“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


-Modul: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

5-Modul: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
qo’shgan ulkan hissasi 
 
1. IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va 
qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv 
munosabatlari. 
2.G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati. 
3.Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati. Yerga 
egalik shakllari. 
4.Uyg’onish davri. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda madaniy yuksalish. 
5.Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji. 
6.Badiiy adabiyotning rivojlanishi. 
7.IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. 
 
1. IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va 
qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv 
munosabatlari. 
Arablar istilosidan keyin O’rta Osiyoda (IX-XII) feodal munosabatlar 
yanada mustahkam negizda qaror topa bordi. 
Xuroson va Movorounnahrni idora qilgan arab hokimlari butun xalifalik 
saltanatiga kuchli ta’sir o’tkazdilar. Buni 809 yilda Bog’dodda musulmon 


68 
dunyosi tarixida salmoqli iz qoldirgan. Mashxur xalifa Xorun-ar-Rashid 
vafotidan so’ng xalifalikda yuz bergan muhim siyosiy o’zgarishlar ham yaqqol 
isbot qildi. Movorounnaxr va Xurosonning yirik feodal namoyondalari bo’lmish 
Tohir ibn Xusayn, Samon Xudod singari yetakchi kuchlar madati bilan xalifalik 
taxtiga o’tirgan Xorun-ar Rashidning kenja o’g’li, Xuroson noibi Ma’mun yagi 
xalifa sifatida mahalliy feodallar, amiru-beklarga iltifotlar kursatib, ularning 
ichki mustaqqilligini yanada mustahkamlashga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Buning 
natijasida Tohir ibn Xusayn, Samonxudot va ularning avlodlari Xuroson va 
Movorounnahr hududlarining amalda hukmdorlari bo’lib oldilar. Tohiriylar 
rasman xalifalikka tobe’ xisoblansalarda, amalda o’z ichki mustaqil siyosatini 
o’tkazib va uni amalga oshirib bordilar.Sulola asoschisi Tohir ibn Husayn 
Xurosonning eng yirik yer egalaridan bo’lib u Horun ar-Rashidning o’g’li 
Ma’munni taxtga o’tirishiga yordam bergan. Ma’mun (813 - 833 y.) xalifa 
bo’lib olgach, Tohir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan 
birigaaylandi. U bir necha vaqt xalifa qo’shinining bosh sarkardasi lavozimida 
ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson 
noibligini poytaxti qilib Nishopur shaxrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o’ziga 
qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil 
o’tmasdanoq Tohir ibn Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd 
qilishni man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari 
amalga oshmadi. U to’satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o’limida 
xalifaning odamlarini qo’li bo’lgan. 
Xalifa Ma’mun Tohir ibn Husayn o’rniga Xuroson noibi qilib uning o’g’li 
Talxni tayinlaydi (822 - 828 yillar). Tohirning ikkinchi o’g’li Abdullo noiblik 
qilgan yillarida (830 - 844 yillar) Xuroson xalifagavassal hisoblansa-da, aslida 
mustaqil davlatgaaylandi. Xalifa Mutasim. (833 - 842 yillar), bir necha bor 
Abdulloni bo’ysundirishgaharakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi. 
Tohiriylar kuchli xokimiyat tuzishga, qishlok xo’jaligini tashkil 
etishgaastoydil harakatqildilar. Yangi sug’orish inshootlarini barpo etdilar. 
Mahalliy amaldorlarni o’z lavozimlarini suiste’mol qilmas-liklarini nazorat 
qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan 
olinadigan soliqni xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na 
dexqondan olinadigan soliq miqdorini, na ular utaydigan majburiyatlarni 
kamaytirmaganlar. Soliqlar miqdori juda katta bo’lgan. Soliqlarning ko’pchiligi 
dehqonlarni qo’zg’olon ko’tarishiga olib kelgan. Tohiriylar bu qo’zg’olonlarni 
shavqatsiz bostirib turganlar. 
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, 
islom ruxoniylarini o’z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talh 
ibn Tohir noibligi (842 - 864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan. 
Davlatni idora etishda tohiriylar malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. 
Shuning uchun ular bilimdon odamlarga xomiylik qilganlar. Ma’lum toifadagi 
odamlarga bilim olish uchun keng sharoitlar tug’dirib berganlar. Manbalarda 


69 
qayd qilinishicha Tohiriylar juda bilimdon bo’lganlar. Xususan, Tohir ibn 
Husayn va Abdullo ancha tanilgan shoir bo’lgan. Abdullo vafotidan keyin 
Tohiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko’p vaqt o’tmay ularning 
hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining so’nggi vakili Muhammad 
ibn Tohir (862- 873y) Yoqub Ibn Lays bilanbo’lgan jangda mag’lub bo’ldi. 
Somoniylar sulolasiga asos solgan Somonhudod yirik yer egasi bo’lgan. 
Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan 
yoki Termizdan bo’lganligi qayd etilgan. Somon Ma’mun Xuroson noibligi 
paytidao’nga xizmatga o’tgan va tez orada uning e’tiborini qozongan, Ma’mun 
ta’siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Xuddi 
shu vaqtda Somoniyning o’g’li Asad ham xalifa Ma’mun e’tiboriga tushgan. 
Asadning to’rttao’g’li bo’lgan va ular Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. 
Ma’munning buyrug’iga binoan Xuroson noibi Asadning o’g’illarini 820 yilda 
Movarounnaxr o’lkalariga noib qilib tayinlaydi. Xususan, Asadning kattao’g’li 
Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg’ona, Yahyoni SHosh va Ustrushonani, 
Ilyosni Xirot noibi qilib tayinlaydi. Tohir ibn Xusayn Asadning o’g’illarini 
yaxshi bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo’lini cho’zgan. 
Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnaxrni o’z oilasi boshchiligida 
birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko’rsata 
olmadilar. 864 yilda Ahmad vafot etdi. Somoniylar sulolasining boshlig’i 
sifatida 865 yilda Ahmadning o’g’li Nasr tan olindi. Lekin hamma Somoniylar 
ham sulola boshlig’i sifatida Nasrni birdan tan olmadilar: xususan Shosh hokimi 
Yokub Nasrni tan olmay o’z nomidan tangalar zarb qila boshladi. Ayniqsa, 
Nasrning ukasi Ismoil bilan aloqasi keskin edi. Ma’lumki, 873 yili Buxoro 
viloyatini Tohiriylarning so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va 
o’nga solihlar soldi. Bundan g’azablangan xalq Muhammadga qarshi 
qo’zg’olon ko’tardilar. Shahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, 
somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Buxoroni somoniylar 
davlatiga qo’shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursand bo’lib qabul 
qildi va Buxoroga noib qilib ukasi Ismoilni jo’natdi. Ismoil Buxoroga kelib 
ko’zg’olonni bostirdi. 
Nasr Ismoilni o’z noibi deb xisoblar edi. Ismoilibn Ahmad Buxoroda o’z 
hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni 
yubormay qo’ydi. Shundan so’ng aka-uka o’rtasida nizo paydo bo’ldi: 886 yili 
Nasr va Ismoil qo’shinlari to’qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag’lub bo’ldi va u 
vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o’tgach aka-uka 
qo’shinlari o’rtasida yana to’qnashuv bo’ldi. Bu jangda Ismoilning qo’li baland 
keldi. Nasr qo’shini tor-mor qilindi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo’liga 
o’tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o’z vafotigacha (892 
yili) somoniylarning boshlig’isifatida Samarqandda qoldi. 
Nasr vafotidan so’ng Ismoil davlat boshlig’i bo’ldi. Poytaxt Samarqanddan 
Buxoroga ko’chirildi. O’zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893 yili 
ko’chmanchilarga qarshi qo’shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va 


70 
uning 10 ming qo’shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o’ljani qo’lga kiritdi. 
Xalifa al-Mutadis (892-902y) Ismoilni qudrati ko’chayib ketayotganligini 
ko’rib, Movarounnahrdan maxrum bo’lib qolishidan sarosimaga tushdi hamda 
xiyla yo’llarini izlay boshladi. U Movarounnahrdan uzining barcha odamlarini 
saroyga taklif etdi va ularga Ismoilni Movarounnahr hokimligidan 
tushirilgailigini va Amr ibn Laysni u yerga hokim qilib tayinlanganligini e’lon 
qildi. Bu bilan xalifa o’zining ikki dushmanidan bir yo’la qutulmoqchi edi. 
Movarounnahr noibligi to’g’risida yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi 
qo’shin tortdi. 900 yili Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qo’shini tor-mor 
etiladi. Narshahiy va boshqa mualliflarning qayd qilishicha, Ismoil Amir bilan 
bo’ladigan jangga qo’shindan tashqari Buxoro hunarmandlarini va hamda oddiy 
xalqning qo’liga qurol berib, o’z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng 
xalq ommasining bu jangda ishtirok etishi Ismoilga zafar keltirdi. Ismoil arab 
bosqinidan keyin birinchi bo’lib o’zaro janjallar, bosqinchilar tomonidan 
talangan o’lkani qudratli bir davlatga aylantirishga muvaffaq bo’ldi. 
Endi Ismoil oldida asosiy masala turar edi. U ham bo’lsa arab xalifaligidan 
o’z mustaqilligini saqlab qolish uchun markazlashgan mustahkam davlat 
ma’muriyatini tuzish kerak edi. Yirik yer egasi bo’lgan Ismoil birinchi navbatda 
mahalliy feodal zodagonlar vasavdogarlarning maanfaatlarini ko’zlab ish 
tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq xo’jaligini, 
hunarmardchilikni va savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar 
tug’dirib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil katta va yaxshi qurollangan, 
saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk 
g’ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada 
Somoniylar davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan kuchli 
davlatga aylandi. 
Yirik yer egasi bo’lgan Ismoil mahalliy feodal zodagonlar va 
savdogarlarga suyanib davlatni idora qilgan. LekinIsmoil ham, boshqa 
Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo’qota olmagan. Dexqonlarning 
yer egalari tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilinishi natijasida feodallarga 
qarshi qo’zg’olonlar bo’lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekao’lkalarning 
xokimlari markazlashtirish siyosatiga iloji-boricha qarshilik ko’rsatganlar. 
Xususan, Xorazm, Afg’oniston xududlarida joylashgan hokimlar somoniylarga 
vassal bo’lsada, ular o’z yerlarida mustaqil siyosat yurgizganlar. Ular 
somoniylar saroyiga to’lanadigan soliqning ma’lum qismini emas, balki 
sovg’a-salomlar yuborish bilan kifoyalanganlar. 
907 yilda Ismoil vafot etgach taxtni o’g’li Ahmad ibn Ismoil egalladi 
(907-914 y). Ahmad hukmronligi davrida bir qancha qo’zg’olonlar bo’lib 
o’tdi. Xususan, amakisi Issoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston 
xokimlari isyon ko’tardilar. Bu isyonlar shavqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad 
uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta 
tiklanishi ko’pgina mahalliy zodagon va Turk g’ulomlarining noroziligini 
uyg’otdi. 914 yilda u Turk g’ulomlari tomonidan o’ldirildi. Taxtga 


71 
Ahmadning 8 yoshli o’g’li Nasr ibn Ahmad (914-943y) o’tirdi. Saroyning 
ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqardi. 
914 yilning ohirida Samarqandda yana qo’zg’olon kutarildi. Davlatning 
janubiy xududlarida bo’lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi 
qo’zg’olon ayniqsa keskin tus oldi. Qo’zg’olon karmatlarg’oyasi bayrog’i ostida 
bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon 918 yilda bostirildi. Marvoziy asir olindi. Ko’p 
o’tmay Marvoziy raxbarligidagi qo’zg’olon bostirilgach Ahmad ibn Nuh 
hokimiyatgaqarshi qo’zg’olon ko’tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Issoq qo’zg’olon 
ko’tardi. Tinmay davom etgan qo’zg’olon va isyonlar Somoniylar davlatining 
qudratiga katta ta’sir ko’rsatdi va u asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. 
Nasr hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar 
harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishga, feodal 
munosabatlarni ko’chayishiga qarshi chiqdilar va oldingi an’analarni, qishloq 
jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqdilar. Shuning uchun bu harakatga keng 
xalq ommasi qo’shildi. Karmatlar g’oyasiniamaldorlarning bir qiemi vahatto 
Nasrning o’zi ham qabul qildi. Nasrning bu qadami reaktsion musulmon 
ruxoniylarning va turk g’ulomlarininoroziligini qo’zg’atdi. NatijadaNasr 
taxtdan voz kechishga majbur bo’ldi. Taxtga Nasrning o’g’li Nuh o’tirdi (943-
954yillar). Nuh karmatlargaqarshi shavqatsiz kurash olibbordi. Ularning mol-
mulklari musodara qilindi. Nuh hatto o’z otasi Nasrni zanjir-band qilib, 
qal’agaqamab qo’yishga buyruq berdi. 
Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatini inqirozi ko’zga yaqqol 
tashlana boshladi. Bo’shab qolgan xazinani to’ldirish maqsadida Nuh soliqlar 
miqdorini ko’paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan 
foydalangai Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali 
Charoniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq 
bo’ldi. Abu Ali Charoniy Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi 
va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin Somoniylarning Abu Ali 
Charoniy bilan kurashi Abdumalik hukmronligi davrida (954-961 y) ham 
davom etdi. Abdumalik zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga 
aralashishi ancha ko’chaydi. Xususan turk lashkarboshisi Alp Tegin «buyuk 
Xojib» lavozimiga ko’tarilgan. Abdumalik vafotidan keyin Somoniylar taxti 
uchun kurash yanada keskin tus oldi. Alp Teginning qat’iy harakati bilan taxtga 
o’tirgan Abdumalikning o’g’li bor yo’g’i 6 kun hukmdorlik qilgan. Taxtga 
Mansur ibn Nuh (961 - 976 yillar) o’tirgan. 
Soliqlarning yil sayin ko’payib borishi, feodallarning o’zaro janjallari, 
noiblarning markazga bo’ysunmay qo’yishi va saroydagi bo’layotgan taxt 
uchun kurashlar somoniylar davlatini juda zaiflashtirib yubordi; Bu 
kurashlar ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh II (976 - 997 yillar) hukmronligi 
davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qashg’arda 
vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga qilgan yurishlariga 
keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi siyosiy beqarorlikdan 
foydalangan Qoraxoniy Horun Bug’roxon 990 yili Fa’b tomon qo’shin tortdi va 


72 
ikki yil davomida somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni o’z davlati 
tarkibiga qo’shib oldi. 
Talas, Iloq va Shoshdaaytarli hech qanday qarshiliksiz o’z hukmronligini 
o’rnatgan Xorun Bug’roxon 992 yili Somoniylar poytaxti Buxoro tomon 
qo’shin tortdi. Bu jangda Nuh II qo’shinlari tor mor etildi. Somoniylar amiri 
Nuh II Buxoroni tashlab, Amudaryodan kechib o’tdi vaAmul shahrida yana 
Qorahoniylarga qa’shi qo’shin to’play boshladi. Qoraxoniy Bug’roxon 
Buxoroni hech qarshiliksiz egalladi. Lekin bu yerda u mevalarni ko’p iste’mol 
qilish oqibatida kasal bo’ldi va orqaga qaytishga jazm qildi. Xorun Bug’roxonni 
orqaga qaytishiga yana bir sabab, aholini unga qarshi bo’lganligidadir. Shuning 
uchun u Movarounnahrni bu vaqtdao’z qo’li ostida ushlab qolishga ko’zi 
yetmagan. 
Xorun Bug’roxon Nuhning o’g’li Abdulazizni o’z qoshiga chaqirib, 
taxtni o’nga topshirgan. Vaholanki, agar u Movarounnahrni o’z qo’li ostida 
saqlab qolishga ko’zi yetganda, Buxoroga o’z noibini tayinlar edi. Ibn al-
Asirning yozishicha, Xorun Bug’roxon Buxoroni tashlab chiqib ketganidan 
so’ng uning qo’shini yo’l yo’lakay, aholiga hujum qilib katta ziyon yetkazgan. 
Orqaga qaytgan Qorahoniylar qo’shiniga o’g’uz-turkman qabilalari ham hujum 
qilib, ularning ko’p mol-mulklarini tortib olganlar va o’ldirganlar. Xorun 
Bug’roxon Buxoroni tashlab chiqib ketganidan xabar topgan amir Nuh II 992 
yilni 12 avgustida poytaxtga qaytgan va chekinayotgan Qoraxoniylar qo’shiniga 
zarba berish yo’llarini izlagan. Samarqandaholisi ham Qoraxoniylar qo’shiniga 
hujum qilib turganlar. Sog’lig’iyomonlashgan Xorun Bug’roxon Samarqanddan 
vataniga yo’l oldi va Quchqorboshi degan joyda vafot etdi (992 y.). 
997 yili Nuh II vafot etdi. Taxtga o’tirgan Mansur ibn Nuh o’z 
amaldorlari bilan kelishishgaharakat qildi. Ammo bu harakat yaxshi natija 
bermadi. Somoniylar saroyidagi eng nufuzli amaldorlardan hisoblangan Abu 
Ali Muhammad Isfijobiy amirgaqarshi isyonko’tardi. Isfijobiyni iltimosiga 
binoan Qoraxoniy hukmdori Eloq Nasr somoniylarga qarshi qo’shin tortdi. 
Lekin Eloq Nasr Isfijobiyni o’zini amir qilib O’zganga jo’natdi. Bu paytga 
kelib somoniylar saroyida o’zaro kelishmovchiliklar yanadako’chaydi. 999 
yili Mansur taxtdan tushirildi, va ko’zi ko’r qilindi. Taxtga Mansurning 
ukasi Abdumalik ibn Nuhni o’tqazishdi. 
Mahmud G’aznaviy 999 yilning may oyida Mansur uchun o’ch olish 
shiori ostida Movarounnahrgaqarshi qo’shin tortdi. U Somoniylar qo’shinini 
tor-mor qilib katta o’ljalar bilan G’aznagaqaytdi. Yuzaga kelgan bu 
vaziyatdan Elik Nasr ham foydalanishgaharakat qildi. Negaki, bu jang 
oqibatida Xuroson Mahmud G’aznaviy qo’liga o’tgan edi. Shu yilning dekabr 
oyida Eloq Nasr somoniylar sulolasini tugatish maqsadida Buxoroga qo’shin 
tortdi. Somoniylar Buxoro aholisi yordamida Qoraxoniylarni shaharga 
kirgizmaslikka harakat qildilar. Lekin aholining ko’p qismi Somoniylarni: qo’llab-
quvvatlamadi va Eloq Nasr Buxoroni 999 yilning 23 oktyabrida aytarli 


73 
qarshiliksiz bosib oldi. Eloq Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab o’zi 
Urganchga qaytdi. 
Yuqoridagi voqealardan so’ng Nuh II ning o’g’li Abu Ibrohim Ismoil 
(Muntasir laqabi bilan) bir qancha muddat samoniylar davlatini tiklash uchun 
Qoraxoniylarga qarshi goho yutuqli goho muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. 
Bu kurashlardao’nga goho Saljuqiylar, goho G’aznaviylar xukmdorlari ham 
yordam berib turdilar. Lekin Qoraxoniylar qo’shini bilan to’rtinchi marta yirik 
to’qnashuvdan so’ng u jangda yengiladi va 1005 yil boshlarida o’ldiriladi. SHu 
tariqa Samoniylar xukmronligi Mavaraunnahr va Xurosonda tugatilib, ularga 
qarashli o’lkalarni Qoraxoniylar va G’aznaviylar bo’lib olishdi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish