abu Abdullo Rudakiy bo’lib, fors-
tojik adabiyotining otasi xisoblanadi. Shoir, sozanda, bastakor, xofiz Rudakiy
ma’lum muddan Samoniylar saroyida ham ishlagan.
Mashhur shoir Abu Mansur Daqiqiy “Shohnoma”ga asos solgan.
Abdulqosim Firdavsiy esa Buxoroga kelib ijod qilgan va Daqiqiy
“Shoxnoma”sini davom ettirgan. Firdavsiy “Shohnoma”si jahon adabiyoti
hazinasiga qo’shilgan o’lmas xissa bo’ldi.
Somoniylar davrida Muhammad Muso al-Xorazmiy bir necha fanlar
sohasida yirik ixtiro, kashfiyotlari bilan bir qatorda Bag’doddagi Ma’mun
akademiyasigaal Farg’oniy bilan birgalikda rahbarlik qildilar.
Bu davr madaniyati, fanining eng yirik vakillaridan biri Abu Nasr al
Farobiydir. Falsafada, tilshinoslik, mantiq, musiqa, matematika kabi qator
fanlarda yangiliklar ijod etib, jahon fanini boyitdi.
Samoniylar davri tabobatining eng mashhuriIbn Sino bo’lib, uning
tabobatga oid xizmatlari hozirgi kungacha xalqaro tabobatni eng azizi
hisoblanadi.
Axmad al-Farg’oniy esa astronomiya ilmida ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritdi. Damashq, Bag’dodda uning loyixasi bilan rasadxonalar qurildi. Nil
daryosining suvini o’lchaydigan asbob “Miqyos ul jadid” (nilometr) asbobini
kashf etdi. Xullas Samoniylar davlati davrida Movarounnahr va Xuroson arab
xalifaligi ta’siridan butunlay qutuldi.
X asrning II yarmida Qoraxoniylar davlati tarkib topdi. Yangidan tashkil
topgan davlatning birinchi boshlig’i «bug’raxon» (ya’ni podshox) deb
ataluvchi davlat unvoniga ega bo’lgan. Uni arabcha Xorun ibn Muso ibn
Satul deb atashgan, lekin hujjatlarda faqat Bug’raxon deb keltirilgan.
Biroq Yettisuv Movarounnahr tomonidan anchagina madaniy ta’sirotga
uchradi.
Bo’g’raxon boshchiligida Yettisuv turkiylarning O’rta Osiyoning
g’arbiy viloyatlari - Shosh, Farg’ona, Sug’diyona va boshqa yerlarga
bosqinchilik yurishlari boshlandi.
Boshqa har qanday bosqinchilik harakati singari o’rtaasrlarda bu yurishlar
ham talon-torojlik va zo’ravonlik bilan bog’liq edi.
Soliq zulmidan azob chekkan dehqonlar Samoniylar qo’shinlari harakati
tufayli Somoniylar hokimiyatidan norozi bo’lishdi. Ana shu va boshqa sabablar
oqibatida qudratli, boy va madaniyatli Somoniylar davlati ag’darilib,
Qoraxoniylar davlati qaror topdi.
77
X asrning ikkinchi yarmi Somoniylarning turli isyonlarga qarshi keskin
kurash olib borishi bilan ifodalanadi. Bo’g’raxon Jun Mo’miyona saroyiga
joylashdi. Biroq kasallik, buning ustiga kun jaziramasi uni Somoniylar
poytaxtini tark etishga majbur qildi va u Samarqandga yo’l oldi. Bo’g’raxon
kasalligining ko’chayishi sababli Samarqanddan ketishga majbur bo’ldi. U
Qashqar tomon yo’l oldi va yo’lda vafot etdi.
Biroq bu holat ham Nuhga yanada mustahkamlanib olish imkonini berdi,
Xuroson Abu Ali va Faiq qo’lida, G’azna hamda Hirot Sabuq Tegin qo’lida edi.
996 yili turkiylar Nasr boshchiligida Movarounnahrga hujumni tikladilar.999
yilda Qoraxoniylar Buxoroni qo’lga kiritdilar va Movarounnahrda hokimiyat
haqidagi masala hal etildi.
To’g’ri, Somoniylar yana 1005 yilga qadar qarshilik ko’rsatdilar. Biroq
qo’lga kiritilgan yutuqlar voqealarning borishiga ta’sir etmadi. 1005 yildan
keyin Qoraxoniylar qarshilik ko’rsatish to’xtadi.
1001 yili Mahmud Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlatlari o’rtasidagi
chegarani belgilashda Nasr bilan shartnoma tuzdi. Amudaryo asosiy
chegaragaaylandi. Buning natijasida esa Samoniylar saltanati o’rnida
Qashqardan Amudaryoga qadar cho’zilib, Sharqiy Turkistonning bir qismi,
Yettisuv, Shosh, Farg’ona va qadimgi Sug’diyona hududini o’z ichiga olgan
Qoraxoniylar davlati bilan Shimoliy Xindistondan qariyib Kaspiy dengizining
janubiga qadar cho’zilib, hozirgi Afg’oniston va Shimoliy-Sharqiy Eronni o’zi
ichiga olgan G’aznaviylar davlati paydo bo’ldi.
Movarounnahrda Somoniylar davlatining qulashi va hokimiyat tepasiga
Qoraxoniylarning kelishini tojik sulolasining turkiy sulola bilan almashinuvi
deb bilish kerakmas. O’rta Osiyoda ro’y bergan o’zgarishlar nihoyatda chuqur
bo’lib, siyosiy va ijtimoiy hayotning hamma tomonini qamrab olgan
edi,avvalambor, markazlashgan davlat tuzumi butkul quladi. Qoraxoniylar
mamlakatni viloyatlarga bo’lib boshqarish usulini ta’sis etdi. Ularni sulola
vakillari-ilikxonlar boshqarishgan, uning hukmdori-buyuk xon ko’pincha
Qashg’arda, ahyon-ahyonda Bolasog’unda bo’lardi. U Erondagi “shohanshox”
singari “xonlar xoni” yoki “sultonlar sultoni” degan unvonga ega edi.
qoraxoniylar sulolasi manbalarida u “tamg’achxon” yoki “tabg’achxon” deb
atalgan. Turkiylar Xitoy imperatorini ham shu unvon bilan atashgan.
Ilikxonlar huzurida vazir, saxib-barid mustavfi, shaharlarda hokim, rais,
muxtasib va boshqalar saqlanib qolgan edi. Diniy mansablar to’liq saqlanib
qolgan, chunki Qoraxonniylar din ahli bilan do’stona munosabatda edi.
Ular turkiylar qo’shini bilan ittifoqda bo’lish an’anasini davom ettirishdi.
Qoraxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi yirik zamindorlikning eski
ko’rinishlari yemirilishini tezlashtirdi, bu yemirilish X asrning ikkinchi
yarmidayoq boshlangan edi.
V.V.Bartold o’z asarlarida ta’kidlab o’tishicha, mo’g’il istilosi arafasida,
ya’ni XIII asr boshlariga kelib, yirik zamindorlar sifatida dehqonlar tilga
olinishi deyarli uchramaydi. Biroq dehqon degan so’zning o’zi atama sifatida
78
yo’qolib ketmadi, balki mazmunini o’zgartirdi. Endi dehqon deyilganda mayda
yer egasi tushunila boshlandi.
Sharqda “iqto’” atamasi bilan ma’lum bo’lgan shartli yer egaligi XI asrda
keng tarqala boshlangan. Iqto’ – yerni birovga sovg’a qilishning muntazam
ravishda muayyan daromad olib turish bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos bir
ko’rinishidir. Saljuqiylar sultoni vaziri Nizom ul-Mulkning “Siyosatnoma”
asarida iqto’-daromadning muayyan qismini olish maqsadida sovg’a qilingan
yer deb ta’riflanadi.
Davlat hokimiyati, shuningdek, tegirmon, hammom, bozordagi do’kon va
boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham iqto’ qilib bera olgan.
Qoraxoniylar iqto’ni turkiy sarkardalardan tashqari amaldor tojiklarga va
boshqalarga ham bergan.
XI asrda Movarounnahrga Qoraxoniylar bilan birgalikda ma’lum miqdorda
ko’chmanchilar ham kelishdi, ularning podalari ekinzorlarni payxon qilib
tashladi. Dehqonlarning asosiy qismi qishloq jamoasi sharoitida yashashda
davom etar, jamoada esa chorakor mavqei baland edi.
Qoraxoniylar zamonida hunarmandlar ham boredi. Yusuf Xos Hojib
Bolasog’uniy turkiy tilda bitilgan «Qutadg’u bilig» asarida yozishicha,
Qoraxoniylar hunarmandlarga, xususan, temirchi, tikuvchi, etikduz, suv
tashuvchi, egarchi, toshkesar, o’qchi, yey yasovchi vaboshqa xil kasb egalariga
yaxshi munosabatda bo’lishgan.
Savdogarlar ham qadrlanardi. Biroq chorvador ko’chmanchilarga
munosabat boshqacha bo’lgan, chunki ular johil va yaramas odamlardir, deb
yozadi muallif.
Qoraxoniylar dexqonchilikni, ayniqsa shahar hayotining madaniy
ahamiyatini yaxshi tushunishardi. Ular Qashg’ar, Bolasog’un, Taroz,
Uzgan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni poytaxt qilishgan. Bu
yerlardaular saroylar qurishar va goxo qishlab ham qolishardi.
Ayni vaqtda Qoraxoniylar o’zlari duch kelgan va manfaatlariga
moslashtira olishgan tartiblarni tan olmasliklari mumkin emas edi.
Ilikxonlar bilan xonlar xoni o’rtasidagi aloqamustahkam emas edi.
Viloyat xokimlari doimo o’zaro adovatda bo’lib, mustaqillikka intilishar,
shu bois Qashg’ardagi xukmdor bilan oralari yomon edi.
Qoraxoniylarning poytaxti Bolasog’un bo’lsa hamxonlar ko’pincha,
Qashg’arda yashashardi. 1072 yili O’zgan poytaxt bo’ldi, XI asr ohirida
O’zgan Qoraxoniylar saltanatining Farg’ona viloyati markazi bo’lib
Samarqandni markaz qilib olgan Movarounnahr Ilikxoni hammadan
ko’proq nufuzga ega edi.
1046/47 - 1068 yillari Movarounnahrda xonlar xoni Ibrohimhukmronlik
qildi, u biron-bir muhim ishni bajargani yuq, ammo din axli bilan yaqin edi.
Uning davrida ikkita yangi sulola- Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o’rtasida
nihoyatda do’stona munosabatlar vujudga keldi. Faqatgina ikkita shahar -
79
Amudaryoning ikki sohilidagi Termiz va Balx atrof xududi bilan birgalikda
nizo manbai edi, xolos.
1063 yili Saljuqiylar davlatining asoschisi To’g’rulbek vafot etdi, uning
o’rnini jiyani, CHoribek Dovudning o’g’li Alp Arslon (1063-1072 y)
egallab, Marv (hozirgi Mari) shahrini poytaxt qildi.
1068 yili xonlar xoni Ibrohim taxtni o’g’li Shams ul-Mulk Nasrga
topshirdi, u esahokimiyat uchun ukasi Shuays (yoki Safays) bilan kurash
boshlab g’olib chiqdi. Nasrning hukmronlik davrida Saljuqiylar sultoni, Alp
Arslon bilan ziddiyat ko’chaydi. 1072 yili Alp Arslon Qoraxoniylarga qarshi
buyuk yurish boshladi. Qariyb 200 ming kishilik qo’shinniAmudaryodan
o’tkazish uchun u kemalardan maxsus ko’prik qurdirdi. Biroq yurish
boshlanishidayoq Alp Arslon o’z chodirida mahalliy qal’alardan birining
boshlig’i Yusuf al-Xorazmiy tomonidan o’ldirildi. Yurishni kechiktirishga
to’g’ri keldi.
1072-1092 yillari Saljuqiylar taxtiga Malikshoh chiqdi, ana shuning
davrida Nizom ul-Mulk vazir bo’lib, «Siyosatnoma» asarini yozdi.
1080 yili SHams ul-Mulk Nasr olamdan o’tdi, uning o’rnini ukasi,
keyinchalik shoirlarning piri hisoblangan Xizr egalladi. U qachon o’lgani
noma’lum, o’rniga o’g’li Ahmad chiqdi.
1089 yili Saljuqiylar sultoni Malikshox Ahmadxongaqarshi yurish
boshladi. O’sha yiliyoq u Buxoro bilan Samarqandni egalladi, Ahmadni
asirga
olib
Isfahonga
jo’natdi.
So’ng
MalikshohAxmadni
Samarqandgaqaytardi, mutaassib ruhoniylar va turkiy sarkardalari 1095 yili
Kosonga (Farg’onadagi) yurish paytidaAhmadni yoy ipi bilan bo’g’ib
o’ldirishdi. Uning o’rnini Mas’udxon egalladi.
1092 yili Malikshohham o’ldirildi va 1118 yili hokimiyat tepasiga buyuk
Saljuqiylarning so’nggi vakili sulton Sanjar (1118 - 1157 yillar) keldi. Uning
hukmronlik davrida Saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqega
erishdilar.
Movarounnahrning so’nggi hukmdori Arslonxon sholbo’lgan holatda
fitnachi ruhoniylarga qarshi sulton Sanjarni yordamga chaqirdi, u esa butun
Movarounnahrni egallab oldi. Bu voqea1130, yili ro’y bergan edi. Shundan
keyingi Qoraxoniylar mustaqillikni boy berib qo’yishdi va Saljuqiy Sanjarga
qaram bo’lib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |